Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam. Bir baloni ko'rib yorug' dunyoda, Toshkanni ko'rmagan bechora onam, Bolang bo'lib bir bor boshlab keldimmi, Endi men ham senga o'g'il bo'ldimmi!..
Garchi bisotingda "bayram" so'zi yo'q, Bilaman, kutasan sandal to'la cho'g', Menda yurak deganlarin o'zi yo'q: Men sovg'a bermagan qiz yo'q bu oqshom, Senga na gul berdim, na shirin kalom, Endi men ham senga o'g'ilmi, onam?..
Deysan: olislarda omon yursang bas, Yodingga tushsam goh yo'qlab tursang bas, Bolam, senga hamma qiladi xavas... Axir, mening dardim She'r emas faqat, Men mashhur shoirmas - mashhur beshafqat, Endi men ham senga o'g'ilmanmi, ayt?...
Sha'ningga she'r bitdim. U seni topsin, Poyingga tiz cho'kib, qo'lingni o'psin. Undan ham ulug'im borligin ko'rsin, Men uchun ham aziz holingni so'rsin, Sensiz g'arib ko'nglim ko'ngilmi, onam, Endi men ham senga o'g'ilmi, onam!..
|