Ushbu yilda tug'ilganlar nafis san'at sohibidirlar. Ularning qaddi-qomati kelishgan, istarasi issiq va tabiat shaydolaridir. Xulq-atvori yoqimli, gap-so'zi, o'zini tutishi oqilona, shunday bo'lsa-da tabiatan injiq, xardamxayol. hamisha nimadandir zorlanib yashashadi. Odatda xudojo'y bo'lib, turli xayoliy va o'ta tabiiy narsalarga qiziqishadi. Bular rahmdil va muhtojlarga yordam beruvchi yaxshi kishilardir. Ammo baham ko'rmoqchi bo'lgan narsalari o'zlariga tegishli bo'lmaydi. Ularda xususiy mol-mulkka hech qanday havas yo'q. Hayot kechirishlari ko'pincha omadlariga bog'liq bo'ladi. Javobgarlik hissi ularga begona, tashabbus ko'rsatishni yomon ko'rishadi. Ularda did va iste'dod bor. Ammo rahbarlikni eplay olishmaydi. Bir paytning o'zida texnik va artistlik mahorati qo'shib borib olinadigan ishlarni qoyil qilib bajarishadi. Lekin hech qachon asosoiy vazifani bajarishmaydi. Gaplari ko'pincha poyma-poy bo'lib, o'z fikrlarini qiynalib tushuntirishadi, goh tez, goh sekin ba'zan duduqlanib gapirishadi. Hayotlari davomida ko'plab ishq-muhabbat muammolariga duch kelishadi. Ulardan biri fojea bilan tugashi mumkin. Yetuklik davri yoshlik va keksayganlariga qaraganda yaxshi kechadi. Shuni esda tutish kerakki, moddiy jihatdan g'am-tashvishi yo'q, maslahatgo'ylari bor bo'lgan "quling o'rgilsin o'tloqda" "QO'Y" ning omadi yurishadi.
1919, 1931, 1943, 1955, 1967, 1979, 1991, 2003, 2015
|