Yiroqlarda yurib xam sevgimni bilarmisiz, Ko'ngil ila xis qilib sog'inchim sezarmisiz. Faqat Alloxga ayon dilda pinxon oximsiz, Intizor kutib sizni ko'zlarim mayus... Go'yo bu jabru jafo bir menga atalganday, Siz qalbimga yaqinsiz men sizga begonaday. Netay bebosh yuragim oshiqdir sizga xanuz, Intizor kutib sizni ko'zlarim mayus. Ayriliqning domoda bu kun azob chekyabman, Orzularim ro'yoga aylanarmu bilmayman. Ne bo'lsa xam dunyoda yashab bo'lmas umidsiz, Mayli yonimda emas olisdagi baxtimsiz...
Yomg'ir yog'di tun böyi tim-tim Chertib xonam oynalarini Suratingni qölga oldim jim Yirtib hijron siynalarini Surating ham ketgan sarg'ayib Sog'inganda quchavergandan Bu kun öwa nigohlar g'arib Visol olis qochavergandan Gözal edi orzu, tilaklar Qorday oppoq, tun kabi uzun Endi ayro ketgan yuraklar Iwq ham kuzgi hazondek hazin Ketding özga qöllarin tutib Kuzatdilar ölanlar aytib Sarg'ayaman keliwing kutib Kelolmaysan sen esa qaytib Yomg'ir yog'di tun böyi tim-tim Chertib qalbim oynalarini Köz yowlarim artar endi kim Silab közim diydalarini Selda qolgan tuyg'ularimga Qöl siltayman, kuzataman jim Werik bölib qayg'ularimga Yomg'ir hamon yog'adi tim-tim...
Yillarga ham yomg’ir yog’ar, Umrimizga o’xshar bog’lar. Hijron bo’lib qolar tog’lar, Dillarga ham yomg’ir yog’ar. Bahoriymi, kuzgimizni – Biz izlaymiz sevgimizni. Bu yomg’irlar rahm qilmay Yuvib ketar izimizni. Oylarimiz so’lg’in-so’lg’in Singillarga aylandilar. Yuzimizdan oqqan sellar Ko’ngillarga aylandilar. Sog’inch qoplar xonamizni, O’ylab yolg’iz jonimizni, Biz qoldirib ketgaydirmiz Yomg’irlarga onamizni. Oq bo’yinli tannoz dunyo, O’ynar tillo zanjirlari. Kimni kutar yomg’irlarda Ona uyning tandirlari ? Biz orzu hamda armonlarning Yoqalarin ko’targaymiz. Tole bir kun yor bo’lsa gar Yomg’irlarda ko’kargaymiz. Sirojiddin Sayyid