- E birodar siz bilan biz bu kelgindilarni yurtiga quvish harakatinini qilishimiz kerak. O’zbekiston faqat o’zbeklarniki! Mana hudo xoxlasa yoshlar bir-biriga ko’ngil qo’yibdi, nasib etsa quad bo’lamiz. Siz va men, jamiki o’zbeklar barcha yog’li joylarni, amallar-u, lavozimlarni boshqa millatga bermasligimiz, ularga qarshi qattiq kurashishimiz kerak. To’g’rimi Safar aka? Safar aka borgan sari mung’ayib borardi. Hatto bo’lajak qudasi ko’ziga tik qarolmay, hijolatdan kaftlari terlab borardi. - Mana, siz soliq idorasida 2-xo’jayin ekansiz. Katta xo’jayin Tojik deb eshitdim. Nega o’zbek emas? Hali to’yni o’tkazvolaylik xo’jayiningizni pora bilan "uchirma” qilaman. Keyin siz xo’jayin bo’lasiz, tuzukmi quda,- Tolib aka qax-qax otib kulib yubordi.- Xa safar aka nega bo’shashasiz? - Uzur Tolib aka,- zo’rg’a gap boshladi Safar aka,-Men bunday qilolmayman - Nega, quda? - Chunki...chunki men o’zbekmas – tatarman… Tolib aka sekin eshikni yopib chiqib ketgan qudasi ortidan baqrayib qoldi.