Главная » 2013»Noyabr»19 » Kievdagi dahshat: Ukraina-Fransiya o'yiniga fransuz matbuoti sharhi
22:55
Kievdagi dahshat: Ukraina-Fransiya o'yiniga fransuz matbuoti sharhi
Fransuzlar Zozulyaning hatti harakatlaridan hayratga tushganini yashirishmayapti. Shuningdek, Deshamning taktik va kadrlar muammosi ham o'rtacha chiqmoqda.
"Kievda dahshat. Braziliya "ko'klardan" uzoqlashmoqda", - France Football nashri Ukrainadagi uchrashuv haqida shunday sarlavha bilan boshlagan. "Fransiya Kievda shunday o'ynadiki, umuman, g'alaba qozonmagan jamoaga o'xshardi. O'yin ikki to'p farqli mag'lubiyat bilan yakun topdi. Oldinda hali bir o'yin bor, umid hali so'nmagan. Biroq, juma oqshomidagi o'yin "ko'klar"ning jahon chempionatiga chiqishini qariyb mo'jizaga tenglashtirib qo'ydi.”
"Jar yoqasida. Kievdagi zulmat" – L'Equipe jurnali o'yin haqidagi maqolasiga shunday sarlavha qo'ygan. L'Equipe jurnalistlari uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb Zozulyani e'tirof etishgan: "Garchi u to'pga unchalik ham ko'p tegmagan bo'lsada, qolgan vaqtlarda jilovlanmas hujumchi fransuz mudofaa devorining darz ketishiga sabab bo'ldi va qarshi zarbalarga xalaqit berdi. Buning ustida aynan Zozulya hisobni ochdi... 75-daqiqada penalti ishladi. Ukraina yangi qahramonga ega bo'ldi".
"Braziliyaga borish uchun qahramonlik talab qilinadi", - deb hisoblaydi Lyudovik Petronyani Maxifoot gazetasidagi maqolasila. "Belarus, Avstraliya va Finlyandiya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng "ko'klar" to'rtinchi urinishda mag'lubiyatga uchradilar. Biroq, bu omadsizlik fransuzlarning mundial yo'lini hali yopgani yo'q, biroq, Braziliyaga borish uchun juma kungidan ko'ra boshqacha o'yin ko'rsatish kerak.
"Ukrainada Fransiya termasi do'zax azobiga giriftor bo'ldi!", - deya yozadi Le Parisien muxbiri. - "Eng yomon stsenariy hayotga tatbiq etildi: frantsuzlar gol urmasdan yengildilar. 1994 yilgi “ko'klarni” mundialdan ayirgan Bolgariya sharpasi kezayotgandek”