Mayli, sen ham meni unutgin, Xayolimda turmasang bo‘ldi. Endi faqat o‘zgani kutgin, Tushlarimga kirmasang bo‘ldi. Seni yaxshi ko‘rardim chindan, Ko‘zlarimga yosh kelar shundan. Faqat bitta iltimos sendan – Tushlarimga kirmasang bo‘ldi. Mahallamni to‘ldirib o‘tding, Dugonangni kuldirib o‘tding. Devonangni o‘ldirib o‘tding, Tushlarimga kirmasang bo‘ldi. Ko‘rib qaddi-qiyomatingni, Esga oldim xiyonatingni. Qaytarib ol omonatingni, Tushlarimga kirmasang bo‘ldi. Atirgulday bo‘lib yuraver, To‘lin oyday to‘lib yuraver. Bor-a, yuzga kirsang kiraver, Tushlarimga kirmasang bo‘ldi.
Mendan ko’ra go’zal bo’lsin u, Mendan ko’ra aqlli bo’lsin. Bo’ylari sarv, ko’zlari jodu, Nozikmijoz, fahmli bo’lsin. Sabrliroq bo’lsin iloyim, Yana qattiq saqlasin sirin. Yo’li, dili pok bo’lsin doim, Qo'lida bol, tilllari shirin. Botir bo’lsin hammadan ko’proq, Mening telba fe’limni unut. Yaralangan ko’nglingni emas, Unga butun hayotingni tut. Mendan ko’ra ko’proq cheksin dard, Sening sevging, ishqing, rashkingda. Menday dilda tortmasin azob, Ardoqlansin, unsin ko’shkingda. Epli bo’lsin ro’zg’oring haqqi, Sepli bo’lsin, to’lsin uylaring. Qolib ketsin ovora bo’lib, Yetolmasin menga o’ylaring. Asray bilsin seni har nedan, Sadoqatda tengsiz bo’lsin to. Rozidurman voz kechsang mendan Ortiq bo’lsa topganing illo. Mendan ming bor ortiq bo’lsin u, Rozimasman ortiq bo’lmasa…
Tilak qadrin bilar odamlar, Yaxshi niyat qilar odamlar. Do`stga tungi orom oldidan Xayrli kech tilar odamlar. Xayrli kech — hikmatli istak, Bu istakni buyurmish yurak. Xayrli kech — farahli tuning Osoyishta, tinch bo`lsin, demak. Yer yuzida yashagan inson Mayliga, u qayerlik bo`lsin, Tinch mehnatda kunlari shodon, Kechalari xayrli bo`lsin. Erkin Vohidov