SHERLAR.BIZ Shanba, 21.12.2024, 18:45
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 10
Mexmonlar: 10
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Iyun » 22 » "Birovning Yori" san endi
00:46
"Birovning Yori" san endi
To'y bo'lyapti. Bugun dugonam Nafisaning to'yi bo'lyapti. Ismi jismiga monand nafisgina qizning to'yi. Nafisa oyday kelinchak bo'ldi. Lekin ko'zlaridagi yosh xursandchilik emas, qayg'u yoshlari ekanligina faqatgina men bilaman. Yo'q go'yo tabiat ham bilgandek, 2kundan beri yomg'ir tingani yo'q. Yurakni ezib maydalab yog'moqda. -Nafisa xali xammasi yaxwi bo'ladi. Sen dunyodagi eng baxtli qiz bo'lasan. Bo'ldi endi yig'lama. Nafisaga shu gaplarni aytar ekanman, o'zim yig'lab yuboray deyman. -Anora, tashqarida seni so'rab bir yigit kelibdi. -Kim ekan? -Bilmadim, xarbiy formadagi bir yigit seni kutib turibdi. Nafisa bilan men bir birimizga yalt etib qaradik. Uning nigohlarida havotir bor edi. Xozir kelaman deb tawqariga chiqdim. O'ylaganimdek tashqarida xarbiy formada akam Aziz turardilar. -Aka nega keldingiz, qanday qilib ruxsat oldingiz yoki armiyadan qochdingizmi? -Uni oxirgi marta ko'rgani keldim. Unga mana bu xatimni berib qo'y. Akam shunday deb menga xat berdilar. Men xop dedim-u, ichkariga kirib ketdim. Nafisa meni intiq bo'lib kutayotgan ekan. -Qani qizlar tashqariga chiqinglar. Kelinbola ozgina dam olsin, xalitdan charchatib qo'ymaylik,- deya xazil-xuzul bilan xamma qizlarni xonadan chiqarib yubordim. Xonada ikkalamiz qoldik, unga xatni uzatdim. Nafisa xatni shoshib ochib o'qiy boshladi. So'ng xatni quchoqlagancha ancha yig'ladi. So'ng menga xatni berdida yoqib yubor, xonamga 1soat ichida xech kim kirmasin dedi. Xatni oldimu, xech kim yo'q joyni qidira boshladim. Daraxtni pana qilib, kuchli qiziqish bilan o'qiy boshladim. "Nafisa! Meni xech qachon kechirma, menday bir noshud qo'rqoqni xech qachon kechirma. O'z baxtini o'zgaga berayotgan, uni ximoya qilolmagan noshudingni xech qachon kechirma. Oxirgi iltimosim yig'lama, seni ko'z yosh to'kishinga hech narsa arzimaydi. Baxtli bo'l. Men uchunam baxtli bo'l. Xotiraga ko'ndi sevgimiz, Baxtning sodon kulgusi tindi. Armon bo'ldi sodiq tuyg'umiz, Sen birovning yorisan endi... Ayro-ayro tushdi yo'limiz, Orzularning cho'g'lari so'ndi. Ko'z yosh bo'lib oqdi ko'nglimiz, Sen birovning yorisan endi... Umrimga iz solding-u lekin, Jonimdan jon olding-u lekin, Tushlarimda qolding-u lekin, Sen birovning yorisan endi... Qo'lga olsam yig'lar surating, Peshonasi sho'r muhabbatim. Yashasa xam menda xasrating, Sen birovning yorisan endi... Bir kun kelib tog'lar uchrashar, Biz kezgan u bog'lar uchrashar, Nigohlarda ohlar uchrashar... Sochlarimning qorisan endi, Yuragimning zorisan endi, SEN BIROVNING YORISAN ENDI... Birovning yoriga aylangan muhabbatim bu xatni yoqib yubor. Birovning qo'liga tushib boshinga tashvish keltirmasin." Yig'lab yubordim, o'kirib yig'lay boshladim va barcha voqealar ko'z oldimdan o'ta boshladi. Men Nafisa bilan bir kollejda o'qiymiz. O'sha yerda tanishib, qalin dugona bo'lib qolganmiz. Bir kuni darsni birga tayyorlash uchun Nafisani uyimizga olib kelgandim. O'shanda uchinchi akam Azizakam Nafisani ko'rdilaru, uni yoqtirib qoldilar. Shu-shu Azizakam o'qishimizga serqatnov bo'lib qoldilar. Goh uni, goh buni bahona qilib, Nafisa bilan ikkalamizni aylantirishlarga, kinolarga tez tez olib boradigan bo'ldilar. Sezdimki Nafisa ham akamga befarq emas. Shunday qilib kunlar o'tardi. Aniq bilardimki, ular bir birini jondan ortiq sevib qolishgandi. Akam insititutga kira olmagach, armiyaga ketadigan bo'ldilar. Armiyaga ketganlaridan so'ng ular bir birlariga xatni men orqali yetkazishadigan bo'lishdi. Xamma xammasi yaxwi ketayotgan edi. Lekin birdan... Birdan Nafisaning onasining tobi qochdi. Shifokorlarning aytishicha saraton, 3oylik umri qolibdi. Shundan so'ng Nafisani uzatishga shoshib qolishdi. Axir nima bo'lganda xam Nafisa ularning yakkayu yolg'iz qizligi. Endigina 18yoshga kirayotgan qizga kuyov ham tezgina topila qoldi. Ularning uzoqroq qarindoshi. Biz-akam, Nafisa va men nima qilishimizi bilmay qoldik. Men bor gapni oyimga, oyim esa dadamga aytdilar. Ular shu kuni rosa o'ylashdi, tortishishdi. Ertasiga esa menga: -Anora qizim, endi kech. Axir Azizakang endigina 20 yosh bo'lsa, qanaqa qilib uylantiramiz. Undan tashqari akang armiyada. Oldinda 2ta akang va sen bo'lsang, bu yilda katta akangni uylantirayotgan bo'lsak. Bu gaplarga akalarim ham qo'shilishdi. Oxiri ancha tortishuvlardan so'ng sovchilikka borishga ko'ndirdik. Lekin afsuski ular qatiiy rad javobi bilan qaytishdi. Bugun esa... Bugun ayriliqqa guvoh bo'lmoqdaman. Xatni yoqishga qo'lim bormadi, uni yashirdimu, Nafisaning oldiga qaytdim. Neajabki Nafisa endi yig'lamayotgan edi, u meni quchoqladida, qulog'imga "Men dunyodagi eng baxtli kelin bo'laman" dedi va bu oxirgi iltimosim akanga berib qo'y deya xat berdi. Kuyovnavkarlar kelib, kelinni olib ketar chog'da, uzoqdan akamning Nafisaga armonli tikilayotganliklarini ko'rdim. Nafisa xam akamni ko'rdi. Nigohlar so'zsiz tillashdi. Men to'yga bormadim, bora olmadim. Xatni akamga berishdan oldin, qiziqish kuchliligidan o'zim o'qidim. "Azizaka men albatta baxtli bo'laman. Dunyodagi eng baxtli kelin bo'laman. Sizga esa dunyodagi eng sadoqatli qiz uchrashini, sizni mendanda yaxshi ko'rishini, men orzu qilgan, lekin berolmagan baxtni berishini tiliman. Naxot xotiralar qalbim bezadi, Sog'inchning nolasi yuragim ezadi. Sizdan ayirib taqdir kuladi, Men birovning yoriman endi... Yomg'ir yog'gan kecha to'yib yig'ladim, Dardim azobidan bag'rim tig'ladim. Xotiralar ko'shkida sizni esladim, Men birovning yoriman endi... Sof tuyg'umiz qaylarda qoldi, Sizni o'ylab ko'zlarim toldi. Armoning kulgusi bag'rim tildi, Men birovning yoriman endi... Suratimga tikilmang yetar, Baxtli ko'rmoq istayman sizni. Endi bermayman sira xam ozor, Men birovning yoriman endi... Biz kezgan bog'larda sog'inch uchrashar, Hijron atalmish tuyg'u bilan so'zlashar, Nigohlar to'qnashib unsiz bo'zlashar... Sochlaringiz qoriman endi, Yuragingiz zoriman endi, MEN BIROVNING YORIMAN ENDI... Birovning yori bo'lgan sizning bevafoingiz!!!" Bu ularning so'nggi maktublari edi...Yomg'ir esa xali xam yog'moqda, xali beri tinish niyati yo'qday...
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 949 | | Теги: Birovning Yori san endi | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz