SHERLAR.BIZ Shanba, 21.12.2024, 20:10
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 16
Mexmonlar: 16
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Iyul » 19 » Inson tanasi haqidagi qiziqarli faktlar
11:29
Inson tanasi haqidagi qiziqarli faktlar
Miya
Miya - insonning eng murakkab va eng kam
o’rganilgan tana a’zosi. Biz u haqida ko’p
tasavvurga ega emasmiz, ammo miya haqida ajoyib
faktorlar yetarlicha.
Nerv impulsi 270 km/s tezlikka ega.
Miya ish faoliyati uchun shunday energiya kerakki,
hatto uning quvvatidan 10 vattli lampochka yoqish
mumkin.
Inson miyasidagi bir hujayra istalgan
ensklopediyadan 5 marta ko’p ma’lumot saqlash
kuchiga ega.
Qon aylanish sistemasiga kiradigan Kislorodning
20%i miya uchun sarflanar ekan.
Kunga nisbatan tunda inson miyasi faolroq bo’ladi.
Olimlarni aytishlaricha IQ darajasi baland odamlar
ko’p tush ko’rarkan.
Neyronlar(miya hujayralari) insonni butun umri
davomida o’sib rivojlanib boradi.
Axborotlar turli neyronlardan turlicha tezlikda
tarqaladi.
Miyani o’zi og’riqni his qilmas ekan.
Miyaning 80%i suvdan iborat.
Sochlar va tirnoqlar
Aslida, bu tirik tana a’zolari emas, ammo bu borada
ayollarning fikrlari o’zgacha, ya’ni ularning tirnoq va
sochlariga qancha pul sarflashlarini hisoblasangiz
hayron qolasiz.
11. Yuzdagi tuklar tananing boshqa joydagilarga
nisbatan tezroq o’sadi.
12. Kun ora inson o’rtacha 60 – 100 soch tolasi
yo’qotadi.
13. Ayol kishining soch diametri erkak kishinikiga
nisbatan 2 marta kichikroq.
14. Insonning bir soch tolasi 100 g ga yaqin yukni
ko’tara oladi.
15. O’rta barmoqdagi tirnoq boshqa barmoqdagi
tirnoqlardan tezroq o’sadi.
16. Shimpanze tanasining 1 sm kvadrat qismidagi
tuklar soni inson boshining 1 sm kvadrat qismidagi
soch tolalari bilan teng miqdorda ekan.
17. Malla sochli odamlarda boshqa tusdagi sochli
odamlarga nisbatan soch tolalar soni ko’proq ekan.
18. Qo’limizdagi tirnoqlar oyoqlardagi tirnoqlarga
nisbatan 4 marta tezroq o’sadi.
19. Inson sochining o’rtacha umr davomiyligi 3-7 yil
hisoblanadi.
20. Sezilarli kal bo’lish uchun sochlarni yarmini olib
tashlash kerak bo’ladi.
21. Inson sochi doimiy yangilanib turadi.
Ichki a’zolar
Biz hech qachon ichki a’zolarimiz bezovta
qilmaguncha ular haqida eslamaymiz, lekin ular
tufayli biz nafas olamiz, oziqlanamiz, yuramiz va
boshqalar.
22. Ichimizdagi eng katta ichki a’zo bu – ingichka
ichakdir.
23. Inson yuragi shunday bosim yaratadiki, xatto
qon 7 metr balandlikka sochilishi mumkin.
24. Oshqozonda hosil bo’ladigan kislota hatto britva
lezviyasini butunlay yemirishga qodir.
25. Inson tanasidagi tomirlarning umumiy uzunligi –
96 kmga yaqin.
26. Oshqozon har 3-4 kun ichida mutloq
yangilanadi.
27. O’pkani yoygandagi umumiy yuza tennis
maydonining yuzi bilan teng.
28. Ayol kishining yuragi erkak kishining yuragiga
nisbatan tezroq uradi.
29. Olimlarning aytishicha jigarning 500dan ortiq
funksiyalari mavjud.
30. Aorta tomirning diametri bog’ sug’orishda quviri
diametriga teng.
31. Yurak sig’ishi uchun chap o’pka o’ngdagisidan
kichikroq.
32. Ichki organlarni ko’p qismini olib tashlab ham
uzoq vaqt yashash mumkin.
