SHERLAR.BIZ Shanba, 27.04.2024, 00:05
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Mart » 29 » Жумани хосиятлари.
10:44
Жумани хосиятлари.
Hikoya qilinishicha, Molik ibn Dinor
zamonasida majusiy akaukalar bo‘lib, biri
olovga 73 yil, ikkinchisi esa35 yil ibodat
qilibdi. Kunlarning birida kichigi kattasiga:
«Ey aka, mana falon yildan beri olovga
ibodat qilyapmiz, keling, uni bir sinab
ko‘ramiz. Agar bizni boshqaodamlarni
kuydirgandek kuydirsa, unga ibodat
qilmaymiz. Agar kuydirmasa, o‘lgunimizcha
unga ibodat qilamiz», dedi.Keyin olov
yoqishdi. «Birinchi bo‘lib sen qo‘lingni
olovga tiq», dedi kattasi. Kichigi qo‘lini
tiqqanida, olov uni kuydirdi. U qo‘lini tortib
olib: «Ey olov, falon yildan beri senga
ibodat qilyapman. Sen esa menga aziyat
berding!» dedi va akasiga: «Ey aka, keling
shunga ibodat qilmaylik», desa, akasi: «Men
unga ibodat qilishni tark qilmayman», deb
javob berdi. Ukasi olovga ibodat qilishni
tashlab, Molik ibn Dinorning oldiga keldi. U
va'z qilib turgan edi. Molik unga va ahli
baytiga Islomni tushuntirgach, hammalari
Islomga kirishdi. Molik unga: «Oldimga
o‘tirgin, men senga do‘stlarimdan mol yig‘ib
beraman», deganida u: «Men dinimni dunyo
evaziga sotishni xohlamayman», deb qaytib
ketdi. Shahardagi xarobalardan biriga borib,
oilasi bilan birga u yerda qo‘nim topdi va
Allohga ibodat qila boshladi. Tong otgach,
ayoli: «Bozorga borib ishlang va yeyishga
taom sotib oling», dedi. U bozorga bordi,
ammo biron kimsa uni ishga olmadi.
Shunda u o‘ziga: «Alloh uchun amal qilgin»,
dedi-da, masjidga kirib namoz o‘qiy
boshladi. Kech kirgach, uyiga quruq qaytdi.
«Biron narsa topmadingizmi?» deb xotini
so‘raganida, u: «Bir odamnikida ishladim, u
ish haqimni ertaga berishniva'da qildi»,
deb javob berdi. Ular kechani och holda
o‘tkazishdi. Ertasi kuni yanashu holat
takrorlandi. Kechasi uyiga hech narsasiz
qaytdi. Xotini sababini so‘raganida
kechagidek javob qildi. Uchinchi kuni - juma
kuni ham bozorga bordi. Yana biror ish
topolmadi. Masjidga borib, juma namozini
o‘qigach, qo‘lini osmonga ko‘tarib, «Yo
Parvardigor, bu dinning hurmati, bu
kunning hurmati bilan so‘raymanki,
qalbimdan ahli oilam nafaqasining g‘amini
ko‘targin. Albatta, men ayolimdan hayo
qilyapman va ularga ochlik g‘alaba qilib,
akamning diniga qaytib ketishlaridan
qo‘rqyapman», deb duo qildi. Shu payt bir
kishi ularning eshigini taqillatdi. Ayoli chiqib
qarasa, chiroyli yigit usti ro‘molcha bilan
yopib qo‘yilgan oltindan yasalgan tovoqni
qo‘lida ushlab turibdi. Yigit ayolga: «Buni
olgin va eringga aytgin: «Bu eringning juma
kuni Alloh uchun qilgan amalining haqqidir.
Bu kundagi ozgina amalning ajri Allohning
huzurida ko‘pdir», dedi. Ayol tovoqdagi
ro‘molni olsa, unda ming dinor bor ekan. Bu
dinorni olib zargarning oldiga bordi. Zargar
uni o‘lchab ko‘rsa, dunyo oltinidan ikki
barobar og‘ir ekan. Dinorning naqshlariga
qarab bu dunyo dinorlaridan emasligini
angladi. «Qaerdan olding?»deb so‘radi.
Ayol bo‘lgan voqeani aytib berdi. Zargar
ham Islomga kirdi va ayolga ming dinor
berdi. Eri esa namoz o‘qib bo‘lgach, uyiga
qaytdi. U ro‘moliga tuproq solib: «Xotinim
un olib keldim, deyman», deb xayol qildi.
Uyiga kirgach, taomning hidini sezdi.
Ro‘molni eshikning oldida qoldirib,
xotinidan bu hodisaning sirini so‘radi. Xotini
bo‘lgan voqeani aytib berdi. Yigit bu
ne'matlar uchun Allohga shukrona sajdasini
qildi. Xotini undan: «Nima olib keldingiz?»
deb so‘raganida u hijolat bo‘lib:
«So‘ramagin», dedi. Xotini ro‘molni ochib
qarasa, juma namozining hurmatidan
tuproq unga aylanib qolgan edi.
Muso alayhissalom Baytul Maqdisdagi
tog‘ning oldiga kelganlarida, Allohga jiddu
jahd bilan ibodat qilayotgan qavmni
ko‘rdilar. Muso alayhissalom ularning
kimligini so‘raganlarida, ular: «Biz sizning
ummatingizmiz. Bu yerda Allohga yetmish
yildan beri ibodat qilmoqdamiz. Libosimiz
sabr libosi, taomimiz yer giyohlari,
ichimligimiz yomg‘ir suvidir», deb javob
berishdi. Muso alayhissalom bundan
xursand bo‘ldilar. Shunda Alloh u kishiga
vahiy qildi: «Ey Muso, Muhammadning
ummati uchun bir kun borki, undagi ikki
rak'at namoz amallarning hammasidan
yaxshiroqdir». Muso alayhissalom: «Yo
Parvardigor, u qaysi kun?» deb
so‘raganlarida Alloh: «Jumakunidir», deb
javob berdi. Muso alayhissalom bu
ummatning afzalligidan ajablandilar.
Rasululloh sollallohu alayhiva sallam
aytdilar: «Mening oldimga Jabroil
alayhissalom keldi va u kishining kaftlarida
oq ko‘zgu bor edi. U menga: «Bu juma kuni.
Bu kunni sizga va sizdan keyingi
ummatingizga iyd-bayram bo‘lishi uchun
Alloh sizga berdi», dedi. Ko‘zguning
o‘rtasida qora nuqta bor edi. Men: «Bu
qanaqa nuqta», deb so‘radim. Jabroil
alayhissalom: «Bu juma kunidagi bir soatki,
kim Allohga ushbu soatda duo qilsa, Alloh
uni ijobat etadi», deb javobberdi».
Прикрепления: Rasmi batafsil ko'rish 1
Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 1056 | | Рейтинг: 5.0/5
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz