Главная » 2013»Iyun»21 » Do'stim(sevganim)ning eng yaqin sirdoshiman( davomi... )
07:36
Do'stim(sevganim)ning eng yaqin sirdoshiman( davomi... )
Kechir mening aziz do'stim sizga qalbimda yashiringan so'zlarni ayta olmadim. Bugun sizga uzoqlarga ketayotganimni aytdim. Ishoning men ketmasam bo'lmaydi. O'z vadamni buzishga majburman. Sizni umrimning oxirigacha kutishga vada bergandim, lekin bu kun juda yaqin ekanligini bilmagan ekanman. Bugun menga yaqinlarim g'amgin nigoh bilan qarashmoqda. Meni uzoq yurtlarga olib ketishmoqchi. Ulardan buni o'zim iltimos qildim. Sizning yoningda aslida men emas boshqa bir inson turishi kerak, u senga madadkor bo'lishi kerak. Men xozirda uzoq safarga otlanmoqdaman va yo'lda senga nima deb gapirishimni mashq qilib kelmoqdaman. Sizni ko'rdim. Bugun juda baxtiyorsan. Buni ko'rib men ham hursand bo'ldim. Siznga bugun yaqinda ketayotganimni aytganimda oldiniga hazil qilayapti deb o'yladingiz. Ammo men sizga kasbimni mukammal o'rganishim uchun ketishim kerakligimni aytganimda meni tushundingiz va oq yo'l tiladingiz. Bundan juda hursand bo'ldim. Men aslida uzoqlarga o'qish uchun emas balki sening yoninggga sevgiga to'la va asosiysi sog'lom yurak bilan qaytish. Sizga necha aytmoqchi bo'lib harakat qildim ammo buni senga aytishga jur'at etolmadim. Sizga vada berganimdek avvalgidek gaplashib turamiz. o'zim uzoqlarda bo'lsam ham lekin seni yakka tashlab qo'ymayman. Men ancha vaqtga ketishim kerak, buni o'zim ham oiladagilarim ham biladi. Shifokorlarning aytishicha bunga bir qancha vaqt kerak ekan. Aziz do'stim agarda qaytmas bo'lib ketsam ham xafa bo'lma men bari-bir sening yoningda bo'laman chunki seni samolarda turib kuzataman. Siz mening qadrdon do'stimsiz. Siz menga sovg'a etgan gullarni har kuni mehr ila parvalishlayapman. Ularga qaraganda sevinaman chunki ularni menga siz tug'ilgan kunimda sovg'a qilgansan. Keyingi tug'ilgan kunimni birga nishonlash bizga nasib qilarmikan? Har holda shuni umid qilayapman. Aziz do'stim agarda sizga bir kun kelib Sabohat bu hayotda endi yo'q desalar o'tinaman qayg'uga botmang. Yana avvalgidek kulib yuring. Hayotdan mamnun yashashga harakat qiling. O'zingizga munosib yorni toping. Agarda bu gaplarni o'qib ranjib o'tirmang. To'g'ri siz sevgan qizingizdan ayrilldingiz lekin sizda uni uchratib qolish ehtimoli bor. Ammo men sizni yana bir bora ko'rish imkonini umid qilb yashayapman. Shuning uchun aziz do'stim iltimos xech qachon va har qanday vaziyatda ham umidsizlik dengiziga g'arq bo'lmang.
Agarda mening gaplarim sizlarga juda g'alati va ishonib bo'lmas bo'lib tuyilgan bo'lsa ajab emas. Lekin bu voqealar hozirda mening hayotimda sodir bo'lmoqda. Uni rostanam yoqtiraman, shuning uchun ham unga ahvolimni ochiq ayta olmadim ayting aziz endi nima qilay? To'g'risi bu yurak yana qanchongacha bardosh berar ekan bilmadim. Lekin xozircha yagona o'timchi bor siz bilan hayrlashayotgan vaqtimda hasta yuragim urishdan to'xtab qolmasin.