Статистика |
Hozirda saytda: 4 Mexmonlar: 4 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2014 » Noyabr » 5 » Telefonda Qanday Suhbatlashishni Bilasizmi?
06:41 Telefonda Qanday Suhbatlashishni Bilasizmi? |
Insonning fe’l –atvorini, ayni damdagi kayfiyatini bir qaraganda bilish qiyindek tuyuladi. Rostdan ham shunday. Oramizda shunday odamlar borki, ularning fe’li –saviyasini, ma’naviy dunyosini , harakterini yurish – turishidan, gaplaridan, gapirish ohangidan bilib olish nihoyatda mushkul. Ammo, vaziyat taqozo etganda biz ular bilan muloqot qilishimiz, zarur bo’lganda ichki dunyosini ochishimiz kerak bo’ladi. Ho’sh, bunday vaziyatlarda nima qilishimiz lozim? Xar doim birinchi bo’lib beriladigan maslahat bu – kuzatishdir. Agar yaxshilab kuzatib tursangiz, xar qanday insonning ayni damdagi kayfiyatini uning imo – ishoralaridan ham bilib olasiz. Masalan, telefon orqali gaplashayotgan odamga bir oz e’tibor bering. Uning imo - ishoralari ayni vaqtdagi kayfiyatini va suhbatdoshiga bo’lgan munosabatini bildirishi mumkin. 1 – ko’rinishi. Telefon go’shagini qulog’iga qistirib olib, oldidagi qog’ozga qalam yoki ruchka bilan rasm chizayotgan odamga gaplashilayotgan mavzuning umuman qizig’I yo’q. U hayolan butunlay boshqa tomonlarda yuribdi. Hatto ayrimlar suhbatdoshini umuman eshitmayotgan chiqadi. Bunday holatni majlis yoki yig’inlarda ko’rish mumkin. 2 – ko’rinish. Telefonda gaplashayotgan odam sigareta chekib turgan bo’lsa va gaplashayotgan mavzu uni qiziqtirsa, u sigaretasini og’zidan oladi. Shuningdek go’shakni qulog’iga mahkamroq tutadi. Agar jahli chiqsa sigaretani yana tutashtishni boshlaydi yoki chekib bo’lmasa ham uni kuldonga qattiq botirib o’chiradi. 3 – ko’rinish. Qizlar o’zlari yoqtirgan yigit bilan gaplashayotganlarida tinmay ko’zguga qaraydilar. Ba’zilari esa qo’llari bilan yuz ko’zlarini tez-tez berkitib, silab turadilar. Engiltabiat qizlatga yigiti qo’ng’iroq qilganda, ular pardoz qilishlari mumkin. Shu bilan birga ular sochalarini tarashlari, lablariga moybo’yoq surishlari ham ehtimoldan holi emas. 4 – ko’rinish. Telefonda gaplashayotgan odam suhbatdan mamnun bo’lsa, stulda chayqalishi mumkin Bu uning o’ziga ishonishidan, muammolar bo’lsa, bemalol hal eta olishidan ham darak beradi. 5 – ko’rinish. Gaplashayotganda stol tortmalarini ochib – yopaverish, nimalarnidir qidirishga harakat qilish insonning nimanidir o’ylayotgani, muammoning echimini topishga harakat qilayotganini ko’rsatadi. Bunday holatga hato qilib qo’ygan va boshlig’ining bunga javobini kutayotgan hodimlar ham tez – tez tushib turadilar. 6 – ko’rinish. Telefonda gaplashayotgan odamning birdaniga o’rnidan turib ketishi biror yaxshi yoki yomon habarni eshitganidan darak beradi. Agar telefonda gaplashayotgan odam o’tirgan joyidan sekin turib, u yoqdan bu yoqqa yuraversa, demak, suhbat uning joniga tekkanini va u suhbatdoshi bilan tezroq hayrlashish istagida ekanligini bilish mumkin. 7 – ko’rinish. Agar ayol kishi yerga o’tirib yoki palosga yotish gaplashayotgan bo’lsa, bilaveringki, u dugonasining diydiyolarini eshitayotgan bo’ladi. Agar go’shakni qo’li bilan berkitib, bir nimalarnidir pichirlayotgan bo’lsa, demak, unga o’zining shaxsiy hayoti haqidagi « qaynoqqina » habarlarni yetkazayotgan yoki uchinchi dugonasining ohirgi « sarguzasht » ini so’zlayotgan bo’ladi. 8 – ko’rinish. Erkaklar oshna – og’aynilari, yaqinlari bilan gaplashayotganlarida odatda qattiq gapiradilar, kuladilar. Notanish ayollar bilan esa sekinroq va muloyimroq gaplashishga harakat qiladilar. Shunga qarab ular aynan ayol kishi bilan gaplashayotganlarini bilib olish mumkin. Ishi yurishmay turgan erkaklar telefon apparatini ko’tarib olib, u honadan bu honaga o’tib yurib gaplashadilar. Agar ishlari yana bitmaydigandek bo’lsa go’shakni « qars » etkazib qo’yib qo’yadilar.
|
Категория: Xayotiy Maslahatlar |
Просмотров: 1829 |
| Рейтинг: 5.0/13 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|