Главная » 2013»Dekabr»24 » AQSH iPhone’ni yangilash uchun 5,4 milliard dollar sarfladi
23:28
AQSH iPhone’ni yangilash uchun 5,4 milliard dollar sarfladi
AQSh aholisi joriy yilda o‘z iPhone’larini yangilash uchun 5,4 milliard dollar sarfladi, deya xabar bermoqda MarketWatch.
Umuman, o‘zlariga tegishli smartfonlarni yangilash uchun amerikaliklar yiliga 11 milliard dollar ishlatadi. Har yili AQSh aholisining 23 foizi o‘zlariga yangi mobil telefon sotib oladi.
MarketWatch ta’kidlashicha, gadjetlarni tez-tez yangilashga asosan uyali aloqa operatorlari olib boradigan marketing siyosati turtki bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi mijozlarga telefonning eski modelini yangisiga almashtirish imkonini beruvchi imtiyozli kredit dasturini taklif qiladi.
ComScore ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh smartfonlar bozorida Apple’ning ulushi 41 foizni tashkil etadi. 2017-yilgacha iPhone ishlab chiqaruvchilarning Amerika smartfonlar bozoridagi hissasi 68 foizga yetishi kutilmoqda.
Ta’kidlash joiz, Apple iPhone smartfonlarini sotishni 2007-yilda boshlagan. So‘nggi iPhone 5s va iPhone 5c shu yilning sentabr oyida taqdim etilgan.