Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2016 » Dekabr » 28 » Lobar bo'lish uchun
20:39 Lobar bo'lish uchun |
Ba’zan hafta oxiriga kelib butun vujudingizda qattiq toliqish his qilasiz. Va xuddi ona quchog‘iga talpingan go‘dak singari siz ham yakshanba yaqinlashgani sayin ruhiyatingizda yengillik sezaverasiz. Ammo xudo ko‘rsatmasinu, og‘zingiz oshga yetdim, deb turgan ayni bir paytdarahbariyat tomonidan dam olish kuni ham ishga chiqbshingiz kerakligi e’lon qilinsa bormi?!
Ha mayli, mavzudan chalg‘imaylik.Aytmoqchi bo‘lganim, sizki dam olishga ehtiyoj sezarkansiz, xuddi shu ehtiyoj go‘zalligingizga ham ziyon qilmaydi. Mana ko‘rasiz, natijasi darhol ko‘zga tashlanadi.
9:00
Uyg‘onishingiz bilanoq kunni 1 stakan oddiy iliq suvdan boshlang. Suyuqlik muskullar ishini faollashtiradi, qon aylanishi va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Bularning barchasi yuzterisi rangini tiniqlashtiradi.
9:30
Nonushtaga xushta’m suli bo‘tqasi tayyorlab, unga mevalar qo‘shish mumkin. Bo‘tqani yoqtirmasangiz, suli yormasining o‘zini ham tanovvul qilishingiz mumkin. Murabbo yoki asalni qora nonga surtib yeng. Mevali salatlardan o‘zingizni cheklamang. Uglevodlarga boy har qanday ozuqa mahsuloti yaxshi nonushta hisoblanadi.
11:00
Aynan shu vaqt barcha ayollar uchun eng muhim (ba’zilari uchun esa juda og‘riqli) qosh terish, oyoq-qo‘llarni epilyasiya qilishga qulay. Sababi, kunning shu paytida ayol organizmining og‘riqlarga ta’sirchanligi pasayarkan.
12:00
Yoqimli tadbirlar navbati ham keldi. Keling, yuz terisi va badan uchun yengil piling tashkil qilamiz.Suv bug‘ida 2 osh qoshiq asalni eritib, 1/2 limon va 1 osh qoshiq bug‘doy kepagi bilan aralashtiring. Tayyor pilingni yuzingizga va badaningizga surtgach, iliq suv bilan yuving.
14:00
Mazali tushlikdan keyin kechgachakuch to‘plash uchun miriqib uxlab olsangiz ziyon qilmaydi. Yoki bo‘lmasa, yuzingizga niqob surtib, 15 daqiqa dam oling. Buning uchun yuzingizga 1 osh qoshiq smetana surtib, ustidan aylana qilib kesilgan bodring qo‘ying.
14:30
Agar nihoyat uxlashga jazm qilgan bo‘lsangiz, yotishdan oldin tovoningizga oziqlantiruvchi kremni qalin qilib surtib, ustidan paypoq kiyib yoting. Agar kunduzi uxlamaydigan bo‘lsangiz, bu ishni kechkurun uxlashdan oldin qilasiz.
16:30
Jismoniy zo‘riqishlarsiz sarvqomat bo‘lishni istaysizmi? Bu mumkin emas! Suzishga yoki aerobikaga borishga vaqtingiz yo imkoniyatingiz bo‘lmasa, ko‘proq piyoda sayr qilish uchun bog‘ga chiqing. Natija deyarli bir xil.
18:00
Piyoda yuraverib, rosa och qoldingiz. Endi kechki ovqat ko‘ngildagidek bo‘lishi kerak. U ilojiboricha oqsilli taomlardan (go‘sht, baliq, tuxum, dukkakli o‘simliklar va sabzavotlar) iborat bo‘lsin.
23:30
Kuningiz bejiz o‘tmadi. Tashqi ko‘rinishingiz yanada go‘zallashishiuchun rosa harakat qildingiz. Bu urinishlaringiz ertaga shunday natija bersinki…
Ertaroq yotib, uxlashga harakat qiling. Uzog‘i, 23:30. O‘sha kuni uxlashdan oldin qiziqarli kitob o‘qimang! U uyqu uchun atalgan vaqtingizning 1-2 soatini uyalmay o‘g‘irlab qo‘yadi. Esda tuting, qancha kam uxlasangiz, ertasiga urinishlaringiz evaziga va’da qilingan husn ham shunchaga kamayishi mumkin.
|
Категория: Qizlarga Maslahatlar |
Просмотров: 1340 |
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|