SHERLAR.BIZ Shanba, 27.04.2024, 11:34
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Muchalingiz haqida [12]
Yigitlarga Maslahatlar [10]
Qizlarga Maslahatlar [17]
Oilaviy Maslahatlar [16]
Sevgi Maslahatlari [9]
Xayotiy Maslahatlar [16]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Noyabr » 5 » Telefonda Qanday Suhbatlashishni Bilasizmi?
06:41
Telefonda Qanday Suhbatlashishni Bilasizmi?
Insonning fe’l –atvorini, ayni damdagi kayfiyatini bir
qaraganda bilish qiyindek tuyuladi. Rostdan ham
shunday. Oramizda shunday odamlar borki, ularning
fe’li –saviyasini, ma’naviy dunyosini , harakterini yurish
– turishidan, gaplaridan, gapirish ohangidan bilib olish
nihoyatda mushkul. Ammo, vaziyat taqozo etganda biz
ular bilan muloqot qilishimiz, zarur bo’lganda ichki
dunyosini ochishimiz kerak bo’ladi. Ho’sh, bunday
vaziyatlarda nima qilishimiz lozim? Xar doim birinchi
bo’lib beriladigan maslahat bu – kuzatishdir.
Agar yaxshilab kuzatib tursangiz, xar qanday insonning
ayni damdagi kayfiyatini uning imo – ishoralaridan ham
bilib olasiz. Masalan, telefon orqali gaplashayotgan
odamga bir oz e’tibor bering. Uning imo - ishoralari ayni
vaqtdagi kayfiyatini va suhbatdoshiga bo’lgan
munosabatini bildirishi mumkin.
1 – ko’rinishi.
Telefon go’shagini qulog’iga qistirib olib, oldidagi
qog’ozga qalam yoki ruchka bilan rasm chizayotgan
odamga gaplashilayotgan mavzuning umuman qizig’I
yo’q. U hayolan butunlay boshqa tomonlarda yuribdi.
Hatto ayrimlar suhbatdoshini umuman eshitmayotgan
chiqadi. Bunday holatni majlis yoki yig’inlarda ko’rish
mumkin.
2 – ko’rinish.
Telefonda gaplashayotgan odam sigareta chekib turgan
bo’lsa va gaplashayotgan mavzu uni qiziqtirsa, u
sigaretasini og’zidan oladi. Shuningdek go’shakni
qulog’iga mahkamroq tutadi. Agar jahli chiqsa sigaretani
yana tutashtishni boshlaydi yoki chekib bo’lmasa ham
uni kuldonga qattiq botirib o’chiradi.
3 – ko’rinish.
Qizlar o’zlari yoqtirgan yigit bilan gaplashayotganlarida
tinmay ko’zguga qaraydilar. Ba’zilari esa qo’llari bilan
yuz ko’zlarini tez-tez berkitib, silab turadilar. Engiltabiat
qizlatga yigiti qo’ng’iroq qilganda, ular pardoz qilishlari
mumkin. Shu bilan birga ular sochalarini tarashlari,
lablariga moybo’yoq surishlari ham ehtimoldan holi
emas.
4 – ko’rinish.
Telefonda gaplashayotgan odam suhbatdan mamnun
bo’lsa, stulda chayqalishi mumkin Bu uning o’ziga
ishonishidan, muammolar bo’lsa, bemalol hal eta
olishidan ham darak beradi.
5 – ko’rinish.
Gaplashayotganda stol tortmalarini ochib – yopaverish,
nimalarnidir qidirishga harakat qilish insonning nimanidir
o’ylayotgani, muammoning echimini topishga harakat
qilayotganini ko’rsatadi. Bunday holatga hato qilib
qo’ygan va boshlig’ining bunga javobini kutayotgan
hodimlar ham tez – tez tushib turadilar.
6 – ko’rinish.
Telefonda gaplashayotgan odamning birdaniga o’rnidan
turib ketishi biror yaxshi yoki yomon habarni
eshitganidan darak beradi. Agar telefonda
gaplashayotgan odam o’tirgan joyidan sekin turib, u
yoqdan bu yoqqa yuraversa, demak, suhbat uning joniga
tekkanini va u suhbatdoshi bilan tezroq hayrlashish
istagida ekanligini bilish mumkin.
7 – ko’rinish.
Agar ayol kishi yerga o’tirib yoki palosga yotish
gaplashayotgan bo’lsa, bilaveringki, u dugonasining
diydiyolarini eshitayotgan bo’ladi. Agar go’shakni qo’li
bilan berkitib, bir nimalarnidir pichirlayotgan bo’lsa,
demak, unga o’zining shaxsiy hayoti haqidagi «
qaynoqqina » habarlarni yetkazayotgan yoki uchinchi
dugonasining ohirgi « sarguzasht » ini so’zlayotgan
bo’ladi.
8 – ko’rinish.
Erkaklar oshna – og’aynilari, yaqinlari bilan
gaplashayotganlarida odatda qattiq gapiradilar,
kuladilar. Notanish ayollar bilan esa sekinroq va
muloyimroq gaplashishga harakat qiladilar. Shunga
qarab ular aynan ayol kishi bilan gaplashayotganlarini
bilib olish mumkin. Ishi yurishmay turgan erkaklar
telefon apparatini ko’tarib olib, u honadan bu honaga
o’tib yurib gaplashadilar. Agar ishlari yana
bitmaydigandek bo’lsa go’shakni « qars » etkazib
qo’yib qo’yadilar.
Категория: Xayotiy Maslahatlar | Просмотров: 1802 | | Рейтинг: 5.0/13
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz