Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2016 » Dekabr » 28 » 2017 yilni toza va ozoda uyda kutib olamiz
21:13 2017 yilni toza va ozoda uyda kutib olamiz |
Bayramoldi kunlarda tashvishlar ko`pligidan ishni nimadan boshlashni bilmay boshingiz qotganmi? Unda maslahatlarimiz aynan siz uchun.
1. Javondagi keraksiz, siniq, buzilgan, ammo tashlab yuborishga ko`zingiz qiymayotgan mayda-chuyda buyumlardan xalos bo`ling.
2. Kiyim javonidagi 1 yildan beri kiyilmagan liboslaringini singlingizga, jiyanlaringizga bering yoki «mehribonlik uyi»ga topshiring. Ham savobga qolasiz, ham javoningiz bo`shaydi.
3. Yozmay qolgan ruchkalarni, ishlamay qolgan maishiy texnika vositalari, bolangiz ulg`ayib allaqachon o`ynamayotgan o`yinchoqlarni xech ikkilanmay tashlab yuboravering. Yaratilgan saranjomlikdan bahri dilingiz ochiladi.
4. Yomon xotiralarni eslatuvchi, kayfiyatni buzuvchi barcha buyumlardan xalos bo`ling.
6. Ichida deyarli xech vaqo qolmagan kosmetika idishlari, sovg`alardan qolgan qutilar, rangli qog`ozlardan, eski taqvimlardan uyni tozalang.
8. Yaroqlilik muddati o`tgan dorilar, qurib ketgan ziravorlar, siniq taroqlar, uy ta`miridan qolgan qurilish mollariyu ayvonda yillar davomida yig`ilib, chang yutib yotgan buyumlardan uyni bo`shating.
9. Ketayotgan yilda sodir bo`lgan xafagarchiliklar, yoqimsiz xotiralardan qalbingizni tozalang. Shunda Yangi yil sizga yangi orzu-umidlar ila eshik qoqadi.
|
Категория: Foydali maslahatlar |
Просмотров: 498 |
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|