Главная » 2014»Iyul»13 » Manzura kelin bo‘lsa, ko‘cha-hovlini supurmasliginiaytdi
04:55
Manzura kelin bo‘lsa, ko‘cha-hovlini supurmasliginiaytdi
O‘zbek estradasi vakillaridan biri Mavluda Asalxo‘jayeva o‘z hamkasbi Manzuradan “Sug‘diyona” gazetasi uchun maxsus intervyu oldi. Unda savollardan biriga javob berar ekan, xonanda ertalab barvaqt turib hovli supurmasligini qat’iy ta’kidladi. Asalxo‘jayeva: “Hali hovli supurmayman, degin?” — deya hayron bo‘lganida, Manzura buni vaqtining tig‘izligi bilan izohladi. “Men qat’iy reja bilan ish tutishga o‘rganganman. Ertalab turib, ko‘cha-hovlini supurmayman”, — dedi u. Suhbatdoshi turmush o‘rtog‘ining hurmati uchun ham shunday qilishga majbur bo‘lishini aytganida esa, Manzura “erkak kishining hurmati mana shunaqa mayda narsalar bilan o‘lchanmasligi”ni bildirdi