SHERLAR.BIZ Shanba, 27.04.2024, 08:58
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Muchalingiz haqida [12]
Yigitlarga Maslahatlar [10]
Qizlarga Maslahatlar [17]
Oilaviy Maslahatlar [16]
Sevgi Maslahatlari [9]
Xayotiy Maslahatlar [16]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Noyabr » 10 » Barcha erkaklar uchun ellik foydali maslahat
03:06
Barcha erkaklar uchun ellik foydali maslahat
Tuxum qovurishdan jismoniy mashqlargacha,
ayollar bilan munosabatdan tortib bo’yoq
shyotkasigacha biz erkaklar uchun foydali
maslahatlardan elliktasini ushbu maqolada
jamladik. Marhamat o’qing, bilib qo’ying va fikr
bildiring.
Kamar uzunligi bel aylanasidan besh
santimetr uzunroq bo‘lishi kerak va
uchinchi teshikchaga qadalishi zarur.
Uning rangi esa oyoq kiyimi rangi bilan mos
bo‘lishi lozim.
Og‘ir yoki yirik hajmli buyum ko‘targan
har qanday yoshdagi ayollarga yordam
berish kerak. Ammo ayollar sumkachasi,
yengil shuba yoki manto bundan mustasno. Bu
buyumlarni faqatgina ayollar salomatligi
yomonlashib, ularni o‘zi mustaqil ko‘tara
olmagandagina olib yurish mumkin.
Jismoniy mashg‘ulotlarni qanchalik sekin
bajarsangiz, mushak tolalari unda
shunchalik ko‘p ishtirok etadi va ular
yanada yiriklashadi.
Yelkangiz qancha keng bo‘lsa, ko‘ylak
yoqasi ham, galstuk eni ham shunga mos
ravishda keng bo‘lishi kerak.
Yurak xastaliklari alomatlari — og‘riqlar,
ko‘krak qismidagi og‘irliklarga bee’tibor
bo‘lmang, darhol shifokor ko‘rigidan
o‘ting.
Hammaning ko‘nglini olishga urinmang.
Birovlarning fikri siz uchun birinchi
darajali bo‘lmasin. O‘zingiz istagan ishni
qilishdan tortinmang.
Uzun latifalar aytishdan tiyiling.
Shimda yurganingizda shim pochasi
paypoqlar ko‘rinadigan darajada kalta
bo‘lmasligi kerak.
Ishga kirish uchun suhbatga eng maqbul
kun — dushanba. Eng yomon vaqt esa
kun oxirlab qolgan mahali.
Pomidor rangini qizil qilishga xizmat
qiluvchi likopin birikmasi prostata bezi
saratoni xavfini kamaytirib, uni
davolashga ham yordam beradi.
Birinchi qoida: vahima qilma! Ikkinchi
qoida: shoshma! Uchinchi qoida: birinchi
va ikkinchi qoidaga qaralsin.
Ayollarga ularni qiziqish bilan
tinglaydigan erkaklar ko‘proq yoqadi.
Erkaklar organizmida turli mushaklar
mavjud: bilak, ko‘krak, qorin (press) va
hakozo. Biroq eng asosiy mushak doimo
e’tiborsiz qoldiriladi. Yurak – boshqa mushaklar
bilan bir xil xususiyatga ega. Siz uni ham kuchli
va chidamli, e’tiborsiz qoldirgan taqdiringizda
esa zaif qilishingiz mumkin. Tanlash huquqi
sizda.
Shimning orqa cho‘ntagiga qalin karmon
solib yurish “pastki qavat”larga javobgar
bo‘lgan quymuch (dumda) asab tolalarini
zararlaydi. Bu esa birinchi navbatda bel og‘rig‘ini
keltirib chiqaradi.
Har kuni bir dona banan iste’mol
qilsangiz, uning tarkibidagi kaliy moddasi
qon tomirlari devorlariga xolesterin
to‘planishiga to‘sqinlik qiladi.
Har kuni jismoniy mashqlar qilsangizu
keraklicha uxlamasangiz — hammasi
bekor. Kuniga sakkiz soatdan kam
uxlamang. Agar ko‘proq jismoniy
shug‘ullansangiz, 9 soatlik uyqu katta foyda
keltiradi.
Saraton kasalligining oldini oluvchi o‘nta
mahsulot, bular — brokkoli, pomidor,
ismaloq, apelsin, sarimsoq piyoz, olma,
soya doni, sabzi, ko‘k choy, qora uzum.
Muntazam jinsiy aloqa (bir nafar sog‘lom
sherik bilan) immunitetni
mustahkamlaydi.
Avtomobilda burilish uchun kutayotgan
bo‘lsangiz, g‘ildiraklarni to‘g‘riga qaratib
qo‘yganingiz ma’qul. Orqadan biror
befahm turtvorsa, boshqa qatorga o‘tib, yanada
og‘irroq holga tushishdan saqlanasiz.
Har kuni ikki dona olma iste’mol
qilsangiz, katta imkoniyat bilan yiliga 5 kg
ozasiz.
Ro‘molchaga burningizni qoqqaningizdan
keyin uni aslo tekshira ko‘rmang. Aks
holda boshqalar ko‘ziga juda xunuk
ko‘rinasiz.
Avtomobilingizni iloji bo‘lsa
manzilingizdan uzoqroqda qoldiring. Bu
sizga ko‘proq piyoda yurishga xizmat
qiladi.
Har qanday kiyimni sovuq suvda
chaysangiz, ishingiz osonlashadi.
Agarda sizni maqtashayotgan bo‘lsa,
shunchaki “rahmat” ayting, kam ham,
ortiqcha ham gapirmang.
Och bo‘lsangiz, xarid qilishga
chiqmaganingiz ma’qul. Har doim
ortiqcha narsalar sotib olasiz.
Avtomobilingizda odeyal, yoritkich (fonar)
va zaxira batareyka olib yuring.
Hech qachon vaqt yetishmayotganidan
nolimang. Eynshteyn, Geyts yoki Sorosda
ham sizda qancha bo‘lsa, o‘shancha vaqt
bo‘lgan.
Klassik rangdagi (qora, ko‘k, kulrang)
toza jundan tayyorlangan yengil
kostyumni yil o‘n ikki oy kiyib yurish
mumkin.
Liftga erkaklar birinchi kirishlari,
chiqayotganda esa ayollarni o‘tkazib
yuborishlari kerak.
Yangi xarid qilgan oyoq kiyimi
oyoqlaringizga qattiq tegayotgan bo‘lsa,
uning ichiga qo‘l uchun mo‘ljallangan
kremdan surting. Shunda u ancha mayinlashadi.
Ish kostyumingizda uchta tugma bo‘lsa,
tepadagisini ba’zida, o‘rtadagisini har
doim taqib yuring, pastki tugmani esa
didsizlargina qadab yuradi.
Restoranga erkak kishi birinchi bo‘lib
kiradi. Agarda restoranda shveytsarlar
ishlasa, u holda erkak kishi ayolni
o‘tkazib yuborishi lozim.
Yo‘ltanlamas avtomobil haydovchilariga
kostyum-shim kiyish mutaxassislar
tomonidan tavsiya qilinmaydi. Axir
bunday avtomobillar ko‘ngilli xordiq chiqarish
uchun mo‘ljallangan.
Doimo kompyuterda ishlovchi erkaklar!
Har 45 daqiqadan so‘ng o‘rnigizdan
turing, xona bo‘ylab yuring yoki
tashqariga chiqib, toza havodan nafas olib keling.
Sizning sog‘lig‘ingiz ishingizdan afzalroq va
qimmatroq ekanini unutmang!
Ayollarga taqinchoq sotib olmoqchi
bo‘lgan erkaklar unga son mingta
savollarni berishlari shart emas.
Shunchaki uning kiyim jovoni(kiyinishiga)ga
diqqat qaratsa kifoya.
Chekuvchi erkaklar tez-tez sabzi
iste’mol qilib yurishlari foydadan holi
bo‘lmaydi. Chunki bu mahsulot tarkibidagi
beta-karotin va E vitamini o‘pka faoliyatini
yaxshilaydi, saratonni keltirib chiqaruvchi erkin
radikallarga qarshi kurasha oladi.
Muvaffaqiyatga erishish uchun o‘zingizga
“Nima sababdan menda o‘xshamayapti?”
degan savol o‘rniga “Nima qilsam menda
o‘xshaydi? deya savol berishni o‘rganing.
Qovurilgan tuxum (omlet) ko‘pchib
chiqishi uchun aralashtirishdan avval 1-2
osh qoshiq sovuq suv solib yuboring.
Olimlarning fikriga ko‘ra, odatlarning
shakllanishi uchun o‘rtacha 66 kun kerak.
Demak, siz ertalab yugurish, kechki sayr
yoki boshqa biror foydali yumushni odatga
aylantirmoqchi bo‘lsangiz, kamida ikki oy sabr
qilishingiz kerak.
Jismoniy mashg‘ulotlar vaqtida
mushaklar bir ishni qanchalik ko‘p marta
bajarsa, ularda ishtirok etuvchi mushak
tolalari soni shunchalik kamayib boradi. Behuda
zo‘riqishni yo‘qotish uchun esa u yoki bu
mushaklar uchun mashg‘ulotlarni tez-tez
o‘zgartirib turish lozim.
Ovqatlanish ratsioningizga ko‘proq meva
va sabzavotlar kiriting, kunida eng
kamida 1,5-2 litr toza suv ichishni kanda
qilmang.
Jismoniy mashg‘ulotlar haftasiga uch
martadan oshmasligi kerak. Shuningdek,
mashg‘ulotlar vaqtini ham 40-45
daqiqadan oshirib yubormang.
Kompyuteringizga sichqoncha
tanlayotganda uning hajmi kaftingizga
mosligiga e’tibor qarating. Barmoqlaringiz
erkin holatda turganda ham sichqoncha bilan
ishlash imkoni bo‘lishi, uni ushlab turish uchun
ortiqcha kuch talab etilmasligi kerak. Aks holda
qo‘lingiz tezda toliqib qoladi.
Quyuq ovqatlarni teshik kulcha shaklida
isitsangiz, tezroq isiydi.
Devor teshayotganda zarralar polga
tushmasligi uchun stikerdan
foydalanishingiz mumkin. Buning uchun
stikerning pastki qismini yuqoriga qaratib qayirib
qo‘yasiz.
Devorga mix qoqayotganda qo‘lingizni
urib olmaslik uchun kiyim qistirgichidan
foydalab, mixni to‘g‘ri tutib turishingiz
mumkin.
Yoqangizni dazmol qilishda ayollar soch
dazmolidan ham foydalanish mumkin.
Charmdan tayyorlangan tuflingizni
tozalab, yaltiratmoqchi bo‘lsangiz, unga
zaytun moyini surting va yaxshilab arting.
Shaxsiy avtomobildagi eng obro‘li joy —
haydovchi yonidagi o‘rindiq hisoblanadi.
Taksida esa haydovchining orqa diagonal
tomonidagi o‘rindiq. Demak, ota-onangiz,
ustozlar yoki hurmatli mehmonlarni ana shu
o‘rindiqqa o‘tqazing.
Bo’yoq idishidan ortiqcha bo’yoq oqib
ketmasligi uchun, bo’yoq idishning
o‘rtasidan (ko‘ndalangiga) rezinka
o‘tkazib oling va bo’yoq shyotkadagi ortiqcha
bo’yoqni o‘sha rezinkaga surtib olasiz. Shunda
ortiqcha bo’yoq tashqariga emas, idish ichiga
tushadi.
Albatta erkaklar uchun foydali bo’lgan
maslahatlar yuqoridagi 50 maslahat bilan
cheklanib qolmaydi. Sizda ham erkaklar uchun
foydali maslahatlaringiz bo’lsa quyida biz bilan
ham baham k’oring.
Категория: Yigitlarga Maslahatlar | Просмотров: 4010 | | Рейтинг: 5.0/38
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz