Главная » 2013»Iyun»1 » AQSh prezidenti nomiga zaharli maktub keldi
06:52
AQSh prezidenti nomiga zaharli maktub keldi
AQSh prezidenti Barak Obama manziliga ichida shubhali kukun bo‘lgan xat keldi. Konvertni maxfiy xizmat to‘xtatib qoldi. Hozir u tekshiruv ishlaridan o‘tkazilmoqda. Nomadagi kukun o‘ta darajada xavfli bo‘lgan o‘simlik zahri — ritsin bo‘lishi mumkin. Yaqinda shunga o‘xshash xat Nyu-York meri Maykl Blumberg ofisiga ham kelgan edi.
Obama va Blumberg ikkalasi ham qurolga ega bo‘lish qoidalarini kuchaytirish tarafdorlaridir. Mer nomiga kelgan konvertda do‘q-po‘pisalardan iborat xat bo‘lib, unda qurolga ega bo‘lish huquqi Konstitutsiyada yozib qo‘yilganligi eslatilgan edi. Politsiya ushbu yo‘llanmalarni yuborishda gumon qilinayotgan shaxsni qo‘lga olgan.
U haqda politsiyaga o‘z rafiqasi xabar bergan. Ayol erining kompyuteridan ritsinni tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar va davlat boshlig‘i hamda Nyu-York meri haqida ma’lumotlarni, muzlatkichdan esa shubhali moddalarni topib olgan.