SHERLAR.BIZ Shanba, 27.04.2024, 10:08
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Muchalingiz haqida [12]
Yigitlarga Maslahatlar [10]
Qizlarga Maslahatlar [17]
Oilaviy Maslahatlar [16]
Sevgi Maslahatlari [9]
Xayotiy Maslahatlar [16]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 4
Mexmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Noyabr » 10 » Hoziroq yugurishni boshlashingiz uchun 8 sabab
03:17
Hoziroq yugurishni boshlashingiz uchun 8 sabab
Yugurish – xushbichim ko’rinishga ega
bo’lishning eng yaxshi va tekin yo’li. Yugurish
uchun hech qanday alohida uskunalar
yoki maxsus joylar kerak emas, faqat sport oyoq
kiyimingiz bo’lsa bo’ldi. Yugurish ko’p
kasalliklarning oldini olishga va davolashga ham
yordam beradi. Albatta yugurishning o’zi har
dardga davo emas, lekin u orqali asab, qon
aylanish tizimlariga ijobiy ta’sir ko’rsatsa bo’ladi.
Yugurish yurak va qon tomirlari faoliyatini
yaxshilaydi, yugurish orqali to’g’ridan
to’g’ri yurak mushaklarini mashq
qildirgan bo’lasiz. Natijada yurakning kuchliroq
bo’lishi va yanada samarali ishlashi ta’minlanadi.
Qonda kislorod miqdori ko’payadi. Yurak
tez harakat qilganida qon oqimi
tezlashadi, qon oqimi tezlashganda esa
kislorod almashinuvi kuchayadi. Vujudimizning
barcha to’qimalari va organlariga ko’p miqdorda
qon, kislorod va oziq moddalari yetkaziladi.
Yugurish charchashga qarshi ham yaxshi
davo hisoblanadi. Kundalik yumushlar,
asabbozlik organizmda salbiy
hususiyatga ega bo’lgan moddalarni yig’ilishga
olib keladi. Bu esa umumiy charchoqlikni keltirib
chiqaradi. Charchoqni tarqatish uchun yaxshilab
terlash kerak. Yugurganda esa yaxshigina
terlaymiz.
Vujud zo’riqqanda qonda mahsus
endorfin gormoni ko’payadi. Bu gormonni
yana ‘baxtiyorlik gormoni’ deb ham
atashadi. Bu bejiz emas albatta, qonda endorfin
ko’paygan vaqtda odam o’zini yengil va
tashvishlardan holi his qiladi. Natijada
asabiylashishdan asar ham qolmaydi
Yugurganda insonning aqliy faoliyati ham
kuchayadi. Mening tajribamda
yugurayotgan vaqtimda ko’pincha uzoq o’ylab
yurgan muammolarimning yechimi topilib qoladi.
Bunga sabab yuqorida aytganimday qon kislorod
bilan to’yadi va bu markaziy asab sistemasi, shu
jumladan miyaning ham yaxshiroq ishlashiga olib
keladi.
Doimiy tarzda yugurib turish inson
immunitetini ham kuchaytiradi. Bunga
sabab qonda eritrosit va gemoglobin
me’yorining ortishidir. Yugurganda qondagi
zararli xolesterin miqdori kamayadi, ochlik hissi
susayadi va ichaklarning ishlashi yaxshilanadi.
Bularning natijasida moddalar almashinuvi
tezlashib tana og’irligi normallashadi.
Kunning istalgan vaqtida yugurish
mumkin. Ertalablari qondagi garmonlar
me’yori yuqori bo’ladi va yugurish umumiy
me’yorning tiklanishiga sabab bo’ladi. Kechqurun
ishdan keyin yugurganda esa charchoq tarqaydi,
yengil tortasiz, ortiqcha ishtaha ochilishining oldi
olinadi va mazza qilib uxlaysiz
Doimiy ravishda yugurib turish yana
muskul va suyak sistemamizga ham
ijobiy ta’sir qiladi. Katta yoshli odamlarda
yugurish suyaklar ba muskullarning o’zgarish
jarayonini sekinlashtiradi.
Qadimgi yunonlarda bir gap bo’lgan ekan, “Agar
kuchli bo’lmoqchi bo’lsang – yugur, chiroyli
bo’lmoqchi bo’lsang – yugur, aqlli bo’lmoqchi
bo’lsang – yugur”. Shunday ekan qani boshladik
yugurishni!
Категория: Yigitlarga Maslahatlar | Просмотров: 2692 | | Рейтинг: 5.0/24
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz