Главная » 2013»Iyun»29 » Ko‘zlar yordamida boshqariluvchi noutbuk taqdim etildi
01:22
Ko‘zlar yordamida boshqariluvchi noutbuk taqdim etildi
Shvetsiyanig Tobii kompaniyasi tez kunlarda ko‘zlar bilan boshqariluvchi noutbuklarni taqdim etadi. Uning yordamida hujjatlarni nigoh orqali varaqlash imkoni mavjud. Bu haqda Dni.ru nashri xabar beradi
Kompaniyaning axborotiga ko‘ra, ultrabuk form-faktoridagi kompyuter Synaptics ForcePad tachpadi bilan jihozlangan. Endi hujjatlarni sichqoncha, klaviatura va sensorli paneldan tashqari, nigoh yordamida ham varaqlash mumkin.
Yaqin oylarda Tobii kompaniyasi AQSh, Yevropa va Osiyoning qator mamlakatlarida mazkur ultrabuk prototipini namoyish etishni rejalashtirgan. Kompaniya ushbu texnikaning ko‘plab ishlab chiqaruvchilarni jalb etishiga ishonch bildirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: Tobii korporatsiyasi maishiy elektronika, kompyuter o‘yinlari, transport vositalarining xavfsizligi va tibbiyot tashxisi kabi sohalar bo‘yicha texnologiyalar ixtiro qilishda yetakchi o‘rinda turadi.
Kompaniya bir necha yillardan beri ixtirolari va yutuqlari uchun ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Tobii korporatsiyasining asosiy binosi Shvetsiya poytaxti Stokgolmda joylashgan bo‘lib, uning AQSh, Germaniya, Norvegiya, Yaponiya va Xitoyda filiallari mavjud.