Qozog'istonning "Sports.kz" internet-portali tomonidan xabar berilishicha, Vadim Abramov ortidan ikki o'zbekistonlik futbolchi “Astana” klubi safiga borib qo'shiladi.
“Ulardan biri mahalliy futbol jamoatchiligiga yaqindan tanish bo'lgan, hozirda “Aktobe”ning sobiq a'zosiga aylangan hujumchi Aleksandr Geynrixdir. Ikkinchisi — O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi, Toshkentning “Lokomotiv” klubi a'zosi Islom To'xtaxo'jaev (1989 yil, 180 sm) deb aytilmoqda”, - deyiladi mazkur xabarda.
Eslatib o'tamiz, noyabr oyi ikkinchi yarmida Vadim Abramov Qozog'iston poytaxtidagi bosh jamoaning bosh murabbiyi bo'lgandi va klub rasmiy saytiga bergan intervyusida “o'zi bilmagan ro'yxatdagi nomlardan ko'ra, yaqindan bilgan legionerlarga ishonch bildirishini” aytib o'tgan.