SHERLAR.BIZ Shanba, 27.04.2024, 00:25
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Iyun » 5 » BUNI TAQDIR DEYDILAR
04:19
BUNI TAQDIR DEYDILAR
Poyezdga yetolmagach
yigit yugurishdan töxtadi. "Jin
ursin ösha svetaforni,- hayolidan
ötkazardi u,- ertaroq
harakatlanish kerak edi.
Qayerdanam ösha betayinning
mashinasiga ötirdim!" U asabi
tarang holda ortga ögirildi. Shu
vaqtda xuddi özi kabi poyezd
ortidan afsuslanish bilan qarab
qolgan qizga közi tushdi. Qizning
uzun sochlarini shamol öynab,
xafaqon yuzlariga tushirarkan,
yigit undan közlarini uzolmay
qoldi. Haqiqatda, qarshisida
judayam sohibjamol 21-22
yoshlar atrofidagi qiz turardi. Qiz
ham yurishdan töxtadi. Uning
shaxlo közlari anchagina olislab
ketgan poyezdga termulgan köyi
yig'lab yuborishga tayyor turardi.
Yigitga qizning bu holati judayam
g'alati, özgacha jozibali tuyulardi.
Ayni damda yigit poezdni unutib
ham yuborgandi. "Yaxshiyam shu
svetafor bor ekan", - tabassum
qildi u. Qiz ham taqdirga tan
berdi shekilli, yigit tomonga
qaradi. - Salom, -dedi yigit. - ... -
Poezdda ketadigan odam bunday
ertaroq harakat qilishi kerakda. -
Sizga öxshabmi,- kuldi qiz. - Yöq,
men poezddan sizni körib tushib
qoldim. Qiz javob bermay vokzal
ichi tomon yöl oldi. Yigit unga
yetib oldi va gapirishda davom
etdi: - Bu shaharda hamma
shoshadi, xatto poezdlar ham. -
Sizchi? - Menmi? Shoshib qayerga
ham borardim. Taqdirimda nima
yozilgan bölsa shu. Kechirasiz, siz
taqdirga ishonasizmi? - Yöq. -
Bekor qilasiz. Qiz kassaga borib
keyingi poezd qachon bölishini
söradi. 8 soatdan keyin degan
javobni eshitgach, juda xafa
böldi. Yigitni esa ushbu javob
mutlaqo xursand qilib
yuborgandi.
1 minut dan so'ng yozdi:
Chunki bu gözal qiz tobora uni
maftun qilib borardi. - Afsus,-
dedi qiz. Yigit bölsa, kassadagi
qizga minnatdorchilik bildirdi: -
Rahmat sizga, iloji bölsa yana
qöshimcha 8 soat ushlab
turinglar ösha poyezdni. Qiz
yigitni kuzatib turarkan, uning
özini tutishidan hayron qolardi.
Qiz odamlar gavjum bölgan
kutish zalidagi örindiqlardan
biriga borib ötirdi. Biroz ötgach
yigit ham uning yoniga kelib
ötirdi. - Mening ismim ... , bu
shaharda mehmonman. Sizchi? -
Men ham mehmonman,- javob
berdi qiz. - Ismingizni
aytmaysizmi? - Zarurati yöq,
ishonavering. - Albatta... Ishonish
yarim g'alaba degani. Qiz
qöng'iroq qilish uchun chetroqqa
chiqdi. Qayergadir qöng'iroq
qildi. Yigit uni diqqat bilan
kuzatardi... Qiz qaytib kelgach
yigit undan söradi: - Uzr, ruchka
topiladimi? Qiz sumkasidan
ruchka olib yigitga uzatdi. Yigit
dabdurustdan ruchka bilan
qöliga nimanidir yozdi-yu qizga
ruchkasini qaytarib berdi. Bir oz
ötgach qiz örnidan qözg'aldi.
Yigit: - Sizni uyda kutishyapti,
shunaqami? - Ha. - Avtobusda 6
soatlik yöl. Umuman olganda
keyingi poyezdni kutishning
foydasi ham yöq. Maylimi, sizga
hamrohlik qilsam? Faqat yöq
demang. - Nega endi yöq
demasligim kerak? - Chunki, meni
taqdirimga siz bilan bitta
avtobusda birga ketish yozilgan
bölishi kerak. - Aytdimku, men
taqdirga ishon... Qiz oxirigacha
gapirolmadi. Aniqrog'i yigit
kaftlariga haliroq qizning
ruchkasi bilan yozgan yozuvni
unga körsatgach hayratdan
gapirishdan ham töxtab qoldi.
Yigitning qöliga bejirimgina
harflarda qizning ismi yozilgandi.
Qiz örnidan qözg'alib, allaqachon
chiqish eshigi tomon yönalgan
yigitdan söradi: - Qayerdan
topdingiz? Yigit qizga ögirilib
qaradi, qölini avval köksiga, keyin
peshonasiga olib bordi-yu kulib
javob berdi: - Buni taqdir
deydilar... Qiz va yigit
shaharlararo qatnovchi
avtobusga chiqishdi. Biroz jim
ötirishgach yigit kamzulining
kissasidan judayam ixcham, lekin
öta chiroyli kichik gul g'uncha
olib qizga tutdi: - Tug'ilgan kuniz
bilan! Qiz közlarini katta-katta
ochib yigitga qarardi. Haqiqatda
bugun uning tug'ilgan kuni, shu
sabab uyiga shoshilayotgandi.
Yonida ötirgan öta qobiliyatli
quvnoq "folbin" esa uni hayron
qoldirishda davom etmoqda edi -
Q...Qayerdan bildiz? - Buni jon
deb aytardim-u zaruriyati yo'q,
ishonavering, - kuldi yigit. - Jiddiy
so'radim. - Bu muhim emas,
muhimi sizni birinchi bölib men
tabrikladim. - Haya, rahmat,- qiz
jilmaydi. Biroz surbetroq, lekin bu
öziga juda yarashadigan
kelishgan yigit qizni tabassum
qilishga majburlay olardi...
2 minut dan so'ng yozdi:
Avtobus yölga chiqdi. Yigit
qizga qiziq narsalar haqida
gapirib berar, u oddiy narsalar
haqida ham shunday kulguli va
jumboqli gapirardiki, qiz miriqib
kulardi, teran öyga tolardi. Bir
soatcha yurishgach qiz yigitdan
söradi: - Endi ismimni qanday
qilib topganizi ayta qoling. Yigit
biroz jim qoldi, keyin qizga
qaramasdan söz boshladi -
Dunyoda shunday toifali insonlar
borki, öz fikrini siz-u menga
shunchaki bildirolmaydilar.
Eshitishadiyu zabonlari yöq, yoki
aksincha eshitmaydilar. Men
shunday kishilarga öz fikrlarini
ifodalay olish san'atini
örgataman. Kasbim shunaqa. Qöl
harakatlari orqali, lablarning
qimirlashi orqali ularning nima
haqda gapirayotganlarini
tushuna olaman. Endi siz haqizda,
menimcha vokzalda oyijonizga
qöng'iroq qilgandiz... Qiz
vokzaldagi oyisi bilan telefon
suhbatini yodga oldi: - Allo,
Assalom-u alaykum oyijon, bu
men ...man. - Voalaykum,
poyezdga chiqdingmi? Qachon
yetib kelasan? - Oyi, poyezddan
qolib ketdim. Mehmonxonada
tölovlar böyicha muammo böldi.
Kelsam, poyezd ketib bölibdi. Endi
avtobusda bora qolaman.
Shuning uchun 3-4 soat
kechikaman, xavotir olmang. -
Vaqtliroq harakatingni qilsang
bölmaydimi? Bu yoqda hamma
seni kutib ötiribmiz. Bugungi
kunni unutdingmi? - Bilaman,
oyijon. Bugun tug'ilgan kunim.
Unutib bölarkanmi, kechiring,
shunaqa bölib qoldi. Böldi, mana
yölga chiqyapman. - Xöp qizim,
yölda ehtiyot bölgin. - Xöp oyijon,
xavotir olmang... Qiz uni telefonda
suhbatlashayotgan chog'ida
kuzatib ötirganini yodga oldiyu
hammasini fahmladi. Barchasi
ravshan bölgach qiz kuldi: -
Demak siz joyizda ötirgan holda
uzoqdagilarning ham nima
haqda gapirayotganligini bila
olasiz, shunaqami? - Agar lablari
harakati körinarli bölsa, ha. -
Unda anavi orqa örindiqda
ketayotgan oq sochli odam
yonidagi ayolga nima haqda
gapiryapti? Yigit orqaroqda
ötirgan ösha kishi tarafga bir
muddat qarab turdi. Keyin qizga
uning nima haqda
gapirayotganligini tushuntirdi: -
U qizi haqida gapiryapti. Yonidagi
turmush örtog'i, qizlarini
körishga ketayotgan bölishsa
kerak. - Qizlarini? - Ha. Qizlari
shifoxonada ekan. - Hm... Anavi
oldingi örindiq yonida tik turib,
hozir bizga qarab jilmayayotgan
qiz nima haqda gapiryapti? Yigit
ösha tarafga qarab kulib yubordi.
Qizning ma'noli qarashiga sokin
javob berishga urindi: - U siz
haqizda gapirdi. Menimcha
aytmaganim ma'qul. - Men
haqimdami? Ayting, nima dedi u?
- Yaxshi, u anavi chiroyli qiz
erining qölidan mahkam ushlab
olibdi, xuddi qöyib yuborsa men
olib qochib ketaman, dedi.
2 minut dan so'ng yozdi:
Qiz yarq etib öz holatiga diqqat
qildi. Chindan bu öyinning
qiziqligi gashtidan mashg'ulotga
berilib ketgan va yigitning öng
qölini siqib olgandi. Buni özi
beixtiyor bajarganligi uchun
ahamiyat bermagandi. Qiz darhol
qölini tortib oldi. U oynadan yöl
chetida yastanib yotgan dalalarni
tomosha qilishga tushdi. Uning
yuzi yonardi. " G'alati... Uyatmi
bu?
Erimish... Odamlarga ham
hayronsan, bilmasdan
gapiraverishadi",- öylardi qiz.
Jilmaygancha hayol surayotgan
qizning hayolini yigitning ovozi
böldi: - Hey... - Hm? - Avtobus
yölda töxtarkan, ul-bul tanavvul
qilvolish kerak. - Hm. - Yana "hm"
mi? - Hm... Yengil kulgu, haliroq
yuzaga kelgan öng'aysizlikni
hayollardan bir chetga surib
tashladi. Avtobus yöl chetida
biroz turgach, yana yölga chiqdi.
Qiz judayam charchagandi.
Yigitning qaysidir mavzudagi
sokin sözlari ta'sirida közi ilindi...
- Allo,- qizni uyg'otdi yigit,-
uyg'oning malika, shahrizga yetib
keldik. Qiz avtobus oynasidan
tashqariga qaradi. Darhaqiqat
yetib kelishibdi. Yana bir oz
yurishsa bas. - Mana bu sizga,-
yigit qizga tumor tutdi shu payt,-
tug'ilgan kuniz bilan! - Rahmat,
hojati yöq, shundog'am yetarlicha
syurpriz kun böldi bugun. -
Sovg'ani qaytarishmaydi. Tög'ri,
bu tumor u qadar qimmatbaho
emas, ammo men uchun qadrli.
Bu sizga ham omad keltiradi. Qiz
sezdiki, sovg'ani olmasa yigit xafa
böladi. - Rahmat,- dedi qiz bejirim
tumorni qöliga olarkan,- chindan
omad keltiradimi? - Albattada. -
Unaqada, poyezdga nega kech
qoldiz? Qizning jilmayib söragan
savolidan söng yigit uning
közlariga qaradi va kulib javob
berdi: - Poyezddan qolib
ketganimni kim omadsizlik dedi...
Qizning yuragi jizillab ketdi shu
onda... Avtobus töxtadi. Yigit va
qiz avtobusdan tushishdi.
Xayrlashish kerak edi- yu, lekin
negadir bunday qilishda ularda
xohish topilmasdi. Nihoyat, qiz
jimlikni böldi: - Mayli, hammasi
uchun rahmat sizga, omon
böling. - Siz ham. - Xayr... - Nega
endi xayr? Balki yana uchrashib
qolarmiz? Qiz jilmaydi: -
Qaydam...
- Men esa ishonaman,- yigit qölini
avval yuragi ustiga, keyin
peshonasiga olib bordi,- axir buni
taqdir deydilar... Qiz yigitga
sönggi bor jilmaydiyu burilib
ketdi. Ketardi-yu yuragi
dukullardi. Hayolida faqat bir söz
aylanardi: buni taqdir deydilar...
Birinchi bor uchrashdilar-u
birinchi bor ayrilmoqda edilar...
Qiz ancha yurib ortiga ögirilib
qaradi. Ancha narida biroz
surbetroq, lekin bu öziga
yarashadigan kelishgan yigit
xuddi u kabi ögirilib unga qarab
turardi ... Yigit shu kun bir kichik
e'tiborsizlikka yöl qöygandi.
3 minut dan so'ng yozdi:
Bu e'tiborsizligi ehtimol bir
vaqtning özida uning ulkan
xatosi ham edi. U qizdan telefon
raqamini, hech bölmasa, ish joyi
yoki manzilini sörashni
unutgandi. Buning uchun
qanchalar afsus chekmasin, endi
befoyda edi. Ösha sohibjamol
qizning gözal chehrasi har
daqiqada köz öngida paydo
bölaverardi. Avtobusda qiz uning
yelkasiga boshini qöyib uxlab
qolganidagi hayajonli holatini
öylab qolardi. Bir kun... Ikki kun...
Uch kun... Yöq, ortiq bu taxlit
yashab bölmaydi. Uni topish
kerak. Sevib qolganini aytish
kerak. Lekin qanday qilib? Faqat
ismini-yu tug'ilgan kunini bilsa?
Keyin dizayner ekanligi ma'lum.
Endi faqat qidirish kerak. Axir
buni sevgi deydilar. Sevgi - bu
taqdir... * * * Oradan 5 oy ötdi...
Xiyobonda, gavjum odamlar
orasida telefonda kim bilandir
suhbatlashib ketayotgan yigit
kimgadir urilib ketdiyu telefoni
qölidan tushib ketdi va chil-chil
böldi. Yigit telefon bölaklarini
yerdan oldi-yu jahl bilan ösha
insonga qaradi: - Közizga
qara.s...
Siz?! Yigitning qarshisida 5 oydan
beri qidirib topolmaydigan, ösha,
uning oromini ög'irlab ketgan
uzun sochli qiz turardi. Yigit uni
ösha xayrlashishgan kundan
boshlab qidira- qidira hech
topolmasdi. Internetdan, modalar
uyidan, shaharning deyarli har bir
hududidan uni qidirgandi. Lekin
qiz haqida biron ma'lumot
topilmasdi. Chunki qiz öqirdi,
dizaynerlik esa uning sevimli
mashg'uloti edi xalos. Vaqt ötgan
sari yigit taqdiriga tan bera
boshlagandi. Haya, taqdir... Mana
u qizni yana yigitga
uchrashtirmoqda edi. -
Yaxshimisiz,- qizning yoqimli
ovozi hayolini böldi. - Endi, ha! -
Telefoniz singani uchunmi? -
Yöq... Uni siz sindirganiz uchun.
"Hecham özgarmabdi". Shu fikr
har ikkisining hayolida paydo
böldi. - Uzr sörayman, behosdan...
Tög'risi, shoshib ketayotgandim...
- Ha, bu shaharda ham hamma
shoshadi. - Xatto poyezdlar ham...
Yana ösha vaqtlardagidek kulgu
yangradi... - Taqdirni qarang, sizni
5 oy qidirib topolmagandim, uni
özi bizni 5 soniya ichida uchratdi.
Aytgancha, hali ham taqdiqga
ishonmaysizmi,- yigit bir oz
vaqtdan keyin, ular chetroqdagi
örindiqqa ötirishgach qizdan
söradi. - Yöq,- jilmaydi qiz. -
Unaqada nima sabab aynan siz
bilan bu taxlit uchrashib qoldik? -
Bu tasodif... Yigit qizning shu 5 oy
ichida uni unutib
yubormaganligini sezdi. Har
holda, uchrashganlarida, qiz
aytgan "poyezdlar ham shoshadi"
iborasi uni nimadandir umidvor
qilardi. Shu kun yigit qiz bilan
uzoq suhbatlashmadi. Lekin u
qizning telefon raqamini oldi. Shu
kun yigitning yuzida ulkan
quvonch shukuhi porlardi. Har
holda u qizning nima haqdadir
chuqur öyga tolib qolayotganini
payqamasdi. U mast edi. Baxtdan
mast edi...
4 minut dan so'ng yozdi:
Qiz poyezdga kech qolgan kun
avtobusdan tushib, u bilan
xayrlashdiyu uyiga shoshdi.
Bugun u juda xursand edi.
Tug'ilgan kuni juda ajoyib ötardi.
Oilasi davrasida haqiqiy bayram
qilib nishonlashdi. Tug'ilgan kun
torti, sovg'alar... Mehmonlarni
kuzatib, charchagan köyi örniga
yotarkan qiz bugungi sovg'alar
ichida eng ajoyibini qöliga oldi.
Bu yurakcha shaklidagi bejirim
tumor edi. Unga qarab biroz
surbetroq, lekin bu öziga juda
yarashadigan, kelishgan yigitni
öyladi. Lablariga mayin tabassum
yugurdi. Tumorni yostig'ining
ostiga qöyib qöydi-yu közlarini
uyquga yumdi. Ertasiga darsda
ötiribdi-yu hayoli özida emas.
Poyezd, avtobus... "Nimalar böldi
menga? Bir kunda u haqda
shuncha öylayapmanmi? Yöq,
men sevib qolmadim. Bu sevgi
emas..." Lekin qiz nohaq edi. U
yigitni sevib qolgandi. Har tunda
yostig'i ostidagi tumorni qöliga
olib, shirin hayollar qilardi. Bu
hayollar esa tobora uni yigitga
qattiqroq bog'lab borardi. Ösha
lahzalarda qiz yigit uni
qidirayotganini sezardi, lekin
hech narsa qilib bölmasdi. Kutish
kerak. Faqat shu yöl bor edi... 5
oydan söng... Qiz kunlar ötib,
yigitning kelmasligiga ishonch
hosil qildi. Qayerdan ham kelardi.
Balki butunlay unutib ham
yuborgandir. Ayni shu vaqtlarda
qizning oilasida uni uzatish
haqidagi mavzu kun tartibida
turardi. Qiz borgan sari bu
talablarga rad javobini berishga
qiynalardi. Oxiri hammasini ota-
onasining ixtiyoriga tashlab
qöydi. Ösha kunning özidayoq
qizning uyidan sovchilar rozilik
javobi bilan chiqib ketishdi... Ular
ketishdi-yu qizni titroq bosdi.
Xonasiga kirdi. Tumorni qöliga
olib yig'lab yubordi. Negaligini özi
anglamasdi. Faqat yig'lagisi
kelardi. Chunki u endi kelmaydi...
Sovchilar bolalikdagi döstidan edi.
Juda yaxshi yigit, lekin... Nimayam
qilardi? Taqdiri shunaqa ekan.
Haya, taqdir... U yana kimnidir
eslatib yubordi. Ösha kuni qiz
töyib yig'ladi. Bor hasrati köz
yoshlarga qöshilib yuragidan
chiqib ketdi. Bugun qiz
unashtirildi. Lekin yuragi hijil.
Hamma baxt tilayapti. Qaydam?
Töyni kuyovning ishlari tufayli 40
kundan keyinga belgilashdi. Qiz
özini chalg'itishga urinardi.
Xonasiga kirib har doimgidek
qadrdon tumorni qöliga oldi.
Unga bir oz tikilib turgach yana
joyiga qaytarib qöydi. "Yöq,
bugun uni qölimda olib yuraman.
Birinchi va sönggi bor...",- qaror
qildi qiz. Xiyobonda tumorni
mahkam siqib shoshib ketardi.
Keyin... Keyin urilib ketdi. Telefoni
qölidan tushib sinib ketgan
yigitga qaradi- yu qiz qölidagi
tumorni qattiqroq siqdi... Telefon
orqali suhbatlar... Uchrashuvlar.
Hammasi chiroyli edi.
5 minut dan so'ng yozdi:
Qiz ham hammasini taqdir
izmiga tashlab qöydi. Chunki
uning sevgisi shu qadar kuchli
ediki, undan shunchaki köz
yumib ketolmasdi. Har
uchrashganlarida yana va yana
qattiqroq bog'lanib borardi.
Faqat yigit har uchrashganlaridan
söng qanchalik baxtli kunlarning
yaqinligi haqida öylardi, qiz esa
yaqin kelayotgan iztirobli
voqealarni his qilardi. Shuning
uchun qiz hech kimga
bildirmasdan köp yig'lardi...
Oradan 20 kun ötib yigit qizga
sevgi izhor qildi. Qiz esa eshitib
turib yig'lab yubordi. Yöq, qiz
ortiq faqat özini öylay olmasdi.
Hammasini töxtatish, ehtimol
tugatish kerak edi. Uni quchib,
yig'lama gulim deb shivirlayotgan
yigitga e'tibor ham bermasdan
yig'lardi qiz... Ösha kun qiz
hammasini oyisiga aytdi. Oyisi esa
dadasiga. Ota chuqur öyga
toldiyu qizini bir-necha kun
yig'lashga majbur qilgan qarorni
chiqardi: - Töy böladi! Töy
böladi... Yigirma kundan söng...
Ertasiga yigit bilan uchrashgach
qiz hammasini unga
aytmoqchiydi. Lekin, yana ayta
olmadi. Yigit ham qanaqadir
mahzun kayfiyatda edi. U qizni
uzoq bag'riga bosib turdi: -
Yig'lama, azizam senga kulish
yarashadi... "Nega yig'layapsan"
deb söramadi ham... Ösha kun qiz
yigitni sönggi bor körib turgandi.
Ertasi kun qiz bu safar yigitga
hammasini aytish uchun
uchrashuv joyiga keldi. Lekin yigit
kelmadi. Telefoni öchirilgan.
Ikkinchi, uchinchi kun ham. 4-
kun yigitdan sms keldi: "Meni
kechir... Menga xorijdan yaxshi
ish taklif qilishdi. Bilasanmi,
mening kelajak rejalarim ulkan.
Bu rejada sen ham bor eding,
ammo endi hammasi birdaniga
özgarib ketdi. Afsusdaman. Baxtli
böl..." Qiz öqib közlariga
ishonmadi. Qayta-qayta öqidi. "Siz
bunday qilolmaysiz.." yig'lardi u.
Lekin hammasi ravshan edi. Qiz u
bilan ötkazgan shirin 3 haftalik
baxtli kunlarini bir-bir xotirladi.
Sevaman degandi, endi tashlab
ketdi. Alam bilan unga javob
yozdi: - Sizga aytolmagan bir
gapim bor: Meni turmushga
berishyapti... Balki, kelajagizni
öylab, tög'ri qilgandirsiz.
Ketavering... Umuman qaytib
kelmang... Sizi körishni
istamayman. Yodizdami, menga
yurakchali tumor sovg'a
qilgandiz, omad keltiradi deb?
Menga soxta yurak hadya qildiz-u
haqiqiy yuragimni olib ketdiz öziz
bilan. Sizga baribir rahmat.
Menga
nimalarnidir örgatdiz. Masalan,
taqdirga ishona boshladim. Lekin
taqdirlarimiz ayro ekan. Yana bir
gapni sizga aytolmaganman: Sizi
sevaman! Hm... Yomon bölsaizam,
bildiz... Nafratlanaman ham... Sms
yubordi-yu telefonini suvga otdi.
Örindiqda ötirib ezilib yig'ladi.
Hammasi tugadi...
6 minut dan so'ng yozdi:
Qizning töyi kuni ham keldi.
Qiz xonasida közguga qarab
ötirardi. Quloqlari ostida esa
yigitning unga aytgan hamma
gaplari bir-bir jaranglardi:
"Poyezdga kech qolganimni kim
omadsizlik dedi?" "Kul azizam,
kulish senga yarashadi..." "Buni
taqdir deydilar..." Uning yuzlariga
yosh dumaladi. Shu daqiqada
uning ortida otasi qölida qog'oz
bilan ma'yus turardi. Otasi uning
peshonasidan öpdi: - Meni kechir
qizim... * * * 20 kun avval...
Qizning otasi qizining boshqa
yigitni sevib qolganini eshitgach,
chuqur öyga toldi. Fotiha bölgan,
hamma rozi. Qudalar ham yaxshi
odamlar. Nega qanaqadir ön kun
ichida qizining bu taxlit özgarib
qolganini tushunolmasdi. Buni
ötkinchi hoy-u xavas deb qabul
qildi va qizini bir necha kun
yig'lashga majbur qilgan qarorni
chiqardi: - Töy böladi! Ota ösha
yigitni qidirib topdi. Istarasi
issiqqina ekan. Lekin endi kech. U
bilan ochiqchasiga gaplashib oldi:
- Qizim unashtirilgan, 20 kundan
söng töyi böladi, shuni bilasanmi?
Yigit jim bölib qoldi. Qizning nima
sababdan sevgi izhor qilganda
yig'laganini tushungan edi. -
Hammasiga endi juda kech...
Iltimos qilaman sendan, qizimni
chin yurakdan sevsang uni tinch
qöy, chunki men ikki dunyoda
ham töyni töxtatmayman. Qizimni
hurmatini saqla, el-yurt oldida
isnodga qöyma. Yigit hech narsa
deyolmasdi. Qizning otasi uzoq
gapirib sözini yakunladi: -
Shunday qilki, u sendan
nafratlansin. Meni kechir...
Shunday qilsang, hammamizga
yaxshi böladi... Shunday dedi-yu
ketdi. Yigit bölsa joyida turib
qoldi... Hozir qizning otasi undan
qiz uchun jonini söraganida hech
ikkilanmay bergan bölardi. Lekin
ayrim narsalarning qadri jondan
ziyoda bölarkan. Nima qilish
kerak? Yigit uchun shu kun juda
og'ir böldi. Ertasiga qiz bilan
uchrashdi. Qiz yana yig'lardi. Yigit
undan "nega yig'layapsan" deb
söramadi ham. Uni bag'riga
bosdi. Ichidan otilib chiqayotgan
alami bög'ziga tiqilib qizga
shivirladi: "Kul azizam, hech
qachon yig'lama..." Yigit shu
lahzada qaror qabul qildi:
Taqdirga tan berish kerak... Qiz
bilan boshqa körishmaslik kerak...
Ertasiga yana uchrashuv joyiga
otlandi. Yöq, körishmaydi.
Uzoqdan kuzatsa bas. U özini
kutayotgan qizni uzoqdan
kuzatdi. Keyingi kun, undan keyin
ham... Shu kun yigitga xorijdan
ish taklif qilishdi. Yigit ketishga
qaror qildi. Hammasini unutish
uchun... Ertasi kun u qizga sms
yubordi. Uning öqib yig'laganini
uzoqdan kördi-yu qölini yuragi
ustiga olib bordi va pichirladi:
"Kechir jonim, mendan
nafratlanishing kerak..."
7 minut dan so'ng yozdi:
Kunlar ötaverdi. Yigitning
samalyoti uchishidan bir kun
oldin u qizni sönggi bor körish
ilinjida uning uyi yaqiniga bordi.
Kördi ham. G'amgin gözal qiz...
Yigit qizning otasi bilan gaplashib
olishi kerak edi. - Men ertaga
tongda Parijga uchib ketaman,-
yigit qizning otasi yonida söz
boshladi,- mana bu xatni unga
berib qöying, iltimos. Sizning
iltimosingizni bajardim. Siz ham
bajarasiz deb öylayman... Xayr!
Yigit ketdi. "Endi seni körmayman.
Kechir meni azizam... Baxtli böl!"
Uning közidan sizayotgan
yoshlarni hech kim körmasligi
uchun közoynak taqib oldi. Ota
maktubni öqib yuragi tölib ketdi.
Qizini shu darajada sevarkan, bir
og'iz sözini ikki ham qilmadi.
Kuyov qilsa arzirdi. Lekin,
kechikdi... Tongga qadar hayollar
iskanjasida qoldi. Tongda
maktubni olib qizining xonasiga
kirdi. Qizi judayam gözal. Lekin,
uning közlarida yosh bor edi. Ota
ortiq bardosh qilolmadi. Qizini
bag'riga bosib, peshonasidan
öpdi: - Meni kechir qizim... * * *
Ota qiziga xatni berib, yigit
haqida hammasini aytib berdi.
Qiz maktubni ochib öqishga
tushdi: "" Bugun mendan
nafratlanayotgan bölsang kerak.
Ishonaver buning hecham
ahamiyati yöq menga. Chunki
bugun men seni yana hammadan
birinchi tabriklayapman. Qanday
omadim bora? Sen jinnisan,
negaligini bilasanmi? Töying
haqida aytmading menga. Lekin
meni kimligimni unutib qöyding.
Men quvnoq "folbin"manku.
Baribir bilvoldim. Xuddi tug'ilgan
kuningdagidek... Yodingdami,
taqdirga ishonmayman derding.
Men esa qölimni avval yuragim
ustiga, keyin peshonamga qöyib
buni taqdir deydilar derdim.
Buning ma'nosini bilasanmi? Bu
yurakdagi sevgi uchun taqdirga
minnatdorlik.. Ha, men
taqdirimdan minnatdorman.
Ösha poyezdga kechiktirgani
uchun... Seni menga uchratgani
uchun... Keyingi 5 oyda aqldan
ozayozdim. Seni qidirib.
Topganimda esa endi kech
bölgan ekan... Meni kechir... Sen
baxtli bölishing kerak. Menga
öxshagan surbet bilan taqdiring
qöshilmagan ekan. Men senga
hozir söz beraman. Meni endi
hech qachon körmaysan, men
esa seni hech qachon
unutmayman. Chunki sen bunga
loyiqsan. Sen ham menga va'da
berishingni xohlayman. Baxtli
bölaman deb söz ber. Sizni
unutaman deb söz ber. Chunki
men unutilishga loyiqman. Seni
tashlab ketayotganim uchun
ham... Senga bir gapni köp
aytishga ulgurmadim. Bugun
sönggi bor aytaman: Men seni
sevaman! Sen baxtli bölishing
kerak. Töying muborak bölsin...""
Qiz yig'lab-yig'lab xatni öqib
tugatdi. Otasi qizini yupatdi: - U
bugun Parijga uchib ketmoqchi.
Bor qizim uni töxtat...
8 minut dan so'ng yozdi:
Qiz yig'lashdan töxtab,
otasiga qaradi. - Köchada taksi
kutib turibdi. Ulgurishing kerak.
Qolganini menga qöyib ber,- otasi
qölini avval yuragi ustiga keyin
peshonasiga olib bordida kuldi,-
axir buni taqdir deydilar... Qiz
otasini quchoqladi: - Rahmat,
dadajon... Keyin chopdi. U ketib
qolmasligi kerak. Ketishga haqqi
yöq. Qölidagi bejirim tumorni
mahkam siqib taksiga ötirdi.
Taksi aeroport tomon yöl oldi. Qiz
esa hamon köz yoshlarini töxtata
olmas va shivirlardi: - Iltimos,
ketib qolmang, bir martagina
mening ham iltimosimni
bajaring... Taksi aeroportga yetib
kelgach qiz shoshib ichkariga
kirdi. Hamma yoqda odam.
Qayerga borishini bilmasdi.
Aeroport ichida esa
operatorlarning yölovchilarga
turli murojaatlari eshitilardi. Qiz
nihoyat shoshilib nazorat
punktiga keldi. Qöriqchilarning
hay-haylashiga qaramay
ichkarida ötirgan qizdan shoshib
söradi: - Opajon, Parijga samalyot
uchmadimi hali? - 347-reys bilan
Toshkent-Parij yönalishida
samalyot yarim soat oldin uchib
ketdi. - ...,- qiz özini yöqotib
qöydi,- ketdimi? U yigitning kulib
turgan holatini köz oldiga keltirdi.
Lekin u chindan kechikkandi.
Samalyot allaqachon uchib
ketgandi. Qiz odamlar gavjum
bölgan kutish zalidagi
örindiqlardan biriga borib ötirdi.
"U ketib qoldi. Endi uni hech
qachon körolmayman..." - Iltimos,
tumorimni qaytib ber,- yigitning
ovozi eshitildi shu payt,- usiz
samalyotga ham kech qoldim. Qiz
yigitga qaradi. Qölida bilet,
chamadon... Unga kulib qarab
turardi. Qiz uning quchog'iga
otildi. - Nega ketib qoldiz,-
yig'lardi u. - Ketib qoldi deb kim
aytdi? Yuragimni tashlab qayerga
ham ketardim,- uning sochlarini
siladi yigit. - Siz yomonsiz... - Hm.
-
Surbetsiz... - Hm. - Yana "hm"mi?
-
Hm. Ular kulib yuborishdi.
Aeroportda esa hamma ularga
qarardi. Qarayverishsin. AXIR
BUNI TAQDIR DEYDILAR...
(tamom)
doimo sevib sevilib yurilar
etiborilar uchun
rahmat!
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 613 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Iyun 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz