Главная » 2014»Iyul»8 » 6000 dollar berkitilgan videomagnitofon tasodifanqayta ishlash shoxobchasiga topshirib yuborildi
02:45
6000 dollar berkitilgan videomagnitofon tasodifanqayta ishlash shoxobchasiga topshirib yuborildi
Amerikaning Sietl shtatida istiqomat qiluvchi ayol oilasidan berkitgan holda pullarini videomagnitofon ichida saqlab kelgan. Ayolning siridan bexabar oila a’zolari videomagnitofonni qayta ishlash shoxobchasiga topshirib yuborgan. Bu haqda Komo news axborot agentligi xabar qildi. “Pul qora xaltada videomagnitofonning kasseta soladigan joyida saqlanib, biz bundan bexabar bo‘lganmiz, — dedi Toni Xuang (pul saqlagan ayolning o‘g‘li). Ushbu videomagnitofon bir necha yildan beri ishlatilmay, tokchada turgan edi”. Xuang videomagnitofonni maktabga makulatura kabi topshirib yuborgan. “Biz uyni kerakmas buyumlardan tozalamoqchi edik xolos”, — deydi Xuang. Ishdan qaytib videomagnitafonni izlashga tushgan Xuanning onasi ushbu hodisadan ranjiydi. Ular kelasi kuni ertalab soat 5:00 da qayta ishlash shoxobchasiga boradi. Shoxobcha egalari olti vagon eski kompyuter va jami 12 tonnali uskunalar ichidan hech bir belgisi yo‘q qora videomagnitofonni izlashga tushadi. “Biz barcha yuk mashinalarini tekshirdik, eski uskunalarni, mikro to‘lqinli pechlarni surdik. Nihoyat oltinchi vagonga kelib, videomagnitofon topilganidan xursandmiz”, — dedi Green Planet shoxobchasi xodimi Xose Sanches. Green Planet shoxobchasining boshlig‘i videomagnitofon va pullarni Xuan va uning onasiga qaytarayotib, “Pulingizni bankda saqlaganingiz ma’qul”, — deya ta’kidladi. “Menimcha, seyf sotib olamiz”, — deya javob berdi Xuang.