"Barselona" jamoasi hujumchisi Lionel Messi noyabrning boshidan ortirib olgan mushak jarohatidan so'ng tiklanish kursining ikkinchi bosqichini bajarishga kirishdi.
Dushanba kuni Argentinada tiklanayotgan hujumchi jarohatidan so'ng birinchi bor yugurish mashg'ulotlarini bajara boshladi. Shuningdek, Messi chap oyoq mushaklarini mustahkamlash uchun tranajerlar zalida shug'ullandi. Xabarga ko'ra, futbolchi oyog'ida og'riq sezmayapti.
Chorshanba yoki payshanba kuni Leo uning amaldagi holatini aniqlab beradigan tibbiy ko'rikdan o'tadi.