33. Buyrak osti bezlari inson umri davomida o’z
razmerini o’zgartirib boradi.
Tanamizning ajabtovur funksiyalari
Biz ular haqida ko’p gapirishni xohlamaymiz, biroq
har kuni ularni kerakligini his qilib turamiz. Mana
bizning tanamizga oid eng qiziqarli bir necha faktlar:
34. Chuchkurish tezligi 160 km/soat ekan.
35. Yo’tal tezligi hatto 900 km/soatga yetadi.
36. Ayollar erkaklarga qaraganda ikki marta ko’proq
ko’zini ochib yumadi.
37. To’liq peshob pufakchasi softbol sportining
koptogi razmeriga yetadi.
38. Inson hayoti davomida iste’mol qiladigan
mahsulotlarning 75%ini suv tashkil etadi.
39. Oyoqlarimizda 500 000ga yaqin ter bezlari
mavjud bo’lib, ular hatto kuniga 1 litrgacha ter ishlab
chiqarishi mumkin.
40. Inson hayoti davomida shunchalik ko’p so’lak
ishlab chiqaradiki, undan ikki basseyn hovuzini
to’ldirish mumkin.
41. Inson tanasidan kuniga o’rtacha 14 marotaba
gaz chiqaradi.
42. Quloqning ichki tomonidan ishlab chiqariladigan
oltingugurt quloq salomatligi uchun foydali
Jinsiy aloqa va hayotning yaralishi
Jinsiy aloqa – ko’pi taqiqlanishiga qaramasdan,
inson hayotining va munosabatlarining muhim qismi.
Ehtimol siz bu haqida yetarli ma’lumotga egadirsiz.
43. Har kuni dunyoda 120 mlndan ziyod jinsiy akt
sodir bo’ladi.
44. Insonning eng katta xujayrasi moyak qismida
joylashgan bo’lib, eng kichigi esa spermatozoiddir.
45. Ayol homiladorligini birinchi 3 oyida tushida
qurbaqalar, qurtlar va o’tlarni ko’radi.
46. Tishlar bola dunyoga kelishidan 6 oy avval o’sa
boshlaydi.
47. Deyarli barcha bolalar havorang ko’z bilan
tug’iladi.
48. Bolalar aslida ho’kiz kabi kuchlidir.
49. 2000 boladan biri tishi bilan tug’iladi.
50 Uch oylik bo’lgunga qadar bolaning barmoq izlari
butkul shakllanib bo’ladi.
51. Har bir odam hayotining yarim soatini bitta
hujayra ko’rinishida o’tkazadi.
52. Ko’pgina erkaklarda tush ko’rayotgan paytda
har soatda yoki bir yarim soatda ereksiya yuz
beradi. Chunki miya kechasi kunduzgiga qaraganda
faolroq bo’ladi.
Sezgi
Biz dunyoni sezgi a’zolarimiz orqali qabul qilamiz.
Mana ular haqida qiziq ma’lumotlar.
53. Tushlikdagi to’yib ovqatlanishdan so’ng biz
yomonroq eshitamiz.
54. Har uch odamning birida 100 foizli ko’rish
qobilyatiga ega.
55. Agar so’lakka nimadir aralashsa biz tam bila
olmaymiz.
56. Hid bilish qobilyati erkaklarga nisbatan ayollarda
kuchliroq.
57. Burun 50000 ga yaqin hidlarni saqlab qoladi.
58. Ko’z qorachig’i ozgina shovqin tufayli ham
kattalashishi mumkin.
59. Har bir insonning o’zgacha isi(hidi) mavjud.
Qarish va o’lim
Biz butun hayotimiz davomida ulg’ayib so’ng qarib
boramiz.
60. Inson tanasini yoqqandan so’ng qoladigan kul 4
kg gacha yetishi mumkin.
61. Inson 60 yoshga yetganda tam bilish
retseptorlarini yarmini yo’qotadi.
62. Inson ko’zlari butun hayoti davomida bir
razmerda, quloq va burunlar doimiy o’sib boradi.
63. 60 yoshga yetganda 60% erkaklar va 40%
ayollar hurrak ota boshlaydi.
64. Bolaning bosh qismi tug’ilganda butun uzunligini
chorak qismini, 25 yoshga kirganda esa 8 dan bir
qismini tashkil etadi.
Kasalliklar va jarohatlar
Tirik jon borki kasal bo’ladi yoki jarohatlanadi.
Buning sababi yetarlicha qiziq!
65. Yurak bilan bog’liq ko’p kasalliklar aynan
haftaning dushanba kuni yuz beradi.
66. Odamlar yeguliksiz uzoq vaqt yashashi mumkin,
ammo uxlamasdan yashay olmaydi.
67. Quyosh nuralarida toblanganingizda kapilyar
tomirlaringiz zararlanadi.
68. 90% kasalliklar stress natijasida kelib chiqadi.
69. Insonning boshi uzilgan taqdirda ham 15-20
soniya hushida bo’ladi.
Mushak va suyaklar
Mushak va suyaklar – bu tanamizning ustunlaridir,
ular sababli biz harakatlanamiz va xattoki o’tirib tura
olamiz.
70. Siz jilmayish uchun 17, qoshlaringizni chimirish
uchun esa 43ta mushaklaringizni harakatlantirasiz.
71. Bolalar 300ga yaqin suyak bilan tug’iladi, voyaga
yetganlarida esa suyaklar soni 206 tani tashkil
etadi.
72. Bo’yimiz kechqurunga qaraganda ertalab 1
santimetr baland bo’ladi.
73. Insonning eng kuchli muskuli bu – tildir.
74. Inson tanasidagi eng og’ir suyak bu - Jag’
suyagidir.
75. Bir qadam tashlash uchun biz 200ga yaqin
mushaklarimizni harakatga keltiramiz.
76. Tish- hech qachon qayta tiklanmaydigan
yagona tana azosi.
77. Muskullar shishidan ikki marta kam kichrayadi.
78. Bazibir suyaklar po’latdan qattiq.
79. Oyoq kaft suyaklari barcha suyaklarning chorak
qismini tashkil etadi.
Hujayra miqyosida
Shunday narsalar borki, ularni qurilmasiz ko’zni o’zi
bilan ko’rib bo’lmaydi.
80. Tananing 1 kvadrat santimetr joyida 16000
bakteriya mavjud.
81. Har 27 kun ichida sizning teringiz mutloq
yangilanadi.
82. Har daqiqada inson tanasida 3 000 000 ga yaqin
hujayra nodub bo’ladi.
83. Har soatda terining 600 000 dan ortiq qismi
yo’qoladi.
84. Har kuni sog’lom inson tanasida 300 milliard
yangi hujayralar paydo bo’ladi.
85. Tilning izlari o’zgachadir ular bir biriga
o’xshamaydi.
86. Inson tanasidagi mavjud temir moddasidan hatto
6 santimetrli miq yasash mumkin.
87. Dunyoda eng ko’p tarqalgan qon gruppasi bu – I
guruhdir.
88. Lablarning qizil bo’lishiga sabab – uning terisi
ostida minglab kaplyar tomirlar mavjud.
Turli xil
Yana turli qiziqarli faktlar.
89. Sovuq xonada uxlash inson sog’ligi uchun salbiy
ta’sir ko’rsatadi.
90. Ko’z yoshi tarkibida lizotsim fermenti mavjud
bo’lib, u ko’p bakteriyalarni yo’qotishga qodir.
91. Inson tanasining yarim soatdagi sarflaydigan
energiya yarim lirt suvni qaynatishga sarflanadigan
energiyaga teng.
92. Odamlar qo’rqqanida quloqlar ko’proq oltingugurt
ishlab chiqaradi.
93. Siz o’zingizni hech qachon qitiqlay olmaysiz.
94. Qo’laringizni ikki tomonga keng ochkaningizdagi
uzunlik bu sizning bo’yingiz uzunligi bilan teng.
95. Inson hissiyotlari sababli ko’z yosh to’kadigan
(yig’laydigan) yagona mavjudot.
96. O’naqay odamlar chapaqay odamlarga nisbatan
o’rtacha o’n yil ko’proq umr ko’radi.
97. Ayollar erkaklarga nisbatan kuniga 50 kaloriya
kam yog’ sarflaydi.
98. Burun va lablar orasidagi joy nomini – burun
tarnovi deb ataladi.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 1319 | | Теги: Inson tanasi haqidagi qiziqarli fak | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyul 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz