SHERLAR.BIZ Dushanba, 30.12.2024, 20:50
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 286
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 14
Mexmonlar: 14
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Iyul » 29 » Eng Zararli 10 Mahsulot
14:46
Eng Zararli 10 Mahsulot
Shifokorlar qaysi ommabop taomlarni salomatlik
uchun eng xavfli deb hisoblaydi va nima uchun?
Quyida e’tiboringizga eng zararli mahsulotlarning 10
tasi haqida ma’lumot berib o’tamiz.
1. Chipslar va kartoshka-fri
Kartoshka qanday ko‘rinishda tayyorlanishidan qat’i
nazar, bu sabzavotning o‘zi foydali mahsulot
hisoblanmaydi. Chipslar shaklida esa unda tabiiy
moddalardn asar ham qolmaydi. Faqat
kanserogenlar, yog‘lar, aromatizatorlar va ta’mni
kuchaytiruvchi moddalar qoladi, xolos. Chipslarni
tez-tez iste’mol qilish onkologik kasalliklarni va
semirishni keltirib chiqaradi. Kartoshka-fri haqida
ham xuddi shuni aytish mumkin.
2. Burgerlar va xot-doglar
Fast-fudning tez tayyorlanishi va arzonligidan
tashqari boshqa biror bir ijobiy tomonini ayta
olasizmi? Albatta, yo‘q. Och qorinni to‘ydirish uchun
pishloq, sabzavotlar, salat barglari va
krevetkalardan ham xuddi shunday buterbrod
tayyorlash mumkin. Faqat unga qayla va mayonez
solmang.
3. Shirin gazli ichimliklar
Pufakchalarga boy bo‘yalgan ichimlik suvda eritilgan
guashdan ko‘ra zararliroq. Fast-fudni gazli suv bilan
tamaddi qilish kerak, degan fikr mavjud, ammo bu
unday emas: gazli ichimliklar ochlik hissini bo‘g‘adi
va bu bilan yana bir gamburgerni yeyishga majbur
etadi.
4. Mayonez va ketchup
So‘z do‘konda sotiladigan mayonez haqida
bormoqda. Agar ushbu mahsulotni iste’mol qilish
to‘xtatilsa, ikki haftadan keyin belingiz bir necha
santimetrga kichrayganini sezasiz. Mayonezning
yoniga ketchup va turli-tuman qaylalarni ham
qo‘shish mumkin. Ularning tarkibida aromatizatorlar,
yog‘lar va ta’mni kuchaytiruvchi sun’iy moddalar
bor.
5. Tuz va qand
Tuzni ham, qandni ham “oq o‘lim” deyishlarini yaxshi
bilamiz. Tuz organizmdagi suvning harakatiga
to‘sqinlik qiladi va keraksiz joylarda to‘planib qoladi.
Qand esa ozishni xohlovchilarning birinchi raqamli
dushmani. Biroq ushbu mahsulotlardan butkul voz
kechib ham bo‘lmaydi, ammo agar ovqatga kamroq
tuz solinsa, tuz bilan buzilmagan mahsulotlarning
tabiiy ta’miga tezda o‘rganib qolish mumkin. Qandni
esa asalga almashtirsa bo‘ladi.
6. Kolbasalar, dudlangan mahsulotlar
Sosiskalar aynan nimadan tayyorlanganini va ular
chiqarilganiga necha hafta bo‘lganini kim biladi?
Go‘shtni tuzlash va dudlash uni uzoqroq saqlash
uchun kerak xolos. Tabiiyki, vaqt o‘tishi bilan
ulardagi foydali elementlar yo‘qoladi, ammo
kolbasada o‘limtik zahar paydo bo‘lishi to‘xtamaydi.
Biroq siz buni sezmaysiz, chunki unga turli
aromatizatorlar va ta’mni kuchaytiruvchi moddalar
qo‘shilgan-da.
