Статистика |
Hozirda saytda: 7 Mexmonlar: 7 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Iyun » 8 » Braziliyadagi Jahon chempionati o‘yinlari o‘tkaziladigan stadionning tomi ko‘chib tushdi
14:20 Braziliyadagi Jahon chempionati o‘yinlari o‘tkaziladigan stadionning tomi ko‘chib tushdi |
Yana bir necha kunlardan so‘ng Konfederatsiyalar kubogi o‘yinlarini qabul qiluvchi Barziliyadagi "Fonte Nova” stadioni tomining bir qismi qattiq yomg‘ir natijasida ko‘chib tushgan.Xabarlarga qaraganda, plastik materialdan tayyorlangan stadion tomining ushbu qismi quruvchilarning e‘tiborsizligi natijasida teskari qilib o‘rnatilgan va yomg‘ir natijasida to‘planib qolgan suvni ko‘tarolmagan plastik material ko‘chib ketgan.Stadion ma‘muriyatining aytishicha, "Fonte Nova” 15-iyun kuni boshlanadigan Konfederatsiyalar kubogiga tayyor holatda bo‘ladi va unda hech qanday muammo bo‘lmaydi.
Ma‘lumot o‘rnida aytib o‘tish joiz, "Fonte Nova” stadioni nemis firmalari tomonidan bunyod etilgan va uning qurilishi uchun 345 million dollar mablag‘ sarflangan. 50000 muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan ushbu stadion 15-30-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Konfederatsiyalar kubogi doirasida 20-iyun kuni Nigeriya – Urugvay, 22-iyun kuni Braziliya – Italiya, hamda 30-iyun kuni musobaqaning 3-o‘rin uchun bo‘ladigan bahslariga va keyingi yil o‘tkaziladigan Jahon chempionati hamda 2016-yilgi Olimpiyada o‘yinlariga mezbonlik qiladi
|
Категория: Dunyo xabarlari |
Просмотров: 710 |
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|