SHERLAR.BIZ Shanba, 21.12.2024, 17:11
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 21
Mexmonlar: 21
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Iyun » 9 » "Kashshey Tirik" -To'qilmagan Ertak...
12:31
"Kashshey Tirik" -To'qilmagan Ertak...
Xozirgi yozmoqchi bo'lgan ertagimni,siz yoshligingizda ota-onangiz kechalari uxlashingizdan oldin aytgan ertak qahramonlaridan tayyorlangan bo'lib. Bu ertaklarim mening yangi "To'qilmagan Ertaklar" kitobimdan olingan.Agar sizlarga ertagim yoqsa shunday ertaklarimni har shanba kunida davom etib kelaman.Javoblaringizni kutib qolaman.
Xurmat bilan! Sasha.B ... Xullas Boshladik..!

Bir bor ekan,bir yo'q ekan.Qadim-qadim zamonda bizdan aaancha yillar oldin u payti hali men ham,sizlar ham hattoki bobomni-bobosiyam tug'ilmagandi Shunday zamonlarning birida Kashshey Tirik ismli kelishgan baquvvat modniy kiyingan bir uzun terak yigit bo'lgan ekan...Kashshey Tirik bir kuni o'rmonda ov qilib yurib,kichkina bir kulbachaga duch keladi.Ov qilib holdan toygan Kashshey o'sha kulbani yoniga kelib,kulbadan so'rabdi- "Hoy kulbacha-kulbacha,yuzing bilan menga qarab,o'rmonga orqangni bur" -debdi,Kulba o'rnidan qo'zg'alibdi va Kashsheyni aytganini qilaman deb,o'rnidan turayotib yiqilib tushibdi,chunki anchadan beri kulbani xech kim o'rnidan turg'izmagan ekan.Kulbani eshigini taqillatibdi,shu payt kulba ichidan dunyodagi eng go'zal,sohibjamol sochlari uzun Yalmog'iz Qiz chiqib kelibdi,chunki u paytda hali Kampir bo'lmagan edida.Kashshey Tirik Yalmog'iz Qizni bir ko'rishda sevib qolibdi.Balki qiz uni sexirlab olgandir,chunki u yalmog'izda qo'lidan har balo kelardi.Shunday qilib Kashshey bir kecha Yalmog'iznikida mehmon bo'lib uning muhabbatini qozonibdi.Ertasi kuni Kashshey Tirik Yalmog'iz Qiz bilan xayrlashib uni qattiq sevishini va o'z uyiga olib ketish uchun kelishini aytib uyiga qaytib ketibdi.Kashsheyning u paytda yuragi joyida ko'ngli toza yigit edi.Kashshey Tirik uyiga qaytib Ota-Onasiga Yalmog'iz qizni sevib qolgani va unga uylanmoqchiligini aytganda uning onasi bunga mutlaqo qarshi bo'libdi.Chunki Kashsheyning onasi necha yillardan buyon Yalmog'izlarni makriga qarshi kurashib kelar ekan.O'g'li Kashshey Tirikni ham sexrlab olgan deb o'ylardi,lekin bu paytda Yalmog'iz Qiz ham hayotdan baxtli Kashsheyni sevib qolgandi,u juda baxtli edi.Yalmog'iz ham bu habarni onasiga aytadi,onasi qizini eshitishni ham xohlamay,o'sha kulbaga bir kun qamab qo'yadi.Kashsheyning onasi esa o'g'lini bu halotdan qutqarish uchun,kechasi o'g'lining yotoqxonasiga keladi va uning sevib qolgan ko'nglini vujudidan yulib oladi va shu kechada qalin o'rmondagi qor bilan qoplangan katta qasrga kelib qasrning eshigini taqillatadi.Qasrdan g'azabga to'la jaxldor kelishgan Shahzoda chiqib keladi.Kashsheyning onasi Shahzodadan bir kechaga tunashga joy berishini so'raydi.Shahzoda uning so'zlariga e'tibor ham bermay yo'qol deya baqirganicha eshikni yopadi.Kashsheyning onasi Shahzodaning bag'ritoshligini bilib uning tosh yuragiga Kashsheyning ko'nglini joylaydi va Shahzodaga shunday deydi. "Qachonki seni go'zal va sohibjamol qiz sevib qolmagunicha,sen shu maxluq xolatida yashaysan,ko'ngling ham o'sha kunda erib sevgi muhabbat nimaligini anglaydi" deya uni mahluqqa aylantirib qo'yadi.Bu paytda Yalmog'iz qizning Onasi,tunda qizining kulbasiga keladi va unga sexrli supurgi beradi.Supurgiga sexrli so'zlarni aytib qizini uzoq-uzoqdagi sexrgarlar maktabiga olib borishini aytadi.Qizning hayolidagi Kashsheyga bo'lgan muhabbatini o'chirib tashlaydi va Yalmog'iz qiz onasining supurgisida xozirgi Garri Potterning o'qib yurgan maktabiga uchib ketadi,aslida Yalmog'iz Qiz Garri Potterning onasi edi.Tong otadi Kashshey uyg'onib ko'nglida xech narsani sezmay qoladi.U juda boshqacha telbaga o'xshab qolgandi,onasi uning axvolini ko'rib xato ish qilganini tushunadi.Kashshey g'alati qiliqlari bilan bazida o'zini-o'zi o'ldirmoqchi bo'ladi.Buni ko'rgan onasi Kashsheyning jonini sug'urib oladi va uning yuragini ignaning uchiga quyib uni suvga tashlaydi.Suvda suzib yurgan baliq ignani uchidagi yurakni ko'rib bu qarmoqdagi chuvalchang deb o'ylaydi va uni yeb qo'yadi.Oradan kunlar o'tib,baliqni katta o'rdak tutib oladi va uni yeb qo'yadi.O'rdak shu bilan uzoq-uzoqlarga uchib ketadi.Shu kundan boshlab Kashshey Tirik, O'lmas Kashsheyga bag'ritosh insonga aylanadi.Kashsheyning yuragi esa o'rdakning tuxumida qoladi.O'rdak aslida oddiy o'rdak emasdi u oltin tuxum qo'yadigan o'rdak bo'lib,qachonki yer yuzidan Jek ismli yigitning aqliga loviyani yerga ekish kerakligini anglab yetgach.Mana shu loviya poyasi orqali o'rdakning makoniga chiqib keladi va Kashsheyning joni bor tuxumni yerga olib tushadi.Lekin tuxum hali ham ochilmagan va Kashshey xozirgi zamonimizda ham Tirik...

Kashshey Tirik haqidagi ertagim shu yerda tugaydi,agar sizlarga xazilomus ertagim yoqqan bo'lsa unda keyingi Shanba kunida aytadigan ertagim-
"Uchta Cho'chqacha Va Bo'ri" Haqida bo'ladi...
Qanday Unutding Nega Bo'risan Ayt, Nega Bizni Yeysan Ayt, -Eeey nima deyapman Ummonni Uchta Cho'chqachaga nima a'loqasi bor...
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 1254 | | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 2
xabibullo_studio09.06.2013 20:52
Ritim09.06.2013 21:48
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz