Главная » 2013»Noyabr»19 » Mirjalol Qosimov: Vetnam bilan o'yin futbolchilarga qo'shimcha kuch berdi
22:56
Mirjalol Qosimov: Vetnam bilan o'yin futbolchilarga qo'shimcha kuch berdi
19 noyabr kuni o'tkaziladigan OK-2015 saralashining Gongkong-O'zbekiston uchrashuvi oldidan bugun matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda milliy termamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va yarim himoyachi Odil Axmedov ishtirok etdi.
Mirjalol Qosimov: - Vetnam bilan o'yindagi g'alaba futbolchilarimizga qo'shimcha kuch bag'ishladi. Barcha jangovor holatda. Biz ertaga Osiyo kubogi masalasini hal qilmoqchimiz.
- Osiyo kubogida qanday vazifa qo'yilgan? - O'tgan safargi Osiyo kubogida kuchli to'rtlikka kirganmiz va bu safar ham undan kam bo'lishi mumkin emas.
Odil Ahmedov: - Biz bor kuchimizni berib o'ynashga harakat qilamiz. Vetnamdagi yutuq darhaqiqat futbolchilarimizning kayfiyatini ko'tardi. Gongkong termasi kuchli va shakllangan jamoa. Ularda ham osiyo kubogiga chiqish imkoniyati hali saqlangan ekan, ertaga qattiq kurash bo'lishi aniq.
Bu jamoadan hamma narsa kutish mumkin. Toshkentda o'ynagan 0:0 hisobidagi o'yinni hech kim esidan chiqargani yo'q.