7. Tez tayyorlanadigan ugra va pyure
Mol go‘shti, tovuq go‘shti, krevetkalar, qo‘ziqorinlar
va qaylali spagetti – paketlardagi mo‘’jizaviy
ovqatlarni ishlab chiqaruvchilar ana shunday
shohona nonushta, tushlik va kechki ovqatni taklif
etishadi. Aslida esa turli-tuman ovqatga
qo‘shiladigan moddalardan iborat issiq “miks”ga ega
bo‘lamiz. Bunday “kombikorm” muntazam ravishda
iste’mol qilinganida organizmdagi tizim buziladi.
Organizm ovqat va kaloriyalarni olganday bo‘ldi-yu,
biroq ular moddalarning normal faoliyati uchun
haqiqatan ham kerak bo‘lganidan juda kam miqdorda
olinadi. Ozuqadan mahrum bo‘lgan organizm miyaga
SOS signalini yuboradi va biz yana ovqatlanishni
xohlaymiz. Ushbu ro‘yxatga yana bir talay
konservantlar, stabilizatorlar, quyuqlashtiruvchi
moddalar, emulgatorlar, bo‘yovchi moddalar va
ta’mni kuchaytiruvchi moddalarni ham qo‘shadigan
bo‘lsak, bu mahsulotda kimyoviy moddalardan
boshqa hech narsa yo‘qligini tushunamiz.
8. Popkorn
Makkajo‘xorining o‘zi salomalik uchun mutlaqo xavfli
emas. Ha, unda uglevodlar va kraxmallar bor,
kaloriyasi ham oz emas – 100 gramm mahsulotda
330 kkal. Ammo uning tarkibida biriktiruvchi
moddalar va yana bir talay foydali moddalar,
xususan, A, S, Ye vitaminlari, tiamin, niatsin, foliy
kislotasi, temir, kaliy, magniy, fosfor, rux moddalari
bor. Agar popkorn shunchaki qovurilgan
makkajo‘xori donlaridan iborat bo‘lganida edi, eng
zararli mahsulotlar reytingidan o‘rin olmasdi. Biroq
unga yog‘, tuz, shakar, karamelizatorlar, bo‘yovchi
moddalar, ta’mni kuchaytiruvchi moddalar,
aromatizatorlar qo‘shilganidan keyin hammasi
o‘zgaradi. Aytganday, an’anaviy tuzli popkorndagi
tuz moddasi shu darajada ko‘pki, bu kamida qon
bosimining oshishiga va buyraklar faoliyatidagi
buzilishlarga olib kelishi mumkin.
9. Spirtli ichimliklar
Bosh miya po‘stidagi degenerativ buzilishlar,
jigarning shikastlanishi, onkologiya, genetik
mutatsiyalar – bularning hammasini odamlar yaxshi
biladi. Ichkilikka ruju qo‘ygan kishilar odatda
o‘rtacha umrdan 10-15 yil kam yashaydi. Yuqorida
sanab o‘tilgan kasalliklardan tashqari, ularni
psixikaning buzilishi, depressiv holatlar ta’qib qiladi.
Barcha suiqasdlarning uchdan bir qismi va
avtohalokatlarning 50% aynan mast holatda yuz
beradi.
10. Shokoladli batonchiklar va chaynaladigan
konfetlar
Ushbu mahsulotlarning glikemik indeksi juda yuqori,
ya’ni ularning tarkibidagi qand moddasi deyarli shu
zahotiyoq o‘zlashtiriladi. Ularda asal va quruq
mevalardan farqli o‘laroq birortayam foydali modda
yo‘q. Bundan tashqari, yorqin rangli so‘riladigan
qandlar, shakar-qiyomli konfetlar va chaynaladigan
marmeladlarni oziq-ovqat mahsuloti deb atash ham
qiyin. Ular qand o‘rnini bosuvchi moddalar,
stabilizatorlar, quyultiruvchi, jelelovchi, bo‘yovchi
moddalar, emulgatorlar va hokazolarning
aralashmasidan iborat.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 1208 | | Теги: Eng Zararli 10 Mahsulot | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyul 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz