SHERLAR.BIZ Juma, 19.04.2024, 23:31
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Iyul » 28 » Mitti Mo’jizalar
01:25
Mitti Mo’jizalar
Asalarilar ajoyib matematiklardir. Ular qurgan
uyalarning katakchalari eng mukammal va mus-
tahkam tuzilishga ega. Katakchalarning har bir
burchagi roppa-rosa 109*28′ gradusga teng bo‘ladi.
Bu mitti hasharotlar o‘ta kuchli hid bilish qobiliyatiga
egadirlar: ular hidlarni odamga nisbatan 1000 karra
kuchliroq sezishadi va ajrata olishadi, gullar iforini
esa bir kilometrdan ziyodroq masofadan payqashadi.
Ona asalari lichinkasi o‘sish jarayonida uning hajmi
besh kun davomida 3000 martaga, boshqalarniki esa
1500 martaga kattalashadi.
Asalarilarga yana bir mo‘’jizaviy qudrat ato etilgan:
ular ayrim hollarda oilasini saqlab qolish uchun,
qandaydir g‘ayrioddiy bir usulda o‘z umrlarini 5-6
martaga uzaytirish qobiliyatiga egadirlar.
100 gramm asal tayyorlash uchun asalari ba’zan 46
ming kilometr yo‘l bosadi, bu esa ekvator bo‘ylab
Yer sharini bir marta aylanib chiqishdek gap! Ishchi
asalari bir kunda 7000 tagacha gulni changlantiradi.
Ayrim asalarilar o‘z og‘irligidan bir necha barobar
katta massali yukni ko‘tarib ucha oladilar. Yuksiz
uchayotgan asalari tezligi taxminan soatiga 65
kilometrni tashkil etadi; o‘z og‘irligining 3/4 qismicha
keladigan yuk bilan uchayotgan asalarining tezligi
esa deyarli ikki baravarga pasayadi.
Bitta asalari har safar 40-50 mg nektar olib kela
biladi; biroq u qancha uzoqqa uchsa, uyasiga
shuncha kam nektar keltiradi. Uch kilometrlik parvoz
davomida nektarning taxminan yetmish foizi «yo‘q
bo‘ladi», ya’ni u asalarining tanasiga quvvat berib
turuvchi o‘ziga xos energiya manbai bo‘lib, uchish
davomida sarflanib boradi.
Uyasidan chiqib ketayotgan asalarida kam miqdorda
manfiy zaryad mavjud bo‘ladi; uchish davomida
asalari o‘z atrofida elektr maydoni hosil qiladi. Bunda
manfiy zaryad musbat zaryadga aylanadi va
kuchayadi; ayniqsa ochiq havo sharoitida uning
kuchlanishi 1,5-1,8 voltga yetadi.
Ko‘pchilik asal to‘plash hududlarida asalarilarning
asosiy asal yig‘ish davri 8-20 kun davom etadi.
Shungacha bo‘lgan butun (deyarli bir yillik) davr esa
unga tayyorlanish jarayonidan iboratdir.
Yig‘iladigan asalning miqdori asalarining asal tashish
«qopcha»sining hajmiga bevosita bog‘liq: u qancha
katta bo‘lsa, uyada to‘planadigan asal shuncha ko‘p
bo‘ladi. Bu belgi nasliy xususiyatga ham,
asalarichilar tomonidan yaratiladigan sharoitlarga
ham bog‘liq.
Eng yirik asal to‘plamlari Uzoq Sharq va Sibirda
bo‘larkan. Hatto Uzoq Sharqda jo‘ka gullagan davrda
nazoratdagi uyalarda kuniga 30-33 kilogramm asal
yig‘ilgani ma’lum. Sibirda bir mavsum davomida bitta
uyada 420 kilogramm, Uzoq Sharqda esa 330-340
kilogramm asal to‘plangan paytlari bo‘lgan ekan.
To‘plab kelingan nektar asalarilar tomonidan uzoq va
murakkab qayta ishlash va 40-70 foiz suv bilan
aralashtirish jarayonidan keyingina asalga aylanadi.
Bir kunda yig‘ilgan 5 kilogramm nektar qayta
ishlangandan so‘ng atigi 1,5-2 kilogramm asal hosil
bo‘ladi.
Asal yig‘ish davrida asalarilar turli yo‘llar bilan
o‘zaro muloqotga kirishadilar: ular o‘ziga xos
«raqslar» yordamida, inson qulog‘iga
eshitilmaydigan tovushlar orqali aloqa qilishadi.
Shuningdek, ular o‘zlaridan ajratib chiqaruvchi
biologik faol uchuvchi moddalar – feromonlar
yordamida ham o‘zaro axborot almashadilar va o‘z
faoliyatlarini boshqaradilar. Hozirgi zamon olimlari
esa turli feromonlarni sun’iy yo‘l bilan yaratib ko‘rib,
shu orqali hasharotlar bilan «gaplashish»ni
o‘rganishmoqda.
Asalari changlantirib ketgan gulning umri uzoq
bo‘lmaydi – bir necha soatdan to 2-3 kungacha
davom etgan qisqa muddatdan so‘ng ular so‘lib
qolishadi. Faqat ba’zi o‘simliklarning gullari uzoqroq
turishi mumkin, ular asalarilarning kelishiga qarab
8-10 yoki undan ham ko‘proq kun davomida
o‘zlaridan nektar ajratib turadilar.
Asalarilardan bojxonalarda sayohatchilarning
sumkalarini yoki bosh¬qa turdagi yuklarni
tekshirishda foydalanish mumkin. Axir, giyohvandlik
moddalari yoxud portlovchi moddalarni topishga
ixtisoslashtirilgan to‘rt oyoqli do‘stlarimizdan ko‘ra
asalarining hid bilish va ajratish qobiliyati o‘ta kuchli.
Bundan tashqari, asalarilar qo‘l yetmaydigan
oraliqlarga ham kirib chiqa oladilar va o‘z
tajribalarini sanoqli soatlarda butun uyadoshlariga
o‘rgata biladilar. Masalan, asalarilar trinitrotoluol
hidini ajratib, portlovchi moddani topishga
o‘rgatishda, moddani to‘g‘ri topsa, mukofot tarzida
unga bir bo‘lak qand beriladi.
Keyinchalik bu asalari o‘z oiladoshlarini ham aynan
shu hidni ajratishga o‘rgatadi va bu bilan olimlarga
yordamchilarni o‘zi tayyorlab beradi. Olimlar
ularning uchib boradigan joylarini hajmi tuz
donachasidek keladigan mitti datchiklar yordamida
kuzatishni rejalashtirishgan. Hozirgacha tajribalarda
aniqlanganki, asalarilar to‘qson to‘qqiz foiz
holatlarda portlovchi moddalarni aniq topa olishadi.
Asalarining chaqishi kasallangan a’zolarga shifo
baxsh etishi ma’lum, ammo u o‘ldirishi ham mumkin
ekan. Har yili ilon chaqishidan o‘lgan kishilardan
ko‘ra asalari chaqishidan o‘lganlar soni ko‘proq
bo‘larkan.
Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 1042 | | Теги: Mitti Mo’jizalar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Iyul 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz