SHERLAR.BIZ Shanba, 27.04.2024, 09:29
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Muchalingiz haqida [12]
Yigitlarga Maslahatlar [10]
Qizlarga Maslahatlar [17]
Oilaviy Maslahatlar [16]
Sevgi Maslahatlari [9]
Xayotiy Maslahatlar [16]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 3
Mexmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Noyabr » 5 » Maymun
03:05
Maymun

Bu muchalda tug'ilganlar ko'ngliga kelgan ishni qiluvchi,ishonchga sazovor bo'lmagan va ters odamlardir. Biroq ular epchil, aqlli, topqir bo`lib, eng qiyin muammolarni ham osonlik bilan hal etishadi. Ayni paytlarda ular quv va makkordir, shu bois ular bilan doim hushyor bo`lib muomala qilish kerak. Ularning kirishimliklari va hatto har qanday xizmatga bel bog`lab turishlari ham munofiqonadir, aslida esa o'z manfaatini o'ylab shunday qilishadi. Shuningdek, ular xushchaqchaq va iltifotli bo'lib, boshqalar to`g`risidagi yurakni ezadigan fikr-mulohazalarini soxta xushmuomalaliklari bilan yashiradilar. Ular o`z faoliyatlarini avj oldira olmaydigan deyarli birorta soha yo`q. Bo`layotgan voqealardan hamisha xabardor. Xotiralari judayam kuchli bo`lib, ko`rgan yoki eshtgan narsalarining mayda-chudasigacha unutishmaydi. Barcha ishlari betartibligi uchun ham ularga xotira zarur. Ular juda hovliqma bo`lib, hamma ishni shu zahotiyoq amalga oshirib qo`ya qolishni xohlashadi. Arzimas to`siq ham ularning dilini xira qilib, rejalarini buzib yuborishi mumkin. Biror ishni boshlamasdan turib, shu zahotiyoq uning bahridan o`tishlari mumkin, ko`pchiligi qat'iyatsizligi va hatto qo`rqoqligi bilan ajralib turishadi. Ularning har qanday mushkul ahvolga tushib qolganlarida ham, unga chap berib qutilib ketishlarini munosib baholash darkor. Ular o`z xohishlarini amalga oshiradilar. Amalparastlik qonlarida bor. Hech ikkilanmay, hatto vijdonsizlik bilan bo`lsa-da, o`z niyatlariga erishishga qodirlar. O`z hafsalalariga qarab ish qilishsa, ko`pincha nom chiqarishadi. Faqat ular odamlarga malol kelishi mumkin bo`lgan magmadonagarchiliklardan o`zini tiyishi lozim. Garchi ba'zi qiyinchilklar bo`lib yursa, umuman olganda, iqtisodiy jihatdan yaxshi yashashadi. Ishq-muhabbat bobida baxtga erishishlari qiyin. Chunki ular ehtirosli bo`lib, juda tez oshiq bo`lib, ko`p ma'shuqalaridan ko`ngillari sovib, boshqasini qidirishga tushishi mumkin.

1920, 1932, 1944, 1956, 1968, 1980, 1992, 2004, 2016

Категория: Muchalingiz haqida | Просмотров: 2051 | | Рейтинг: 5.0/27
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz