SHERLAR.BIZ Juma, 26.04.2024, 03:25
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Aprel » 6 » Zarina Nizomiddinova: Internetdan uzoqroq yurishga harakat qilaman
14:40
Zarina Nizomiddinova: Internetdan uzoqroq yurishga harakat qilaman
Yoshlarimizga gap yo'q...
Bugun saytimizga mehmon tariqasida tashrif
buyurgan ijodkor, sizning sevimli
aktrisangiz, ko'pgina filmlarda bir qator
obrazlari orqali elga juda yaxshi tanish
bo'lgan Zarina Nizomiddinova! U bilan
barcha taniqli insonlar bilan qurgan
suhbatimizdek dildan suhbat qurdik.
Marhamat ushbu suhbatimizni sizga havola
etamiz.

- Hozirgi kunda ijodingizda qanday
yangiliklar?

-Ijodimda bu yil juda ham sermahsul, ijodga
boy bo'lgan yil bo'ldi desam mubolag'a
bo'lmaydi. 2013-yilni juda ham omadli
boshladim. Hozirgi kunda premyerasi bo'lib
o'tgan filmlarim bilan hisoblaganda sakkizta
filmda rol ijro etishga ulgurdim. Ulardan
ikkitasini, ya'ni yanvar oyida "Yagonamsan"
hamda kuni kecha mana shu mart oyida
bo'lib o'tgan "Payshanbadan-
payshanbagacha" filmlarining premyerasi
bo'lib o'tdi. Bu ikki filmdagi obrazlarim
umuman bir-biriga o'xshamaydigan ikki
xildagi film desa bo'ladi. Biri komediya,
ikkinchisi esa melodramma janridagi rollar.
Tomoshabin va muxlislarimga qiziq bo'ladi
deb o'ylayman va yana beshta filmimning
premyerasi hozir kutib turibdi. Ulardan biri
Said Muxtorovning "Girdob" filmi, undan
keyingisi Jon Rid Sagdiyevning "Tasqara"
filmi, Jasur Shametovning hozirgi ishchi
nomi "Gunoh" va Tamara Kamalovaning
Davlat buyurtmasiga binoan "Oftob chiqdi
olamga" nomli filmi. U yerda men kichkina
rol ijro etgan bo'lsam ham butun film
mobaynida mana shu qahramon qiz
eslanadi. Shu bilan birgalikda "Fotima va
Zuhra 2" filmida ham rol ijro etdim. Bu film
biz bilgan "Fotima va Zuhra" filming davomi
emas. Umuman boshqa g'oya asosida film
suratga olingan. Boshqa aktyor hamda
aktrisalar rol ijro etishgan. Shunchaki bu
filmda bosh qahramon qizlarning ismlari
nomiga film Fotima va Zuhra deb atalgan.
Juda ham kuchli daramma. O'ylaymanki
barchaga yoqadi. Hozirda filmlarimiz juda
ham ko'p, ammo bunday daramma hali
suratga olinmagan edi.

- Tomoshabinlar sizni faqatgina mayus
qizlarning obrazida ko'radilar. Komediya
janridagi filmlarda juda kam rol ijro
etasiz. Nima uchun? Balki bu boradagi
tajriba sizga kamlik qilayotgandandir?

-Yo'q, gap unda emas. Birinchidan men
bachkanalik, har xil qiliqlar qilib, yuzlarimni
xunuk qilib berishim mumkinku, ammo men
o'zim bu narsani hohlamayman. Baribir
tomoshabin meni "Romeo va Julyetta"
filmidagi Julyetta obrazida ko'radi. Ammo
"Payshanbadan-payshanbagacha" filmida
men komedik rolni ijro etdim. Filmda erkak
kishi menga aylanib qoladi. Ovozi esa
qoladi. Bu aktyor Tolib Mo'minov. Men bu
aktyorning qanday rol ijro etganlarini,
o'ynagan rollari orqali ko'rib chiqdim.
Sababi men filmda chiroyli qiz emas, balki
erkak bo'lishim kerak. Bu filmni tomosha
qilishlarini maslahat bergan bo'lar edim.
Juda ham zo'r film chiqdi. Bunday
premyeralar kam bo'ladi. Odamlar
kulganidan filmning ovozi eshitilmadi xatto.
Xuddi kutganimizdek bo'ldi. Said
Muxtorovning "Girdob" filmida salbiy
qahramon obrazini ijro qildim. Fimlarda
rollar bir-biridan farq qilish uchun albatta
komedik rollarni o'ynash shart emas. Mayus
rollarning ham ming hili bor. Xushchaqchaq
insonlarning ham ming hili bor. "Parizod"
filmida ham o'ynagan obrazim umuman
boshqacha. Bo'lmasa u obrazim ham og'ir-
bosiq qizning obrazi. Ammo "Romeo-
Julyetta" dagi Julyetta emas, "Qora ko'z"dagi
Qora ko'z emas. Ba'ri biri-biridan farq
qiladi. Bizni rolni qanchalik chiqarib bera
olishimiz o'zimizga bog'liq, to'g'ri. Ammo
aktyorni ana shu obrazga yo'naltirib olish
bu rejissyorni ishi.

- Rejissyorlar tomonidan rol takliflari
tushganida rad javobini ham berasizmi?

-Albatta. Agar shu vaqtga qadar rollarni rad
etmaganimda, o'nta emas, yuzta filmda
chiqar edim. (Kuladi)

- O'zbek kino sanoatida o'zingizga yarasha
muxlislaringiz bor. Rollaringizda o'zgacha
obrazlarga kirishda sizga ko'proq kim
yordam beradi. Ustozingiz kim, yoki bu
qobilyatingiz mevasimi?

-Biron-bir filmni ssenariysini qo'limga
berishganida men onam bilan birgalikda
o'qiyman. Onam san'at sohasida o'qimagan
bo'lsalar ham, san'atdan xabarlari bor.
Ularda shunaqanggi bir qobilyat borki, ya'ni
biron narsani aytib berayotganlarida
obrazga kirib, mahorat bilan aytib
beradilar. Har bitta obrazim ustida onam
bilan birgalikda mashq qilaman. Filmdagi
rollarimning muvaffaqqiyati esa baribir
ko'proq rejissyorga bog'liq deb o'ylayman.

- Internet tarmog'ida Zarina
Nizomiddinova nomini ko'p uchratamiz.
Rostdan ham internet tarmog'ida
faolmisiz yoki sizning nomingiz bilan
boshqa birovlar ish qilishyabdimi?

-"Odnoklassniki" saytiga keladigan bo'lsak,
"Beeline" hamda "Odnoklassniki" sayti
menga rasmiy yulduz berishdi va boshqa
ba'zi san'atkorlarga ham. Ammo bu login
hamda parollarim ana shu narsani
uyushtirgan odamlarda yotibdi haligacha va
natijada meni nomimdan kirib bir narsalar
qilishyabdi. Ularni oldiga borib kelishga
hech vaqt topa olmayapman. Tezroq mana
shu narsani muhokama qilishim kerak. Men
Odnoklassniki saytida yo'qman. Facebook
saytida ham Zarina Nizomiddinovalar juda
ko'p ekan. Bittasi bor menga yoqmagan
rasmlarni, menga yoqmagan gaplarni
gapiradi. Xuddi meni nomimdan gapirib
o'tirar ekan. Men unga yozsam, u xuddi o'zi
Zaridek menga javob beryabdi. To'g'risini
aytsam, agar mana shunaqa odamlarni virus
kabi yo'qotib tashlashni iloji bo'lganida yo'q
qilgan bo'lar edim. Lekin Facebookda men
borman, ammo ism-sharifim bilan emas
balki boshqa nom bilan. Uzoqroq
tanishlarim ham siz ushasizku, kechagina
tushgan rasmlaringizni ham joylashtiribsizku
deyishadi. Ammo, men u emasman,
rasmlarga kelsak, bilmadim qayerdan
olishyabdi.

- Balki ashaddiy muxlisingizdir?

-Muxlis bunday xunuk tushgan va menga
yoqmagan suratlardan tortib, bo'lgan-
bo'lmagan narsalar haqida yozib
tashlayvermaydi. Yana Twitterda ham
yaqindagina eshitib qoldim. Siz o'zingizmisiz
deb so'rashdi. Twitterda ham men yo'qman.
Chunki, to'g'risini aytganda, avvalo bunday
saytlarga kirishga vaqt ham yo'q va
ikkinchidan uzoqroq yurishga ham harakat
qilaman. Asosan Facebookga bir-bir kirib
turaman bo'ldi. Qolgan saytlarda men
yo'qman. Meni nomim bo'lsa ham demak u
men emas, meni nomimdan ish
qilayotganlar bo'ladi.

- Ijoddan bo'sh vaqtlaringiz ham
bo'ladimi? Agar bo'lsa nimalar bilan
shug'ullanasiz?

-Hozir bo'sh vaqtim umuman bo'lmayabdi
to'g'risini aytsam. Ketma-ket kino filmlarda
suratga tushishimga to'g'ri kelyabdi.
Hattoki, ikkita rejissyor talashib ham
qolishdi. Men ulardan biriga rad javobini
berishga majbur bo'ldim. Ba'zida
fotosessiyalarga chaqirishadi, ikkinchi yerda
esa klipga, xullas mana shunday qilib bo'sh
vaqtim deyarli yo'q. Kliplarni albatta
kinolardan keyin oldim. Misol uchun
yaqindagina Anvar Sanayevning juda ham
ajoyib klipida Adiz Rajabov bilan birgalikda
suratga tushdik. Juda ham ta'sirchan klip.
Umuman olganda Anvar Sanayevning menga
ovozi juda ham yoqadi. Sevgi qo'shiqlarini
juda ham maromiga yetkazib kuylaydi.

- Qo'shiqchilik borasida ham o'zingizni
sinab ko'rdingiz. Ammo hozir to'xtatib
qo'ydingiz chog'i...?

-Men yoshligimdan qo'shiq kuylayman.
Chunki dadam ham O'zbekistonda xizmat
ko'rsatgan artist Shahboz Nizomiddinov. Biz
yoshligimizdan qo'shiq kuylaymiz. Men
uchun bu yangilik emas. Shunchaki o'zim
uchun hobbi qilib aytib qo'ydim
qo'shiqlarni. Balki qo'shiqlarimga kliplar
olarman, balki yana yangi qo'shiqlar
aytarman, ammo bari o'zim uchun bo'ladi.
Asosiy kasbim esa bu albatta aktrisalik.

- Siz rol ijro etgan filmlaringizdan
"Parizod" filmiga keladigan bo'lsak,
mana shu film oxirida qahramoningiz
qayergadir g'oyib bo'lib qoladi.

-Filmda Bozorberdi ismli aqli zaif inson
bo'ladi. Bu rolni taniqli aktyorimiz Tohir
Saidov ijro etgan. Qahramonim esa bu
odamdan juda qo'rqadigan bo'ladi. Filmning
boshlanishi yugurishdan boshlanadi, aslida
bu filmning oxiri bo'ladi. Haligi aqli zaif
Bozorberdi meni qahramonimni quvlaydi.
Qaharamonim esa qochib bir joyga
berkinaman deganida haligi Bozorberdi
eshikni ochib kiradi, qiz esa qo'rqqanidan
o'zini osib qo'yadi. Oxirida qizni
ko'rsatilgani bu shunchaki siymo bo'lib
qoladi. Filmimiz "Kinoshok"da Grand pri
olib keldi. Hozir esa O'zbekiston tarixida
birinchi martta deb aytishdi menga, ya'ni
filmimiz Nika Premiyasiga qo'yilibdi. Juda
ham yuqori mukofotlardan biri bu mukofot.
Bunda g'olib chiqmasak ham mana shu
beshtalikning o'ziga qo'yilganimizni o'zi juda
katta baxt. G'olib esa ikkinchi aprel kuni
aniqlanar ekan.

- Shu kunga qadar juda ko'p filmlarda
suratga tushdingiz. Bular orasidan siz
hohlagan rollaringiz ham bormi yoki hali
unday rolni ijro etib ulgurmadingizmi?

-Men hohlardimki, O'zbekistonning qadimgi
holatini aks ettiruvchi filmlarda suratga
tushishni. Unda barcha milliy liboslarda
gavdalansa. Men juda ham hohlardim bizda
ham xuddi "Muhtasham yuz yil" turk seriali
kabi, qadimgi O'zbekiston haqida film
olinishini. Liboslari ham juda chiroyli. Bizni
ham o'ziga yarasha juda ham qiziqarli
tariximiz bor. To'g'ri bizda qadimiy
filmlarimiz bor, ammo yana qaytadan uni
jonlantirsak, menimcha juda ham qiziq
filmlar qatoriga kiradi deb o'ylayman.
"Muhtasham yuz yil" filmi singari bizning
ham aktyor, aktrisalarimiz milliy
liboslarimizda gavdalanishsa deyman.
Категория: O'zbek yulduzlari | Просмотров: 1176 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz