SHERLAR.BIZ Shanba, 20.04.2024, 06:11
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Muchalingiz haqida [12]
Yigitlarga Maslahatlar [10]
Qizlarga Maslahatlar [17]
Oilaviy Maslahatlar [16]
Sevgi Maslahatlari [9]
Xayotiy Maslahatlar [16]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2016 » Dekabr » 29 » Yigitlarimiz Uchun Maslahatlar
18:52
Yigitlarimiz Uchun Maslahatlar
1-saboq.
Hech qachon behuda
va tasodif bilan
tanishgan qizlarga
ko'ngil
bermang.Sabab, siz uni o'tmishini
bilmaysiz.Uchrashgan qiz suluv
bo'lsa shubhasizki siz unga
oshiqlik dardiga mubtalo
bo'lursiz. Uning o'tmishidan habar
topgach esa ajralishga to'g'ri
kelar.Bunda siz muhabbat atalmish
ne'matning marhamatidan
mahrum
bo'lasiz.Illo, bu noyob hissiyot
insonga bir bora nasib
etgay.Yengil
havas deb muhabbatning inja
diydoridan mahrum bo'lmang.
2-saboq.
Agar biror qiz bilan tanishgudek
bo'lsangiz , qiziq-qiziq voqealarni
aytib kuldirishga harakat qilib
ko'ring.Agar u sizning
so'zlaringizdan
ta'sirlanib, yuzini chekkaga burib
yoki og'zini panalab kulsa , do'st
tutining.Bordi-yu, arzimagan
narsaga ham tishining oqini
ko'rsatib,
sharaqlab kulaversa, undan
o'zingizni yiroq tuting.
3-saboq.
Agar sizning yoqtirgan qizingiz
bo'lmasa, asli qayg'urmang.Ota-
onalarning tashabbusi bilan
turmush qurib baxt topganlar kam
emas.Biroq siz
shoshilmang.Kelin bo'lmishning
uyiga borayotgan yaqin
kishingizdan
xonadonning saranjom-
sarishtaligini surishtiring.Bunga
shubha bo'lsa,
uchrashuv chog'i bekatda qizga
pista tuting.Agar qiz uning
po'chog'ini
uchragan joyga tashlayversa, o'sha
gumon to'g'ri bo'ladi.
4-saboq.
Qizlardagi aqlu-farosat
kiyinishidan, o'zini tutishidan
bilinadi, ko'z qarashlaridan
anglashiladi.Bulardan tashqari siz
bo'lg'usi umr
yo'ldoshingizni qo'li ochiqligini
ham tekshirib ko'ring.Buning yo'li
oson. Birga ketayotganingizda
sadaqaso'rab turganlarga katta
miqdorda
hayr qiling.Shunda tanishingiz
bunga o'z munosabatini
bildiradi.Agar
dilidagini oshkor etmaydiganlar
xilidan bo'lsa, sizday "qo'li
ochiq"odam bilan turmush qurish
fikridan voz kechadi.O'ylaymanki
bu siz
uchun juda foydali.
5-saboq.
Agar yoqtirgan qizingizni ichki
dunyosini bilmoq istasangiz, unga
dastlab kitob sovg'a qiling.Biror
yaqinroq do'stingiz esa
qimmatroq sovg'a
keltirsin.Sevgilingizning ularni
qabul qilib olayotgandagi holati,
shundan keyingi muomalasi ko'p
narsani oydinlashtiradi.Agar u
sizning
sovg'angizni ko'rib quvonib,
o'zgarmasa, keyinchalik sizning
topishingizga qarab emas, ichki
dunyongizga qarab qadrlaydigan
yor
bo'lishi shubhasiz.
6-saboq.
Biror qizni yoqtirib, uylanishga
qaror qilgan ekansiz, uning ko'ngli
yumshoqligiga ham
e'tibor bering.Buning choralaridan
biri, u bilan ketayotganingizda
biror parranda yoki hayvonga ozor
bermoqchi bo'lib tosh
ko'taring.Agar
sevgilingiz darhol qarshilik
ko'rsatib, qo'lingizdan tutsa unda
ayollarga hos bo'lgan oliyjanob
hislat-rahmdillik bor bo'ladi.Bu
sizning bo'lajak farzandlaringiz
tarbiyasida ham muhim o'rin
tutadi.
Категория: Yigitlarga Maslahatlar | Просмотров: 1138 | | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz