SHERLAR.BIZ Payshanba, 26.12.2024, 17:16
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Yanvar » 27 » Ziyon Zaxmatning yarim tundagi makri
18:26
Ziyon Zaxmatning yarim tundagi makri
"Ziyon-Zahmat" - nima bu o'zi ? Ziyon-Zahmat, asosan kechqurunlari soat 00:00 dan, 03:00 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida chiqib izg'iydigan, g'ayrioddiy sharpa. U harqanaqa qiyofalarga kira oladi. Asosan hechkim yo'q, chekka joylarda izg'iydi. Hechkim yo'q joylarda bir o'zingiz bo'lsangiz, u sizni turli xil hiylalariga boshlab, ko'z o'ngingizda biron-bir qiyofada namoyon bo'ladi. Ammo, harkim ham unga duch kelavermaydi. Meni ismim Sohib. Yoshim yigirmada. Ilgari Ziyon-Zahmatlar haqida gap ketsa, umuman ishonmay, gapirib o'tirgan o'rtog'larimni ustidan kulardim. -"Bo'lmag'ur voqealarni nega gapiryapsilar ?" - deb. Aslida ular bo'lib o'tgan voqealar haqida gapirishardi. Buni bilardim-u, lekin ishongim kelmasdi. Kimdir otasini boshidan o'tkazgan voqealarni gapirsa, yana kimdir buvasini ziyon- zahmatlar haqidagi voqealarni gapirib berardi. Yaxshilab ularni so'zlariga quloq tutdim. Bir o'rtog'im, buvasini qanday qilib qo'llari shol bo'lib qolganini gapirib berdi ... - O'tkan yili buvam, ochiq dalaga suv qo'yish uchun, kechqurun soat 01:00 lar chamasi uydan chiqib ketdilar. Negaki, bizda faqat kechqurunlari suv anhorda to'lib kelardi. Kunduzi ko'pchilik suvdan foydalangani bois, suv sathini pasaytirib qo'yishardi. Shuning uchun ham buvam, kechqurun bedapoyaga suv qo'yish uchun yo'lga chiqdilar. Atrof qop-qorong'u. Hammayoq suv quygandek jim-jit. Buvam Velosipedda dalaga ketayotib, birdan yo'lda oq porlab turgan bir narsaga ko'zlari tushdi. Biroz qo'rquv va hayajon bilan, unga yaqinlasha boshladilar. Yaqinroq kelib qarasalar, oppoq soqolli bir echki, yo'l chetida turibdi. O'zidan xuddi chiroq singari nur taratib turardi. Buvam echkiga yaqinlashib, uni tutmoqchi bo'ldilar. Echki esa, qimir etmay joyida turardi. -"Kimningdir echkisi podadan chiqib ketibdi" degan hayol bilan, echkini mahkam tutib oldilar. Echkini olib, velosiped oldi tomoniga qo'ydilar va uyga qaytmoqchi bo'ldilar. Yo'lda ketayotib, nogahon ko'zlari echkiga tushdi. Birdan qo'rqib ketib, velosipedni to'htamoqchi bo'ldilar. Lekin qattiq qo'rquv natijasida boshqaruvni yo'qotdilar. Natijada yerga qattiq yiqilib ketdilar. Nimaga rul boshqaruvini yo'qotganlariga hayron bo'lmang. Boyagi echkining ko'zlari ikkita emas, to'rttaga aylangandi. Buni ko'rib, buvam qo'rqib ketdilar. Echki to'rtta chaqnab turgan ko'zlari bilan baqraygancha, buvamga tikilib turardi. -"Tushmi-bu yoki o'ng ?". Tillari aylanmay, bir amallab zo'rg'a -"Astag'firulloh" so'zini ayta oldilar. Shu so'zni aytganlari zahotiyoq, echki ko'zdan g'oyib bo'ldi. Buvam qo'rqa- pisha velosipedni tashlab, uyga yugura ketdilar. Uyga qaytgach, chamasi 1 hafta o'zlariga kela olmadilar. Nuqul -"Astag'firulloh, Yo'qol shayton !" so'zini takrorlayverardilar. Shundan so'ng, o'zidan-o'zi bir qo'llari shol bo'lib qoldi ... Oradan 2 - oy o'tibgina, buvam manashu bo'lib o'tgan voqeani gapirib berdilar. Echki aslida haqiqiy echki emas, echki qiyofasidagi Ziyon-Zahmat bo'lgan ekan ... Shu so'zlarni aytib, o'rtog'im gapini tugatdi. Bu gaplarni eshitib, bir ishongim kelardi, bir ishongim kelmasdi. Balki yolg'ondir, balki rost ... Bu gaplarga parvo qilmay, uyga qaytdim. Bir kichik maktabda, otam bilan qorovul bo'lib ishlayman. Kechqurunlari biroz vahimali bo'lsada, odatda bir o'zim maktabda ko'p qolardim. Birinchi yolg'iz qolgan kunlarimda qo'rqgandim. Ammo, asta-sekinlik bilan o'rganib ketdim. Hozir hechnimadan qo'rqmayman. Chunki vahimali narsalarga umuman parvo qilmayman. Shuning uchun yuragimga qo'rquv butkul begona. Yarim tun bo'lsa-da, bir o'zim qo'rqmay hechkim yo'q joylarda ham yura olaman. O'zimga bo'lgan ishonchim juda kuchli. Kunlarning birida, hardoimgidek o'zimni navbatchiligimda o'tirgandim. Tobora qorogng'u tushavergach, maktabdagi chiroqlarni yoqdim. Kechki ovqatni tayorlab, ovqatlanib ham oldim. Qorovulxonada barcha sharoitlar mavjud. Televizor, radio, dvd ... Xullas hechnimadan zerikmasdim. Soat 23:00 lar chamasi, ko'zim ilinib, uxlab qolibman. Shirin uyqudaman-u, kimdir meni ismimni aytib chaqirayotganini eshitardim. Qulog'imga yaqin bir o'rtog'imni ovozi eshitilardi. Lekin hali ham uyg'onganim yo'q. Hayolimda xuddi tushimda chaqirishayotgandek tuyulardi. Yetti, sakkiz bor chaqirgandan so'ng, birdan uyg'onib ketdim. Tushimda emas, o'ngimda meni chaqirishayotganini angladim va derazadan ko'chaga qaradim. Chamasi 20 - 30 metrlar uzoqlikda, daraxtlar ortida kimdir turgandi. - Kim-u ??? - derazani ochib, biroz qo'rquv bilan so'radim, uzoqda turgan kishiga qarab. - Sohib, bu menman. O'rtog'ing G'ayratman. - dedi uzoqda turgan notanish kimsa javob berib. - G'ayrat ??? Rostdan senmisan o'rto ? - ovozi G'ayrat degan o'rtog'imni xuddi o'zi edi. - Ha-da, menman. Ko'chaga chiqgin. Senda gapim bor. - G'ayrat bo'lsang, nega uzoqda turibsan ? O'zing yaqinroq kelchi. - Biroz xavotirlanib, o'zini chaqirdim. Odatda G'ayrat o'rtog'im ko'p oldimga kelardi-yu, lekin hech bunaqa tarzda kelmagandi. Kelsa ham, eshikni oldiga kelib, taqillatardi. Keyin biron marotaba bunaqa kech tushganda kelmagan. Soatga qarasam, 01:25 daqiqa o'tgan. Shunga ajablanib, ko'chaga chiqmadim. - G'ayrat, agar sen bo'lsang, o'zing kel buyoqga ! - Sohib, axir men o'rtog'ingman. Kela qolsang- chi. Ikki og'iz zarur gapim bor edi. - javob berdi daraxtlar ortidan turib. Shu onda, o'rtog'larimni Ziyon-Zahmat haqidagi gaplari esimga tushdi. Yarim kechada ular harqanaqa qiyofaga kira olishadi degan gaplarini eslab, tezda : "Bismillahu Rohmani Rohiym" so'zini uch bor aytdim. Meni ismimni tinmay aytib chaqirayotgan tashqaridagi kimsani ovozi, kalimani o'qishim bilan, birdan tinchib qoldi. Biroz qo'rquv bilan, derazadan tashqariga qaradim. Anavi notanish kishi turgan joyda, hechkim yo'q. Hayratdan yoqamni tutdim. - Tovba, tovba, hozirgina o'sha yerda edi-yu ?! Bu qanaqasi bo'ldi ??? Yoki o'rtog'larimni hazilimi-bu ? Meni qo'rqmasligimni bilib, ataylab qo'rqitmoqchi bo'lishdimikan ? Yo bu Ziyon- Zahmat, yoki G'ayrat o'rtog'imni hazili. Agar bu G'ayratni hazili bo'lsa, ko'radi mendan. Lekin, hazil qilmoqchi bo'lgan bo'lsa, nega o'z ismini aytib chaqirdi ? Nega aynan kalimani o'qiganimdan so'ng g'oyib bo'ldi ? U meni kalima o'qiganimni eshitgani yo'q- ku ! Eh, nimalar bo'lyapti o'zi ... Bir amallab tunni o'tkazdim. Erta tongda navbatchilikni topshirib, G'ayrat o'rtog'imni uyiga yugurdim. - Salom G'ayrat. Yaxshimisan ? - Iye, iye ha ? Namuncha nafas olishing tez ? Yugurib kelyapsanmi ? Men yaxshiman. O'zingdan so'rasak ? Tinchlikmi ? - xavotirlanib so'radi G'ayrat. - Tinchlikmas ! Yarim tunda nega oldimga kelding ? - Iye o'rto, bu nima deganing ? - Gapni aylantirma. Shu kechqurun oldimga kelding va uzoqroqda turib meni chaqirding ! Soat ham nechchi edi de, 01:25. Bu paytda kelib, o'zingcha meni qo'rqitmoqchi bo'ldingmi ? - O'rto, chap yoning bilan turdingmi ? Qachon boribman ? Alahsirayapsanmi ? - Tag'in tan olmay, meni jinniga chiqaryapsanmi hali ? Qanaqa o'rtosan o'zi ? - Sohib ! Bu nima deganing ? O'lay agar hech narsaga tushunmayapman. Ochig'roq gapir ! O'rtog'imga kechqurun bo'lib o'tgan voqeani gapirib berdim. Biroz o'ylanib qolgan G'ayrat, so'z boshladi ... - Shunaqa degin ? ... - Ha, shunaqa. Rostdan ham sen kechqurun kelganing yo'qmi ? Lekin seni ovozing edi. Aniq bilaman. - O'rto, qasam ichaman, men seni chaqirib oldinga borganim yo'q. Xudo haqqi axir. Yolg'on gapirsam, Xudo ursin meni ! Menga ishonmaysanmi ? - Ishonaman o'rto. Lekin bular tushimda emas, o'ngimda sodir bo'ldi. Shunga qiziqyapman-da ... Unda seni ovozingda kelgan kimsa kim bo'ldi ??? Bu gaplardan so'ng, G'ayrat meni buvasini oldiga oborishini aytdi. "Qari bilganni, pari bilmaydi, yur buvamdan so'raymiz bu haqda" - deb. Hech ikkilanmay, rozi bo'ldim va tezda G'ayratning buvasini oldilariga bordik. U kishiga ham, kechqurun bo'lib o'tgan voqealarni birma-bir gapirib berdim. G'ayratning buvasi biroz o'ylanib qoldilar-da, sekin so'z boshladilar ... - O'g'lim, Allohni o'zi asrabdi. G'ayrat bo'lib seni chaqirgan, aslida Ziyon-Zahmatdir. Zahmatlar haqida ko'pchilik bilmaydi. Eshitgan bo'lsa ham, bunga ishongisi kelmaydi. Ziyon-Zahmat, shaytondan keyingi o'rinda turadi. U aynan yarim tunda, ya'nikim soat 00:00 dan boshlab, to soat 03:00 gacha izg'iydi. Harkimga ham ro'para kelavermaydi. Inson bir o'zi yolg'iz bo'lgan kezlarda, hechkim yo'q joylarda har xil qiyofalarga kirib, inson ko'ziga namoyon bo'ladi. Kimgadir har xil hayvonlar bo'lib ko'rinsa, yana kimlargadir odam qiyofasiga kirib namoyon bo'ladi. Senga o'rtog'ing qiyofasiga kirib namoyon bo'libdi. Agar sen o'shanda tashqariga chiqib, uni oldiga borganingda, qattiq qo'rquv natijasida Xudo ko'rsatmasin- u, yo o'larding, yoki shol bo'lib qolarding. Muqaddas kitoblarda yozilishicha, inson yolg'iz bo'lgan vaqtlarda, o'zi bilgan duolardan uch marotaba o'qishi lozim. Hech bo'lmaganda "Bismillahu Rohmani Rohiym" yoki "Astag'firulloh" so'zini uch marotaba aytishi lozim. Shundan so'ng, harqanaqa sharpa yoki shayton ham, insondan yetti qadam uzoqroqda yurarkan. Bunga ko'pchilik ishonmaydi. Shuning uchun ham, Ziyon- Zahmat shunday qiladiki, sen uni ko'rib, boshqalarga aytasan, lekin hechkim gaplaringa ishonmaydi. Mana ko'rdingmi uning karomatlarini ? Ko'pincha chet joylarda yolg'iz yuradigan odamlarga har xil qiyofalarda ko'rinadi. Sen ham ko'pincha bir o'zing navbatchilikda qolasan. Bilasan, maktab chet joydi. Buning ustiga, maktabning orqa tomonida mozor ham bor. Bu kabi joylarda, ko'p bunaqa hodisalar uchrab turadi. Shuning uchun, yotishingdan oldin "Bismillahu Rohmani Rohiym" so'zini uch marotaba aytib, keyin yotgin. Shunda harqanaqa Zahmat yoki Shayton ham, sendan yetti qadam uzoqda yuradi. - Tushunarli Samad buva. Kattakon rahmat sizga. Ancha kerakli ma'lumotlarga ega bo'ldim ... G'ayratning buvasi, Samad buva bilan xayrlashib, uyga qaytdim. Bo'lib o'tgan voqealarni eslab, yuragimga qo'rquv rahna sola boshladi. Uyga qaytgach, bu haqda o'ylab ko'rdim va ko'plab o'rtog'larimga gapirib berdim. Samad buva aytganlaridek, so'zlarimga hechkim ishonmadi. Meni jinni deb ba'zilar, mazax ham qilishdi. Mayli, nima ham derdim ... Ilgari o'rtog'larim bu haqda gapirishganda men ishonmay, ularning ustidan kulardim. Balki qaytar dunyo bo'lgani uchun, o'zim ham shu holga tushgandirman. "Birovning ustidan kulma zinhor ..." deyishadi-ku ...
Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 805 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 2
Shox101027.01.2013 21:45
Shox101027.01.2013 21:45
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz