Armon bog’idan bugun, Yo’l topolmay jon halak. So’ngan gulga qo’ngan, Sevgim bo’ldi kapalak. Go’zal qanotlar yozib, Uchardi misli malak. Bugun hammayoq to’zib, Yolg’iz qoldi kapalak…
Sevgim osmoni bulut, Ko’rmas endi kamalak. Sevib, sevilolmasdan, Yosh to’kardi kapalak.
Qisqa bo’lsada umri, Kutdi,ammo yo’q darak. Soxta hidli bir gulga, Oshiq bo’ldi kapalak.
Sen sevgan o’sha gulga, Oshiq bulbul-u ari. Lekin sening sevginga, Teng kelolmaydi bari.
Kapalagim yig’lama, U gulda yo’qdir yurak. Sening go’zal sevgingni, Kutar senday kapalak…
|