SHERLAR.BIZ Payshanba, 21.11.2024, 13:52
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Muchalingiz haqida [12]
Yigitlarga Maslahatlar [10]
Qizlarga Maslahatlar [17]
Oilaviy Maslahatlar [16]
Sevgi Maslahatlari [9]
Xayotiy Maslahatlar [16]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 8
Mexmonlar: 8
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Fevral » 24 » Qurbonlik qilish fazilati
19:21
Qurbonlik qilish fazilati
Alloh taolo aytadi: «(Ey Muhammad alayhissalom), albatta Biz sizga Kavsarni ato etdik. Bas, siz Parvardigoringiz uchun namoz o‘qing va (jonliq) so‘yib-qurbonlik qiling! Albatta sizni yomon ko‘rguvchi kimsaning dumi qirqilgandir (ya'ni, benomu nishon yo‘q bo‘lib ketguvchidir)!» (Kavsar surasi, 1-3-oyatlar).

Muslim ibn Anasdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yengil uyqudan tabassum bilan uyg‘ondilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasululloh, sizni nima kuldirdi?» deb so‘rashdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam: «Menga hozir bir sura nozil bo‘ldi deb, «Kavsar» surasini qiroat qildilar.

Ushbu suraning nozil bo‘lishining sababi haqida Abu Solih raziyallohu anhu Ibn Abbosdan raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Os ibn Voil masjidga kirayotib Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ko‘rdi va ular eshik oldida suhbatlashib qolishdi. Shu vaqtda masjidda bir guruh mushriklar o‘tirgan edilar. Os ibn Voil ularning oldiga kirgan vaqtda, ular: «Kim bilan suhbatlashding?» deb so‘rashdi. Os ibn Voil: «Ana u abtar bilan» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni o‘g‘il farzandlari yoshligidanoq vafot etavergach, Quraysh mushriklari u kishini abtar, deb nomladilar. Johiliyatda o‘g‘il farzandi yo‘q kishi shunday nomlashardi. Ya'ni, dumi qirqilgan, ishini davom ettirguvchisi yo‘q degan, ma'noda. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Os ibn Voilning so‘zini eshitib, ancha g‘amgin bo‘ldilar. Shunda Alloh o‘z habibiga tasalli berib, bu surani nozil qildi».

Ulamolar Kavsar haqida turli fikrlar bildirishgan. Ba'zilar u jannatdagi daryo desa, ba'zilar uni jannatdagi havz, deganlar. Ba'zilar, ko‘p yaxshiliklar, degani desa, ba'zilar, maqtovli maqomdir, deganlar. Ba'zilar, Kavsarni husni xulq desalar, ba'zilar, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning baland martabaga ko‘tarilishi, deganlar. Ba'zilar ummatning ko‘pligi, desalar, ba'zilar Qur'oni karimdir, deganlar. Ba'zilar kavsardan murod payg‘ambarlik desalar, ba'zilar shafoatul kubro, deganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Har kim qurbonlik qilishga qodir bo‘lsa-yu, qurbonlik qilmasa, xohlasa yahudiy bo‘lib o‘lsin, xohlasa nasroniy bo‘lib o‘lsin». Yana bir rivoyatda: «Kim qurbonlik qilishga qodir bo‘lib, qurbonlik qilmasa, bizlarning masjidlarimizga yaqinlashmasin», degan ekanlar.

Hazrati Ali raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladilar: «Kim qurbonlikka jonliq olish uchun bozorga borsa, Alloh taolo har bir qadamiga o‘nta savob ato etadi va o‘nta gunohini kechiradi va martabasini o‘n daraja ko‘taradi. Jonliqni savdo qilayotganda aytgan so‘zlarini tasbeh o‘rnida qabul qiladi. U uchun bergan har bir dirhamiga yetti yuz dirhamning savobini beradi. Qurbonlikning har qatra qonidan o‘nta farishta yaratadi va ular qiyomatgacha uning uchun istig‘for aytadilar. Qurbonlik go‘shtining har luqmasi uchun Ismoil alayhissalom farzandlaridan bir qulni ozod qilganlik savobini beradi», dedilar».

Rivoyat qilinishicha, Dovud alayhissalom: «Yo Parvardigoro, Muhammad sollallohu alayhi va sallam ummatlaring qilgan qurbonliklari uchun nima ato etgansan?» dedilar. Alloh taolo xitob qildi: «Yo Dovud, Muhammad sollallohu alayhi va sallam ummatlaridan qurbonlik qilganlarga qurbonlikning badanidagi har bir tukiga o‘nta savob ato qilib, o‘nta gunohini kechaman. Jannatdagi darajasini yuksaltirib, u yerda bir qasr bino qilaman va hurlarni nasib etaman. Yo Dovud, bu qurbonlik qiyomat kuni markab bo‘lib, turli balolarni egasidan qaytaradi»

Ahmad ibn Ishoq aytadilar: «Kambag‘al va kasalmand akam bor edi. Kambag‘alligiga qaramay har yili Qurbon hayiti kunlari bir qo‘yni qurbonlikka so‘yardi. Akam vafot etganlaridan keyin ikki rak'at namoz o‘qib, Allohdan akamni tushimda ko‘rsatishini iltijo qildim. Uni tushimda ko‘rsam, u bir yaxshi, kulrang otning ustida bo‘lib, yonida yana ko‘pgina zotdor otlar bor edi. Men: «Ey aka, Alloh senga nima ato etdi?» deb so‘radim. «Alloh meni mag‘firat etdi», dedi. Undan buning boisini so‘radim. «Bir kuni qari bir kampirga Alloh yo‘lida bir dirham sadaqa qilganim mag‘firat etilishimga sabab bo‘ldi», deb javob berdi. «Bu otlarni qaerdan olding?» dedim. «Bular dunyoda qilgan qurbonliklarim bo‘lib, minib turganim birinchi qilgan qurbonligimdir», deb javob berdi. «Qaerga ketyapsan?» deb so‘rasam, u: «Jannatga», deya ko‘zimdan g‘oyib bo‘ldi.

Anas ibn Molik Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladilar: «Hashr (qiyomat) sodir bo‘lgan vaqtda mo‘minlar o‘z qabrlaridan turadilar. Alloh: «Ey farishtalar, mening bandalarimni mahshargohga ulovsiz olib borasizlarmi? Ular dunyoda biror joyga bormoqchi bo‘lishsa, piyoda yurishmas edi. Tug‘ilmasdan oldin ularga ota sulbi, keyin onalarining qorni markab bo‘lardi. Tug‘ilganlaridan keyin ona bag‘rida va sutdan to‘xtaganda esa otalarining yelkasida yurishardi. Ulg‘ayganlarida tuyalar, xachirlarda yurishardi. Agar dengizda safar qilsalar, qayiqlar va kemalarda suzardilar. Vafot etganlarida mo‘min birodarlarining yelkasi ularga ulovlik vazifasini bajarardi. Endi tirilib qabrlaridan turgach, mahsharga piyoda borishmasin. Qurbonliklarini keltiring, minib borishsin», deydi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qurbonlik qilish chiroyli amallardandir. U bandani dunyoda balolardan va oxiratdagi ofatlardan ozod etadi. Hayiti namozini o‘qib, qurbonlik so‘ygan mo‘minlar mening ummatimdandir» degan ekanlar.

Fiqh kitoblarida aytilishicha, qurbonlik so‘yishning avvali hayit namozidan keyindir. Uning oxirgi vaqti uchinchi kun asr vaqtigacha. Qurbonlikning eng afzali uni qurbonlik qiluvchining o‘zi so‘yishidir. Agar o‘zi so‘yishni bilmasa, boshqa odamga buyurishi ham mumkin. Lekin so‘yish vaqtida hozir bo‘lish mustahab. Jonliq yuzini qibla tomonga burib: «Albatta, men yuzimni osmonlaru yerni yaratgan Zotga, to‘g‘ri yo‘lga moyil bo‘lgan holimda yuzlantirdim va men mushriklardan emasman». (An'om surasi, 79-oyat) «Allohu akbar. Allohu akbar. La-a ilaha illallohu vallohu akbar, valillahil hamd. Bismillah, Allohu akbar», deb so‘ysin va shundan keyin ikki rak'at namoz o‘qisin.

Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Qurbonlikni so‘yib bo‘lgach, ikki rak'at namozdan so‘ng ushbu duoni o‘qisin: «Ey bor Xudoyo, mening namozim va nusuklarim (namozdan boshqa ibodatlarim), mamotim olamlar Rabbisi Alloh uchundir va U zotning biron sherigi yo‘qdir. Men mana shunga (ya'ni, yagona Allohga ixlos ila ibodat qilishga) buyurilganman va men bo‘yinsunguvchilarning avvali-peshqadamiman».
Просмотров: 1534 | | Теги: Qurbonlik qilish fazilati | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Fevral 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz