SHERLAR.BIZ Juma, 29.03.2024, 03:57
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Dekabr » 11 » Birinchi qor [HIKOYA]
00:52
Birinchi qor [HIKOYA]
Habib odatiga koʻra erta turdi. Derazaning tabaqalarini ochganda palataga gupillab qor hidi urildi. Qor yogʻyapti! – Birinchi qor! Oppoq…
U har kuni tongda yuguradi. Chiniqish kerak.
Habib sport kiyimini kiyib, tashqariga otildi. Hovliga chiqaverishda mudrab oʻtirgan qorovul chol unga hayron boʻlib tikildi:
— Oʻgʻlim, bugun qor yogʻyapti-ku.
— Ota, bir aylanib kelmasam koʻnglim tinchimaydi.
Qorovul chol oʻzi shunaqa. Habib har safar ertalab chiqayotganda bir bahonani aytib turadi. Bir «sovuq» desa, ikkinchi gal «yomgʻir yogʻyapti», deydi. Habib har safar shu taxlit javob qaytarib, oʻtib ketaveradi. Chol unga qarab qolaveradi: «gʻalati yigit!»
Habib yugurishi kerak. Sogʻligiga foydali. Ammo qor koʻp yogʻipti. Sovqotib qolmasmikan? Hechqisi yoʻq, bir aylansa, qiziydi.
Qor yogʻardi. Birinchi qor!
Habib sekingina yugurib ketdi. Qor mayin-mayin. Sement yoʻlka boʻylab emas, xuddi momiq koʻrpa boʻylab yugurayotganday. Qor betlariga, sochlariga uriladi. Muloyim-muloyim, goʻyo suygan qizi erkalayotganday. Habibning zavqi keldi. Qoʻllarini yozib, osmonga qaradi. Ogʻzini kappa-kappa ochib, qor donachalarini yuta boshladi. Badanida rohatli junjikish sezdi-da, yana yugurib ketdi. Qanday yaxshi! Birinchi qor boʻylab hali hech kim yurmapti. U ortiga qaradi: qorda faqat uning izlari yaxlit-yaxlit boʻlib qolgan.
Gulsara nima qilayotgan ekan? oʻrnidan turdimikan? Birinchi qorni koʻrdimikan?
…oʻshanda ham qor yoqqandi. Studentchilik. Yigitlik qoni koʻpirgan payt. Habib bir toʻda oʻrtoqlari bilan koʻchada dilozorlik qilib, toʻgʻri kelgan qizga qor otib, iloji boʻlsa, toʻxtatib, yuziga ishqayotgandilar. Habib otgan qor nogoh yoʻlka chetida borayotgan qizning yelkasiga tegdi. Qiz toʻxtab, qorni qoqdi, oʻgirilib, oʻziga ishshayib turgan allaqanday yigitni koʻrdi-da, hech narsa boʻlmaganday, yoʻlida davom etdi. Bu Habibga ta’sir qildi. Qorni dumaloqlagancha yugurib, qizga yetdi. Yelkasidan tutib, yuziga ishqaladi. Voajab! Qiz na qarshilik koʻrsatdi, na himoyalanib egildi. Yuzidagi qorni osoyyishta artib, Habibga bamaylixotir qarab turardi. Bu koʻzlar: «Boʻldimi, yo yana boshqa hunarlaring ham bormi?», deb soʻrardi.
Qarshilik koʻrsatsa boʻlmasmidi? Dod-voy qilib qochsa boʻlmasmidi? Bu qanday bedodlik? Yigit va qiz. – Habib va Gulsara! Bir-biriga tikili-ib turishardi. Habib qizning chinqirishini, xursand boʻlib oʻzini himoya qilishini, hech boʻlmaganda ikkita nordon gap aytishini kutgandi. Agar shunday qilsa, yerdan yana qor olib, oʻxshatib, yuziga ishqamoqchi edi. Buning gashti boshqacha-da. Koʻchada ketayotgan qizlarning koʻpchiligi shunaqa qilishadi. Chinqirishadi. Uzoqroqqa borgandan keyin xursand boʻlib, musht oʻqtalishadi. Ammo bu qiz…
Qizning yuziga yana qor chaplash uchun koʻtarilgan qoʻl asta-sekin yoniga osildi. Mushti yozilib, kaftidagi qor yerga tushdi. Lol boʻlib, qizning koʻzlariga tikildi. Hayhot! Bu koʻzlarda nima bor? Yigitning yuragiga bir nima qattiq urilganday, vujudi qizib ketdi. Qoʻllari qaltiray boshladi. Nimalardir demoqchi edi, ovozi chiqmadi. Tomoqlarigacha qaltirardi. Iljaymoqchi boʻldi, ammo uddalay olmadi. Yuzi xuddi yigʻlamoqchi boʻlayotgan kishi holatini aks ettirdi. Qiz esa hamon osoyishta tikilardi. Yigit koʻzlarini olib qochdi. Iy-e! Habib bunchalar boʻshang emasdi-ku. Unga nima boʻldi?
Yigitdan sado chiqmagandan keyin qiz asta yonidan oʻtib, yoʻlida davom etdi. Habib ortidan qarab qoldi. U hozir biron bir joʻyali tadbir oʻylab topishga noqodir edi…
Habib kasalxona atrofini bir marta aylanib chiqdi. Odati boʻyicha yana ikki marta aylanishi kerak. Sochlari oppoq boʻlib qolibdi.
… oʻshanda Habib birdan sustlashib, oʻychan keta boshladi. Yugurib yurgan doʻstlaridan biri unga qor otdi. Qor qulogʻining tagiga tegib, badanini achishtirdi, ammo Habib qorni hech qanday his-hayajonsiz qoqib tashladi. Nazarida, yuragi birdan boʻshab qolganday. Ilgari ham shunday, yuoʻsh boʻlganu, buni oʻzi payqamaganday. Boʻsh joyni toʻldirish juda zarur edi, shekilli.
Gʻayritabiiy qiz! Koʻzlari sokin qiz! Yurishlari bamaylixotir qiz! Kim ekan u? Yana uchratarmikan? Yoʻq. Uchratmadi. Tasodif bilan bir duch keldiyu, Habibning oromi buzildi. Unga nimadir yetishmaydi.
Oradan bir yil oʻtdi. Nimagadir Habib nuqul oʻsha voqeani, oʻsha qizni qayta-qayta eslayverdi.
Yoppasiga rentgen koʻrigidan oʻtishayotganda Habibning oʻpkasida dogʻ borligi aniqlandi. Ana xolos! Soppa-sogʻ odamga beting-koʻzing demay, «oʻpka kasalsan», desa alam qilarkan. Habibning hech yeri ogʻrimasdi axir! Bari bir vrachlar qoʻyishmadi: kasallik endi boshlanayotgan emish. Oldi olinsa yaxshi boʻlarmish. Kasalxonaga tushgandan soʻng ikkinchi kuni unga dori yozishdi. Ruhsiz bir holatda kechki ovqat oldidan dori olish uchun hamshiraning xonasiga kirdi. Oʻz xayollari bilan boʻlib, uzatilgan dorini olgancha, iziga burilgandi…
— Shu yerda iching!
Habib hamshiraning ovozini eshitdi-da, boshini koʻtardi. Koʻtardiyu, vujudiga nimadir yugurib, qizib ketdi. Qoʻllari bemajol ikki yoniga osildi. Mushti yozilib, kaftidagi dorilar polga tushdi. Hamshira unga sinovchan tikilib turardi. Yigit va qiz! – Habib va Gulsara! oʻsha! Yuziga qor ishqalagan qiz! Hamshira ekan-a! Qanday yaxshi! – Habib titrardi. Butun borligʻi titrardi.
— Sizga nima boʻldi? – yeb soʻradi qiz. U hayron.
Yigit oʻziga kelib, egilgancha, dorilarni tera boshladi.
— Tashlang endi. – Qizning mehribon va daldali ovozi eshitildi. – Boshqasini beraman.
Habib qaddini rostladi. Hamshira unga yangi dori tutdi. Olayotib, kafti kaftiga tegib ketdi. Birdan… birdan Habibning yuragidagi boʻsh joy toʻlganday boʻldi. Hayajoni kuchaydi. Ammo qiz beparvo. Bir-ikki marta ajablanib qarab qoʻyganday boʻldi: «gʻalati yigitga oʻxshaydi. Buncha qizarib-boʻzarmasa…»
Habib hayron. Qiz uni tanimadi. e’tibor bermadi. Ismi Gulsara ekan. Barlos qishlogʻida yasharkan. Kechki navbatchilikka har uch kunda bir kelarkan.
Habib endi har safar intizorlik bilan Gulsaraning navbatini kutadi. Qiz tanimagandan keyin u ham hech narsa deya olmadi. Aloqalari rasmiyligicha qolaverdi. Qachon u kelsa, Habib dori ichishga intiq. Bir necha daqiqa Gulsaraga tikilsa, kifoyaday tuyuladiyu, ammo dorini ichib chiqib, oʻzidan qoniqmay, yana Gulsarani koʻrgisi kelaveradi. Qaytib kirishga istihola qiladi-da, koridorda devorga suyanib turaveradi. Turaveradi, turaveradi… To hamshira bir koʻrinmaguncha hech yoqqa ketmaydi. Agar chiqsa, goʻyo oʻzini unga e’tibor bermayotganday koʻrsatishga urinadiyu, bari bir…
Habib kasalxonani ikkinchi marta aylanib chiqdi. Harakati yengillashib, yanada tezroq yugurdi. Sochlari oppoq qor. Kim aytadi uni sil kasal deb? Sil kasal shunday yugura oladimi? Hali vrachlarga sogʻligini isbotlaydi. Shoshmay turishsin. Habib endi ancha tez yugursa-da, hamon burnidan nafas olishga harakat qilardi. Oxirgi ikki yuz qadam qolganda ogʻzini ochdi. Nafas olish juda osonlashib, ogʻriyotganday boʻlayotgan oyoqlari yengil koʻcha boshladi. Oxirgi yuz qadamni, xuddi ikkinchi nafas yoʻli ochilganday, juda tez yugurib oʻtdi.
Yugurishdan keyingi maxsus mashqlarni bajarib boʻlganida Habibning yuzida ter tomchilari paydo boʻlgandi. Yoʻlakda bir-ikkita odam boryapti. Telpak, palto kiyib olishgan. U esa sport pidjagini ham yechib tashladi. – Juda issiq! Badanini ushlab koʻrdi – suv boʻlib ketibdi. Yuziga, boʻyniga, bilaklariga, koʻkragiga qor ishqaladi. Qani endi, hozir Gulsara ham yoniga yugurib kelsayu, ikkovi qorboʻron oʻynashsa. U qarshilik koʻrsatsa. Kulsa. Qochsa. «Akajon, boshqa kerakmas, boʻldi, qoʻying!», deb yalinsa. Mushtoq va mehribon koʻzlarini tiksa. Habib ham qoʻlidagi qorni yerga tashlab, qizga tikilsa. Sinovchan koʻzlariga toʻyib-toʻyib boqsa. Dori tutgan qoʻllarini uzoq-uzoq ushlasa. Uning harorati bunga oʻtsa. Buning harorati unga oʻtsa. Bab-barobar hayajondan qaltirashsa. Bab-barobar bir-biriga intilishsa… Faqat ikkovi boʻlsa. Yigit va qiz! – Habib va Gulsara! Sevgiga tashna yuraklar! Ular visolni kutadilar! Shirin damlarni kutadilar! U damlar kelarmikan? ..
Gulsara kecha kechqurun navbatchilikka kelgan edi…
Habib oʻzini qorga tashladi. Keng peshanasini qorga bosib, bir dam oʻylariga orom berdi va!.. Topdi! – Habib quvonib ketdi. – Birinchi qorni sovgʻa qiladi. Sevgilisiga! – Gulsaraga! oʻsha damlarni eslatadi…
Qoʻlida bir hovuch qor bilan hamshira xonasi yonida Habib paydo boʻldi. Yuzi hovriqqan, namlangan, sochidagi qorlar erib, yuziga sizyapti. Yuragi gursillab urayotgani koʻp yugurganidan deyish mumkin. Aslida visol damlarini kutib, iztirobga tushayotganidan.
Ana! Eshik ortida u istagan qiz bor. - Gulsara! Men keldim!
Habib eshikni taqillatdi. Ichkaridan javob eshitildiyu, ostonada hamshira paydo boʻldi. – Gulsaraning dugonasi, ular birga navbatchilik qilishadi. Hamshira yigitning besaranjom harakatlaridan kulgisi qistab, bir yuziga, bir qoʻlidagi qorga tikildi.
— Iltimos, Gulsarani chaqirib yuboring.
— Gulsara ketgan.
— Kechqurun shu yerda edi-ku!
— Kechqurun shu yerda edi. Tong azonda ketdi, - dedi hamshira zarda qilib. – Yana savollar bormi?
Habib qoʻlidagi qorni ezgʻilagancha, iziga qaytdi. Uzun koridor boʻylab, qordan sirqigan suv tomchilari yoʻl boʻylab borardi. Xuddi kimningdir alamli koʻz yoshlaridek.
Gulsara uch keyingi navbatchiligiga kelmadi. Bir haftadan keyin ham, bir oydan keyin ham…
Gulsara qandaydir bir shofyor yigitga erga tegib ketgan emish…

Muallif: Abulqosim Mamarasulov
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 1033 | | Теги: Birinchi qor HIKOYA | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz