Главная » 2013»Dekabr»3 » Krishtianu Ronaldu: Men jarohatdan tuzaldim va maydonga tushishga tayyorman
01:52
Krishtianu Ronaldu: Men jarohatdan tuzaldim va maydonga tushishga tayyorman
Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu belidan olgan jarohatidan forig' bo'lganini aytib o'tdi.
"Men jarohatimni batamom davolatib bo'ldim va o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Ammo shunga qaramasdan murabbiylar "Valyadolid"ga qarshi o'ynamaganim ma'qul degan qarorga keldilar.
Shunga qaramasdan, keyingi o'yinda maydonga tushishga to'liq tayyorman. Men juda yaxshi formadaman.
Menimcha faoliyatimdagi eng yaxshi mavsumni o'tkazmoqdaman", - deydi Krishtianu Ronaldu.
Eslatib o'tamiz, biroz vaqt muqaddam Ronalduga 10 dekabrga qadar ta'til berilgani haqida xabar paydo bo'lgan edi. Shuni ta'kidlab o'tish lozim, portugaliyalik hujumchini Marsa nashri o'tgan mavsum Ispaniya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topgandi.