SHERLAR.BIZ Sheshanba, 23.04.2024, 11:30
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Iyun » 29 » Abituriyent-2013: o‘qishga kirish uchun qanday hujjatlar zarur?
01:23
Abituriyent-2013: o‘qishga kirish uchun qanday hujjatlar zarur?
20-iyundan O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalarida abituriyentlardan hujjat qabul qilish jarayoni boshlandi. Hozirda barcha talaba bo‘lish istagidagi yoshlar ushbu hujjatlarni tayyorlash bilan band.

OTM qabul komissiyalarida ish qizg‘in

Xo‘sh, yurtimiz OTMlariga qanday hujjatlarni topshirish talab qilinadi? Hujjatlarni topshirish tartib-qoidalari qanaqa? Biometrik pasport talab qilinayotgani rostmi? Sirtqi bo‘limlarga qanday hujjatlarni tayyorlash kerak? Bu savollar ayni paytda ko‘pchilik abituriyentlarni qiynayotgan bo‘lsa ajab emas.

TATU qabul komissiyasi mas’ul kotibi Hamdamov O‘tkir Rahmatullayevich

Biz bugungi kunda dolzarb bo‘lgan shu kabi savollarga javob olish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qabul komissiyasining mas’ul kotibi Hamdamov O‘tkir Rahmatullayevichga murojaat qildik.
Hujjat qabul qilish muddati

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 20-iyundan 20-iyulgacha (shu kuni ham), O‘zbekiston davlat konservatoriyasi uchun 20-iyundan 15-iyulgacha qabul qilinadi.
Zarur hujjatlar

TATU qabul komissiyasi

Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
fuqarolik pasporti nusxasi;
3,5×4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona fotosurat;
papka (скоросшиватель) 2 dona, konvert 2 dona.

Bundan tashqari, abituriyent qabul komissiyasiga pasportning asl nusxasi va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar tegishli tavsiyanomani ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 20-iyulgacha taqdim etishlari shart. Aks holda, undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.
Biometrik pasport majburiymi?

OTMlariga hujjat qabul qilishda abituriyentlardan biometrik pasport talab qilish to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berilmagan. Oddiy pasportlar hali amalda bo‘lganligi sababli, hech kimdan biometrik pasport so‘ralmaydi. Ammo, bunday pasportga ega bo‘lganlar ham rad etilmaydi. Har ikkala turdagi pasportlar birdek qabul qilnadi.
Veb-kamera orqali suratga tushish

Suratga tushirish uchun alohida xonalar tashkil etildi

Abituriyent hujjatlarining to‘liqligi tekshirilgandan so‘ng, veb-kamera orqali suratga tushiriladi va hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etildi. Ushbu surat abituriyentlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi. Suratga tushmagan abituriyentning hujjatlari qabul qilinmaydi.

Abituriyentlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilib olinadi va qabul qilinganligi to‘g‘risida tilxat beriladi.
Qabul komissiyasining ish vaqti

Qabul komissiyasining ish vaqti

Komissiya yakshanbadan tashqari har kuni 8:30 dan 17:30 gacha ishlaydi. Tushlik vaqti 12:30 dan 13:30 gacha.
Maxsus sirtqi bo‘lim

Maxsus sirtqi bo‘limga faqat o‘xshash ta’lim yonalishiga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda sohada kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, ishlab turgan sohadan tavsiyanoma berilgan kadrlar qabul qilinadi.

Maxsus sirtqi bo‘limlarga o‘qishga kiruvchilardan qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar ham talab qilinadi:
ish joyidan tavsiyanoma;
mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma.
Chet tili – to‘rtinchi blok sifatida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi qarori bilan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2013/2014-o‘quv yilidan boshlab, kirish imtihonlari test sinovlariga asosiy uchta fandan (matematika, fizika, ona tili va adabiyoti) tashqari, chet tili ham qo‘shildi.

Barcha abituriyentlarga hujjatlarni topshirishda va kirish imtihonlarida omad tilab qolamiz. Hujjatlar qabuli bo‘yicha paydo bo‘lgan savollaringizni bizga berishingiz mumkin. Ularga qo‘limizdan kelganicha javob berishga harakat qilamiz.
Категория: O`zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 1110 | | Теги: Abituriyent-2013: o‘qishga kirish u | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
Madinabonu29.06.2013 11:26
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Iyun 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz