SHERLAR.BIZ Payshanba, 25.04.2024, 09:32
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Noyabr » 30 » Birinchi Qor (Xotira) hikoya
12:18
Birinchi Qor (Xotira) hikoya
Habib odatiga koʻra
erta turdi.
Derazaning
tabaqalarini
ochganda palataga
gupillab qor hidi
urildi. Qor yogʻyapti! – Birinchi
qor! Oppoq…
U har kuni tongda yuguradi.
Chiniqish kerak.
Habib sport kiyimini kiyib,
tashqariga otildi. Hovliga
chiqaverishda mudrab oʻtirgan
qorovul chol unga hayron boʻlib
tikildi:
— Oʻgʻlim, bugun qor yogʻyapti-
ku.
— Ota, bir aylanib kelmasam
koʻnglim tinchimaydi.
Qorovul chol oʻzi shunaqa. Habib
har safar ertalab chiqayotganda
bir bahonani aytib turadi. Bir
«sovuq» desa, ikkinchi gal
«yomgʻir yogʻyapti», deydi.
Habib har safar shu taxlit javob
qaytarib, oʻtib ketaveradi. Chol
unga qarab qolaveradi: «gʻalati
yigit!»
Habib yugurishi kerak. Sogʻligiga
foydali. Ammo qor koʻp yogʻipti.
Sovqotib qolmasmikan? Hechqisi
yoʻq, bir aylansa, qiziydi.
Qor yogʻardi. Birinchi qor!
Habib sekingina yugurib ketdi.
Qor mayin-mayin. Sement yoʻlka
boʻylab emas, xuddi momiq
koʻrpa boʻylab
yugurayotganday. Qor betlariga,
sochlariga uriladi. Muloyim-
muloyim, goʻyo suygan qizi
erkalayotganday. Habibning zavqi
keldi. Qoʻllarini yozib, osmonga
qaradi. Ogʻzini kappa-kappa
ochib, qor donachalarini yuta
boshladi. Badanida rohatli
junjikish sezdi-da, yana yugurib
ketdi. Qanday yaxshi! Birinchi qor
boʻylab hali hech kim yurmapti. U
ortiga qaradi: qorda faqat uning
izlari yaxlit-yaxlit boʻlib qolgan.
Gulsara nima qilayotgan ekan?
oʻrnidan turdimikan? Birinchi
qorni koʻrdimikan?
…oʻshanda ham qor yoqqandi.
Studentchilik. Yigitlik qoni
koʻpirgan payt. Habib bir toʻda
oʻrtoqlari bilan koʻchada
dilozorlik qilib, toʻgʻri kelgan
qizga qor otib, iloji boʻlsa,
toʻxtatib, yuziga
ishqayotgandilar. Habib otgan
qor nogoh yoʻlka chetida
borayotgan qizning yelkasiga
tegdi. Qiz toʻxtab, qorni qoqdi,
oʻgirilib, oʻziga ishshayib turgan
allaqanday yigitni koʻrdi-da, hech
narsa boʻlmaganday, yoʻlida
davom etdi. Bu Habibga ta’sir
qildi. Qorni dumaloqlagancha
yugurib, qizga yetdi. Yelkasidan
tutib, yuziga ishqaladi. Voajab!
Qiz na qarshilik koʻrsatdi, na
himoyalanib egildi. Yuzidagi
qorni osoyyishta artib, Habibga
bamaylixotir qarab turardi. Bu
koʻzlar: «Boʻldimi, yo yana
boshqa hunarlaring ham
bormi?», deb soʻrardi.
Qarshilik koʻrsatsa boʻlmasmidi?
Dod-voy qilib qochsa
boʻlmasmidi? Bu qanday
bedodlik? Yigit va qiz. – Habib va
Gulsara! Bir-biriga tikili-ib
turishardi. Habib qizning
chinqirishini, xursand boʻlib
oʻzini himoya qilishini, hech
boʻlmaganda ikkita nordon gap
aytishini kutgandi. Agar shunday
qilsa, yerdan yana qor olib,
oʻxshatib, yuziga ishqamoqchi
edi. Buning gashti boshqacha-da.
Koʻchada ketayotgan qizlarning
koʻpchiligi shunaqa qilishadi.
Chinqirishadi. Uzoqroqqa
borgandan keyin xursand boʻlib,
musht oʻqtalishadi. Ammo bu
qiz…
Qizning yuziga yana qor chaplash
uchun koʻtarilgan qoʻl asta-sekin
yoniga osildi. Mushti yozilib,
kaftidagi qor yerga tushdi. Lol
boʻlib, qizning koʻzlariga tikildi.
Hayhot! Bu koʻzlarda nima bor?
Yigitning yuragiga bir nima
qattiq urilganday, vujudi qizib
ketdi. Qoʻllari qaltiray boshladi.
Nimalardir demoqchi edi, ovozi
chiqmadi. Tomoqlarigacha
qaltirardi. Iljaymoqchi boʻldi,
ammo uddalay olmadi. Yuzi xuddi
yigʻlamoqchi boʻlayotgan kishi
holatini aks ettirdi. Qiz esa
hamon osoyishta tikilardi. Yigit
koʻzlarini olib qochdi. Iy-e! Habib
bunchalar boʻshang emasdi-ku.
Unga nima boʻldi?
Yigitdan sado chiqmagandan
keyin qiz asta yonidan oʻtib,
yoʻlida davom etdi. Habib ortidan
qarab qoldi. U hozir biron bir
joʻyali tadbir oʻylab topishga
noqodir edi…
Habib kasalxona atrofini bir
marta aylanib chiqdi. Odati
boʻyicha yana ikki marta
aylanishi kerak. Sochlari oppoq
boʻlib qolibdi.
… oʻshanda Habib birdan
sustlashib, oʻychan keta
boshladi. Yugurib yurgan
doʻstlaridan biri unga qor otdi.
Qor qulogʻining tagiga tegib,
badanini achishtirdi, ammo
Habib qorni hech qanday his-
hayajonsiz qoqib tashladi.
Nazarida, yuragi birdan boʻshab
qolganday. Ilgari ham shunday,
yuoʻsh boʻlganu, buni oʻzi
payqamaganday. Boʻsh joyni
toʻldirish juda zarur edi, shekilli.
Gʻayritabiiy qiz! Koʻzlari sokin
qiz! Yurishlari bamaylixotir qiz!
Kim ekan u? Yana
uchratarmikan? Yoʻq.
Uchratmadi. Tasodif bilan bir
duch keldiyu, Habibning oromi
buzildi. Unga nimadir
yetishmaydi.
Oradan bir yil oʻtdi. Nimagadir
Habib nuqul oʻsha voqeani,
oʻsha qizni qayta-qayta
eslayverdi.
Yoppasiga rentgen koʻrigidan
oʻtishayotganda Habibning
oʻpkasida dogʻ borligi aniqlandi.
Ana xolos! Soppa-sogʻ odamga
beting-koʻzing demay, «oʻpka
kasalsan», desa alam qilarkan.
Habibning hech yeri ogʻrimasdi
axir! Bari bir vrachlar
qoʻyishmadi: kasallik endi
boshlanayotgan emish. Oldi
olinsa yaxshi boʻlarmish.
Kasalxonaga tushgandan soʻng
ikkinchi kuni unga dori yozishdi.
Ruhsiz bir holatda kechki ovqat
oldidan dori olish uchun
hamshiraning xonasiga kirdi. Oʻz
xayollari bilan boʻlib, uzatilgan
dorini olgancha, iziga
burilgandi…
— Shu yerda iching!
Habib hamshiraning ovozini
eshitdi-da, boshini koʻtardi.
Koʻtardiyu, vujudiga nimadir
yugurib, qizib ketdi. Qoʻllari
bemajol ikki yoniga osildi. Mushti
yozilib, kaftidagi dorilar polga
tushdi. Hamshira unga sinovchan
tikilib turardi. Yigit va qiz! – Habib
va Gulsara! oʻsha! Yuziga qor
ishqalagan qiz! Hamshira ekan-a!
Qanday yaxshi! – Habib titrardi.
Butun borligʻi titrardi.
— Sizga nima boʻldi? – yeb
soʻradi qiz. U hayron.
Yigit oʻziga kelib, egilgancha,
dorilarni tera boshladi.
— Tashlang endi. – Qizning
mehribon va daldali ovozi
eshitildi. – Boshqasini beraman.
Habib qaddini rostladi. Hamshira
unga yangi dori tutdi. Olayotib,
kafti kaftiga tegib ketdi. Birdan…
birdan Habibning yuragidagi
boʻsh joy toʻlganday boʻldi.
Hayajoni kuchaydi. Ammo qiz
beparvo. Bir-ikki marta ajablanib
qarab qoʻyganday boʻldi:
«gʻalati yigitga oʻxshaydi.
Buncha qizarib-boʻzarmasa…»
Habib hayron. Qiz uni tanimadi.
e’tibor bermadi. Ismi Gulsara
ekan. Barlos qishlogʻida
yasharkan. Kechki navbatchilikka
har uch kunda bir kelarkan.
Habib endi har safar intizorlik
bilan Gulsaraning navbatini
kutadi. Qiz tanimagandan keyin u
ham hech narsa deya olmadi.
Aloqalari rasmiyligicha qolaverdi.
Qachon u kelsa, Habib dori
ichishga intiq. Bir necha daqiqa
Gulsaraga tikilsa, kifoyaday
tuyuladiyu, ammo dorini ichib
chiqib, oʻzidan qoniqmay, yana
Gulsarani koʻrgisi kelaveradi.
Qaytib kirishga istihola qiladi-da,
koridorda devorga suyanib
turaveradi. Turaveradi,
turaveradi… To hamshira bir
koʻrinmaguncha hech yoqqa
ketmaydi. Agar chiqsa, goʻyo
oʻzini unga e’tibor
bermayotganday koʻrsatishga
urinadiyu, bari bir…
Habib kasalxonani ikkinchi marta
aylanib chiqdi. Harakati
yengillashib, yanada tezroq
yugurdi. Sochlari oppoq qor. Kim
aytadi uni sil kasal deb? Sil kasal
shunday yugura oladimi? Hali
vrachlarga sogʻligini isbotlaydi.
Shoshmay turishsin. Habib endi
ancha tez yugursa-da, hamon
burnidan nafas olishga harakat
qilardi. Oxirgi ikki yuz qadam
qolganda ogʻzini ochdi. Nafas
olish juda osonlashib,
ogʻriyotganday boʻlayotgan
oyoqlari yengil koʻcha boshladi.
Oxirgi yuz qadamni, xuddi
ikkinchi nafas yoʻli ochilganday,
juda tez yugurib oʻtdi.
Yugurishdan keyingi maxsus
mashqlarni bajarib boʻlganida
Habibning yuzida ter tomchilari
paydo boʻlgandi. Yoʻlakda bir-
ikkita odam boryapti. Telpak,
palto kiyib olishgan. U esa sport
pidjagini ham yechib tashladi. –
Juda issiq! Badanini ushlab
koʻrdi – suv boʻlib ketibdi.
Yuziga, boʻyniga, bilaklariga,
koʻkragiga qor ishqaladi. Qani
endi, hozir Gulsara ham yoniga
yugurib kelsayu, ikkovi
qorboʻron oʻynashsa. U qarshilik
koʻrsatsa. Kulsa. Qochsa.
«Akajon, boshqa kerakmas,
boʻldi, qoʻying!», deb yalinsa.
Mushtoq va mehribon koʻzlarini
tiksa. Habib ham qoʻlidagi qorni
yerga tashlab, qizga tikilsa.
Sinovchan koʻzlariga toʻyib-
toʻyib boqsa. Dori tutgan
qoʻllarini uzoq-uzoq ushlasa.
Uning harorati bunga oʻtsa.
Buning harorati unga oʻtsa. Bab-
barobar hayajondan qaltirashsa.
Bab-barobar bir-biriga
intilishsa… Faqat ikkovi boʻlsa.
Yigit va qiz! – Habib va Gulsara!
Sevgiga tashna yuraklar! Ular
visolni kutadilar! Shirin damlarni
kutadilar! U damlar kelarmikan? ..
Gulsara kecha kechqurun
navbatchilikka kelgan edi…
Habib oʻzini qorga tashladi. Keng
peshanasini qorga bosib, bir
dam oʻylariga orom berdi va!..
Topdi! – Habib quvonib ketdi. –
Birinchi qorni sovgʻa qiladi.
Sevgilisiga! – Gulsaraga! oʻsha
damlarni eslatadi…
Qoʻlida bir hovuch qor bilan
hamshira xonasi yonida Habib
paydo boʻldi. Yuzi hovriqqan,
namlangan, sochidagi qorlar erib,
yuziga sizyapti. Yuragi gursillab
urayotgani koʻp yugurganidan
deyish mumkin. Aslida visol
damlarini kutib, iztirobga
tushayotganidan.
Ana! Eshik ortida u istagan qiz
bor. - Gulsara! Men keldim!
Habib eshikni taqillatdi.
Ichkaridan javob eshitildiyu,
ostonada hamshira paydo boʻldi.
– Gulsaraning dugonasi, ular
birga navbatchilik qilishadi.
Hamshira yigitning besaranjom
harakatlaridan kulgisi qistab, bir
yuziga, bir qoʻlidagi qorga tikildi.
— Iltimos, Gulsarani chaqirib
yuboring.
— Gulsara ketgan.
— Kechqurun shu yerda edi-ku!
— Kechqurun shu yerda edi.
Tong azonda ketdi, - dedi
hamshira zarda qilib. – Yana
savollar bormi?
Habib qoʻlidagi qorni
ezgʻilagancha, iziga qaytdi. Uzun
koridor boʻylab, qordan sirqigan
suv tomchilari yoʻl boʻylab
borardi. Xuddi kimningdir alamli
koʻz yoshlaridek.
Gulsara uch keyingi
navbatchiligiga kelmadi. Bir
haftadan keyin ham, bir oydan
keyin ham…
Gulsara qandaydir bir shofyor
yigitga erga tegib ketgan emish
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 990 | | Теги: Birinchi Qor (Xotira)Birinchi Qor ( | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz