Статистика |
Hozirda saytda: 3 Mexmonlar: 3 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Iyun » 25 » Baxt
|
Bulut bo'lib osmonga uchsam, Yomg'ir bo'lib tushsam sochingga. Oftob bo'lib so'ng seni quchsam, Singib ketsam men quchog'ingga.
Gulzor ichra men nasim bo'lib Atirgulning yonog'in o'psam. Iforlarga limmo-lim to'lib Sog'inch bilan so'ng senga tutsam.
Oy nuriga o'ralib tunda Yotog'ingda ulashsam ziyo. Unut bo'lib g'amlaring shunda, Orzularing bo'larmi ro'yo?
Shunda mendek chin qalbdan suyib, Hayotimga sen qaytasanmu? Va ko'ksimga boshingni qo'yib: "MEN BAXTLIMAN!" deb aytasanmu?!
|
Просмотров: 612 |
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|