SHERLAR.BIZ Shanba, 20.04.2024, 10:38
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 3
Mexmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Fevral » 28 » Zulayxo Boyxonova muhabbat va ko’ngil kechinmalari kechasidan
08:49
Zulayxo Boyxonova muhabbat va ko’ngil kechinmalari kechasidan
2014-yil qish faslining so’ngi kunlari - 24-25-26 fevral oqshomlarida "Istiqlol” san’at saroyi tomon oshiqayotgan odamlar oqimi muntazam qalin bo’ldi. O’zbekiston xalq artisti, shirali, jozibali va eng muhimi xonandaning o’zi ta’kidlaganidek yurakdan yuraklar uchun kuylovchi el ardog’idagi san’atkor Zulayxo Boyxonova o’zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. Har uchala kunda barcha o’rindiqlar asosan o’rta va yoshi ulug’ muxlislar bilan to’lib toshdi. Konsertga kirolmay armonda qolganlar ham kam bo’lmadi. Endi dastur haqida to’xtaladigan bo’lsak, Zulayxo opaga gap yo’q, tayyorgarlik alohida va chin ko’ngildan ko’rilganligini zumda payqash mumkin. Yana shuni ham aytish kerakki, konsert haqiqiy konsertdek bo’ldi. Ammo kezi kelganda shuni ham aytish kerakki tashkilotchilarga bog’liq bo’lmagan, ba’zibir atrofdagi kimsalarning loqaydligi ayrim ko’ngilni xira qiluvchi vaziyatlarga bois bo’ldi. Xususan tashrif buyuruvchi ommaviy axborot vositalari xodimlarining ro’yxati kirish eshiklaridagi mas’ul xodimlarga avvaldan taqdim etilgan bo’lsada, ular ro’yxatda OAV vakillari yo’q ekanligini pasha qilib anchagina mone’lik qilgandek bo’lishdi. Xayriyatki muammoga aql-hushimizni joyiga qo’yib, "Yana bir bor qarangchi, bo’lishi kerak…” deganimizdan keyingina yechim topdik. Afsuski bu pallada jurnalistlar uchun qiziq jabhalar, tayyorgarligu repititsiya jarayonlari ortda qolgan, konsertga start berish arafasida edi. Sahnada Zulayxo Boyxonova ilk qo’shig’ini kuylar ekan, xalq tengma-teng olqishlab turishdi, qarsaklarning keti uzilmadi. Xalq artistining o’zi esa kirish so’zida ko’ngil haqida bir chiroyli so’zladiki, asti qo’yaverasiz, muxlislarning ko’nglini bir qad shod ayladi desak mubolag’a bo’lmas. Boyxonova har bir ijro etiladigan tarona avvalboshida uning yaratilish tarixi, kimning g’azali yoki she’ri ekanligini tilga olib, so’ng qo’shiqni mohirona ijro etardi. Biroz o’tmay xonandaning hamkasbu shogirdlari tomonidan guldastlar ulashila boshlandi. Zulayxo Boyxonova esa tashrif buyurgan hamkasblarini tilga ola boshladfi: Gulsanam Mamazoitva, Yulduzxonim, Abdurashid yo’ldoshev, Hosila rahimova, … biroz tanaffus va ajib taajjubdan so’ng: Ozodbek Nazarbekov! Zal hayqirib yubordi. Zulayxo opa ham boshqacha tonda, kutmagandek Ozod-akaning nomalrini tilga oldilar… Xullas, iliq mehr-muhabbat og’ushida konsert davom etar ekan, yana ba’zi kamchiliklarga ko’z yumolmay qalam ostiga olsihga majburman. Nega chiroqdan unumli va maqsadli foydalanishmaydi aksariyat konsertlarimizda? Ushbu dasturda ham chiroqlar bilan yaxshi ishlanmagani yaqqol ma’lum, konsertning yarimigacha esa ikki tarafdan tomoshabinlarning ko’zini cho’tlab chiroqlar yoroilganligi ko’pchilikning g’ashiga tegdi. Sahnadagi katta monitor boshqaruvchilarini aytmaysizmi? Hali klip kechikadi, hali tasvir qochadi, hali kadr o’rtada yo’qolib yana gup etib paydo bo’ladi. Nazarimda yonimdagi muxlislarning biri tomonidan bildirilgan "Bunaqa monitorning bo’lganidan bo’lmagani yaxshi edi” degan mulohaza anchagina haq edi. Ammo aynan ushbu monitorda ayrim kliplarning qo’shiq bilan bir vaqtga namoyshga qo’yganligi aksaryatga manzur bo’ldi. Xususan yodingizda bo’lsa konsertdan bir muddat oldin Zulayxo Boyxonovaning "Olcha gulim” qo’ig’iga ishlangan klip syomka jarayonidan reportaj tayyorlagan edim. Yosh va qobiliyatli aktyor Sharof Sharapov ishtirokidagi mazkur klipning tayyor varianti ham ekranda namoyish etildi va barcha tomonidan iliq kutib olindi. Zulayxo Boyxonova konserti davomida O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidoving Ogahiy misralarini sharh etganliklarini yodga oldi, aynan shu misralar ishtirokidagi qo’shqini ham mahorat bilan ijro etdi. Uchta qizil, ko’k va qora ko’ylaklarda sahnaga chiqqan xonanda chiqishlarining birida libosini sahnada to’g’irlab olganligini aksariyat payqashmagan bo’lsada, xonandaning ozi miyig’ida kulib buni bildirib qo’ydi. Darvoqe, barcha guldastalarni zaldan uzatgan bo’lsa O’zbekiston xalq artisti G’ulomjon yoqubov ichkaridan, sahna tomonidan guldasta bilan chiqib keldi va shirin tabrikni ham ilova ayladi. Zulayxo Boyxonova yana bir chiqish e’lonida O’zbekiston xalq artisti, professor Abduhoshim Ismilovni sahnaga taklif etdilar. Boyxonovaning ustozlari sanalgan Abduhoashim aka g’ijjakda shunchalar ajoyib ijroni taqdim etdilarki, yozgan bilan ta’riflay olsam o’lay agar! O’zbekiston xalq artisti Erkin Komilov ham "Ona” mavzusidagi monologni shunchalar mahorat bilan ijro etdiki… Rahmat, ustoz! Shundan so’ng Zulayxo Boyxonovaning "Ona” va "Ayol” mavzularidagi qo’shiqlari ijro etildi. Sahnalashtirilgan raqslarga ham gap bo’lishi mumkin emas, kimlarning mhnati yotgan bo’lsa alohida e’tirofga loyiq! Har bir raqsdan keyin Zulayxo-opa "Rahmat, qizlar” deb raqqosalarga dalda bo’lib turdilar. Konsert davomida qoyil qoladigan yana ko’plab jihatlarning guvohi bo’lish mumkin edi. Ayniqsa Zulayxo boyxonovaga odat bo’lib qolgan ajib qo’l harakatlariyu mimikalar shular jumlaisdandir. Xullas bus afar ham Zulayxo Boyxonova asl milliylik va ko’ngilga yaqin qo’shiqlari bilan yana bir bor el olqishig’iga sazovor bo’ldilar. Opajon, tabrigimzini qabul aylang, ijodingiz bardavom bo’lsin!
Parviz FATTOYEV
Категория: Shou biznes olami | Просмотров: 954 | | Теги: Zulayxo Boyxonova muhabbat va ko’ng | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Fevral 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz