SHERLAR.BIZ Juma, 29.03.2024, 13:07
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 3
Mexmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2012 » Dekabr » 29 » Amerika olimlari Nasa agentligi sharmanda
02:19
Amerika olimlari Nasa agentligi sharmanda
Amerika olimlari hamda
Nasa - agentligi yana
sharmanda ! Amerika olimlari hamda Nasa - agentligi yana sharmanda ! Bundan uch yil burun, ya'ni 2009-yili, Amerikaning bir qator olimlari, 2012-yilning 21- dekabrida yerda tektonik harakatlar yuzaga kelishini, bunga yaqqol sabab qilib, koinotda yangi aniqlangan, nomi qurg'ur "Niburi" planetasi sayyoramizga to'qnash kelishini va qadimgi "Maya" qabilasi bashoratini ko'rsatib, mamlakatda vaholang-ki butun dunyoda vahima uyg'otishgandi. Bu ham yetmagandek, Nasa - koinot resurslari agentligi bunga bir necha misollar keltirib o'tgandi. Ya'nikim, 21-dekabrda niburi yerga to'qnashib, sayyorimizda hayot tugaydi, qiyomat bo'lishi edi. Vahima ustiga qo'shimcha qilib, "2012" deya, vahimali kino ham suratga olishdi. (Qoyil qolasan kishi) Ba'zi mamlakat xalqlari ishonishdi bunga tag'in. O'sha paytlarda, "2012 - yil, qiyomat qoyin deya vahima uyg'otayotgan odamlar" deb tezda maqola chiqargandim. Ushbu maqolamga bildirilgan fikrlarni kuzatar ekanman, yurtdoshlarim dunyo qarashidan ko'nglim to'ldi. Juda aniq va haqqoniy fikrlarni bildirishgan. Boshqa mamlakat xalqlari ishongan bo'lsa ham, ular 100% Allohga ishonishgan.
Yurtdoshlarimga tasanno ! Shunday qilib, oradan hash-pash deguncha uch yil o'tib ketibdi. 2012-yilni ham, tinchlik-omonlikda yorug' yuz bilan kutib oldik. (Allohga shukur) Tunov kuni internet tarmog'idagi yangiliklarni kuzata turib, Nasa agentligining yangi
ma'ruzasiga ko'zim tushdi. O'qibman deng, kulgudan o'zimni zo'rg'a tiydim. 21-dekabrga oz
qolganidan sarosimaga tushib, endi bahonaviy gaplarni aytishibdi. Hozir uch yil oldingi ma'ruza bilan, tunov kungi ma'ruzani yozaman. Taqqoslab ko'rib, statistik gaplarga bir e'tibor bering-a: (2009-yil Nasa agentligi) - Koinotda yangi, "Niburi" planetasi aniqlandi. U, yer o'qi tomon harakatlanib kelmoqda. Fazoviy jismlarni ko'rsatkichi
bo'yicha, Niburi 2012- yilning 21-dekabrida yerga ko'rinadi va yer bilan to'qnash keladi. Ya'ni, yer sayyorasida hayot tugaydi. Quyoshda kuchli portlashlar ro'y berib, yerga astroid olovli yomg'irlar yog'a boshlaydi... - E bo'ldi-ey, tillaring kesilgur ! Hech nimadan qo'rqmay, 100%
ishonch bilan gapirganini qarang bu olimlarni. Keyingi gaplarini yozmay qo'yaqolay. Asabbuzarlikdan boshqa hechnarsa emas. Tovba. Endi, tunov kuni berishgan ma'ruzalariga
e'tiboringizni qaratsam: (2012-yil Nasa kaltafahmligi e yo'g'ey, agentligi) - Bizning koinot, 4 milliard yildan ortiq vaqt juda yaxshi holatda bo'lgan va yaqin orada oxirat zamon kelishi
haqidagi gaplar asosga ega emas... - Fu, endi topgan bahonasini qarang ?! Bu olimlarda o'zi "bet" bormi ? Ha yer yutgurlar, undan ko'ra, "Biz yanglishgan ekanmiz, ming bor uzr, yana sharmanda bo'ldik, baribir kaltafahmligimizga boribmiz" demaysan-mi ! Aldagani bola yaxshi-yu, lekin dunyo bolajon emas- da ! Shuning uchun ham dono xalqimiz be'jizga aytmaydi "Yetti o'lchab, bir kes" ! Qaniydi shu naqlni olimlarni peshonasiga qizdirilgan tig' bilan o'yib yoza
olganimizda... Biroz bo'lsada haqli qarorlar chiqaradigan bo'lisharmidi... Bundan oldin ham olimlik nazariyasi bilan ko'plab folbinlik qilishgan. "Garold kemp" degan bitta qarib quyilmagan olim chol, yodingizda bo'lsa 2012-yilni kutib ham o'tirmagandi. U 2011- yilning may oyida qiyomat bo'lishini bashorat qildi. Natijachi ? Hechnima bo'lgani yo'q ! Kaltafahm hisobda adashganini aytib, "iyul oyida qiyomat bo'ladi" dedi. Natija esa, yana sharmandalik ! (Battar bo'l) Shunda ham aqli kirmadi chog'i bir nimalarni bahona qilib, endigisi 2011-yilning 22- sentyabrida jismonan yerda talato'p bo'lishini bashorat qildi. Bezbet nafasini yel uchirdi go'yo, Allohga shukur, 22- sentyabrni ham yorug' yuz bilan xayrli qarshiladik. Natija, yana sharmandalik- sharmandalik !!! Kaltafahm Kemp, bundan oldin ham 1994-yilda "qiyomat bo'ladi" deb bashorat qilgan ekan, miyasiga qurt tushgur. O'z navbatida vaqt hamma narsani ko'rsatib berdi. Nima bo'lgani barchamizga ayon. Amerikalik kaltafahmlarni, eee yana kaltafahm dedim-mi ? "Olim" deyishimga arzimasligini qo'lim ham sezdi chog'i, "kaltafahm" deb yozib yuboryapti. Aypki buyurmaysizlar. Amerikalik kaltafahmlarni bashorati emas, Yaratganning aytgani bo'ladi ! Amalda bu bir necha bor isbotini topgan. Tushunishni istashmaydimi deyman, sharmandalar. Yana qachongacha davom etarkin bu hol-a ? Shuncha sharmanda bo'lganliklari kam-mi ?! Eh-he, anashunaqa gaplar. Xullas hali biz yashab turgan diyor, uzoq yillar, inshoolloh asrlar ham yashaydi. Faqat biz Allohga ishonsak bo'lgani. Mayli, anavi kaltafahmlar "kelasi yil aniq bo'ladi" deb, yana sharmanda bo'laversin. Bizni esa, hali oldinda qiyomat emas, nurli kelajak va yangi 2013-yil kutmoqda. Xudo xohlasa yoshlarimizni baxt to'ylari bo'lib, shirindan-shakar jajji
o'g'il-qizchalarni ota- onalari bo'lishadi. Avvalo
dunyomiz, yurtimiz tinch bo'lsin. 21-dekabrni ham yorug' yuz bilan, xayrli
o'tkazamiz inshoolloh ! So'zim yakunida, Amerikalik kaltafahmlarga va aqlini yig'ib olishga ulgursa bo'ladigan Nasa agentligiga, yana bashorat qilishmoqchi bo'lsa, keyingi sharmandaliklari yo'lida omad tilab qolaman. Yaqinlashib kelayotgan yangi 2013-yil, barchamiz uchun fayzli va qutlug' kelsin ! Yangi yil, yangi orzu-maqsadlar sari olg'a yurtdoshlar ! E'tiboringizdan mamnunman.
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 1185 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 2
Sayt_Malikasi29.12.2012 05:33
Uz_BooM29.12.2012 09:24
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz