Главная » 2013»Iyun»2 » "Ey Hudo O'lgim Kelmayapti" -Drammasi..!
07:04
"Ey Hudo O'lgim Kelmayapti" -Drammasi..!
"Ey Hudo O'lgim Kelmayapti" -Drammasi..!
"Jonim Olma" -Ey Ollohim, Men Hayotga - To'yganim Yo'q. "Jonim Olma" -Qora Ko'zim, Malikamni Diydoriga - To'yganim Yo'q.
Olib Ketma,Hali Erta -Ketishimga, Orzularim Butun Dunyo -Sevganimga. Ushalmasdan Qilma Uni Achchiq Ro'yo, Yashay Olmas Mensiz Yorim Ko'zi Qaro. Muhabbat..! Shirin tuyg'u..,Shirin lahzalar..,Hammasi xuddi ertakday go'zal hayot quchog'ida davom etardi...Yigit bilan qiz va so'lim soy bo'yi..,Ular har kuni uchrashardi shirin orzular og'ushida,soyning shivirlashiga quloq solib muhabbat sharobiga mast bo'lishardi.Ular bir-birini juda qattiq sevishar,hattoki so'rasalar jonini ham berishga tayyor edilar..! Har dam yigit,qizning ko'zlariga qaraganda uning qora ko'zlarida kelajakdagi orzularini ko'rardi,yigit ham shu orzular ichida o'z Malikasiga Shahzoda kabi savlatli turardi...Shirin orzular ichra yigit bilan qiz hayotning achchiq sinovlarini tortishmagan,keng osmonda uchib yurgan ikkita oppoq kabutarga o'xshardi...Ular har doim bir-birini sog'inganida,soy bo'yida uchrashib turardilar..! Shunday uchrashuvlarning birida,Shahzoda o'z Malikasini uyiga kuzatib qo'yadi va uyiga qaytayotib yo'lda to'satdan boshiga qattiq og'riq tushib xushidan ketadi...Yigit ma'lum vaqt o'tgach xushiga keladi va o'zini kasalxonada ko'radi..,Shifokor unga bor xaqiqatni ochishga majbur bo'ladi chunki yigitning umri oz qolgan edi...
Orzuyimiz O'sha Kunda Armon Bo'ldi, Sevganimning Yurak Bag'ri Tamom Bo'ldi. Kechirilmas Bu Hatoyim,Afsus Endi Kech, Bevafomi Yoki Dunyo- "Chidolmayman Xech".!
Xazon Endi Pok Tuyg'ular Soy Bo'yida, Kechirolmas Yorim Meni Yolg'iz Qolsa. Malikamning Ko'z Yoshlari Qo'shilar Soyga, Soy Ham To'lar Men Ketganda- "O'zga Dunyoga".!
Shifokor yigitdan saraton kasalligini topgani va bu kasallik o'tkazib yuborilganini aytadi..! Yigit shifokordan qancha umri qolganini so'raganida,shifokor ko'pi bilan 1-oy qolgani va tushkunlikka tushmaslikni so'raydi...Yigit chuqur o'yga toladi,uning bu kasalligi bir necha yildan beri o'z tasirini o'tkazib kelardi.Bazida ish vaqtida juda tez holdan toyadigan boshi aylanib burnidan qon kelardi.Uchrashuvga kelgan vaqtlarida esa yigitning ko'zlari qizarib turardi.Qiz undan nega ko'zlari qizarganini so'rasa ishdan charchaganini va yaxshi dam olmaganini aytib qutulardi...Yigit shunday baxtli kunlarida bunday voqea sodir bo'lishini aqligayam tasavvur qilmagan edi.Hali hayot oldinda Malikasi bilan shirin orzular qilgan mana shu pok niyat-u istaklariga yetishiga 1-yarim yilgina qolgandi..!Yigit bularni o'ylab ko'zlariga yosh olib hudodan jonini olib qo'ymasligini so'rab iltijo qiladi..!Afsus yosh umrini bir onda chil-parchin qilgan bu kasallikni yillar mobaynida yashirib kelardiyu oxirini o'ylamagandi..!Yigit sevgilisi bilan har doimgidek uchrashib turardi Malikasiga xech narsani bildirmaslikka harakat qilardi,lekin Malikasini har bag'riga bosganida ko'zlariga yosh olib ichida yig'lar,undan ayrilgisi kelmasdi..! Taqdir sinovlari shunday achchiq ekanligini,bu hayot shirin yolg'on-u,o'lim esa achchiq haqiqatligini yigit hayolidan o'tkazib yuragi kuyar..,Shu onda kasallik Shahzodasining vujudini tobora qamrab olayotganini,o'z bag'rida yashnayotgan guli sezilmas holda so'lib borayotganini qaydan bilsin sho'rlik Malika ..!
Bo'ldi Endi Hammasi Tamom, Hatoyimning Xuni Be Gumon. Azoblaydi Bildirmasdan,Ichimda Bu Dard, Soyga So'zlab O'tiribman,Dardimni Faqat..!
Kechalari Ko'zlarimga Kelmaydi Uyqu, Yulduzlarga Termulaman Yuzimda Qayg'u. Nima Qildim Yomon Inson Emasdim Dunyo, "Jonim Olma" -Kelma Ajal..! Qo'rqayapman Yo..!
Yigitning kun sayin axvoli yomonlashar,qizning esa bundan mutlaqo habari yo'q hayotdan sarmast baxtliman deb dunyoga jar solib yurardi.Yigitning ichidagi dardi kechalari bilan qiynab unga tinchlik bermas og'riqlardan Dod deb yuborgisi kelardi.Ex yigitga qiyin bo'ldi afsuslanar yuragim,balki imkoni bo'lmagandir o'sha paytda bu dardiga davo topishga.Sho'rlik yigit yolg'iz yashar yaqinlari yo'q edi..! Qachonlardir ko'ngli yarim yigitni Ota-Onasi tashlab ketgandi boqolmagandan bolalar uyiga yaxshi qarashar deb,Yetim nomini yelkasiga xat qilib yozib Detdom ostonasida qoldirib ketishgandi..! Kunlar o'tib yigitning axvoli juda yomonlashadi qiz bilan uchrashuvlarga borolmay qoladi,qiz sababini so'raganida ishlar ko'pligini bahona qilardi..!Bugun yigit qiz bilan uchrashishga qaror qildi va qizni soy bo'yida kutishini Malikasini juda qattiq sevishini takror va takror aytib xayrlashdi..!Yuragi g'ash ko'zlari namlangan yigit taqdirga tan berishga majbur bo'ladi,balki bu eng so'nggi uchrashuvimdir deb hayolida o'ylab soy bo'yiga xoldan toygan axvolda yetib keladi..!
Dardimga Davo Yo'q Endi Netaman, Qiynaladi Yuragim Azob Chekaman. Jonimni Omonatga Olganim Qachon, Shunchalik Tez O'tdimi Qaytarish Qiyin..!
Mayli Meni Jonim Ol Ajal Qurmag'ur, Ortimdan Yuribsanmi Xanjaring Qayrab. Bugun So'nggi Uchrashuv Yuragim To'xtar, Bugun Senga Xiyonatim O'limim Ochar..!
Qiz yigitning axvolini ko'rib qo'rqib ketadi,nahotki ishingiz shunday og'ir bo'lsa deb yig'lab yuboradi..! Ha yigitning ko'rinishi juda achinarli axvolda edi.yYigit qizni bag'riga so'nggi bora bosadi va juda holdan toydim uxlagim kelyapti deb qizning oyoqlariga boshini qo'yib,qizning mayin yuziga termulib undan alla aytib berishini so'raydi..! Qiz yigitning boshini silab mayin ovozda shirin tushlar ko'ring deya alla aytishni boshlaydi..! Yigit qizning shirin ovozdagi qo'shig'ini eshitib ko'zlari ochiq xolda qizning yuziga termulgancha jon beradi..! Qiz qo'shiqni aytib bo'lganidan so'ng yigitning ko'zlariga qaraydi,yigit haliham ko'zlarini qizdan uzmasdan unga termulib turaverardi.Qiz uni juda sog'inganini aytar va buncha tikilib qoldiz deb jilmayganicha yigitning boshini silardi..!Qiz biroz vaqt o'tgach yigitning qimirlamaganidan uni jon taslim qilganini tushunib yetdi va yigitni bag'riga bosganicha baqirib-baqirib yig'lab yubordi..!Osmonga qarab ey hudo nega uni jonini olding axir nima yomonlik qilgandi unday bo'lsa meni ham jonimni ol men u siz yasholmayman deb baqirardi..! Balki ollohning qizga raxmi kelgandir yoki ajalning nafsi ochilganmi qizning ham jonini oladi..! Soyning bo'yi shu zaxoti tinchlanib sokin suvning shivirlashi egallaydi.Sevishganlar Malika sifatidagi qiz va Shahzoda ko'rinishidagi yigit mana shu soy bo'yida uchrashib bir-birini sevib qolishgandi.Ularni shu yerning o'zida qo'shmazor qilib olloh panohiga topshirishadi..! Ular endi baxtli..! Qizning aytgan allasi bazida soy bo'yidan kechki payt o'tganda eshitilib turadi..! Yigitning kulgulari soyning shivirlashida quloqqa chalinadi...