Men opamning taqdirini aytib bermoqchiman. Bu xuddi qo'rqinchli tushga o'xshaydi. Opam bir yigit bilan bir-birlarini qattiq sevishardi. Yigit opamni bir zum ham yolg'iz qoldirgisi kelmasdi. Shunchalik sevardiki, xatto tun-u kun eshigimiz tagidan ketmasdi. Men uni issiq kunda ham, sovuq tunda ham ko'p bora uyimiz qarshisida ko'rardim. Ammo adam bilan oyim bu haqda bilib qolishgach opamga qattiq shart qo'yishdi: yo u, yo biz... Opam xonasida rosa yig'ladi o'sha kuni. Bu ko'z yoshlar yetaklab kelgan dardni opamning ko'zlaridan boshqa hech qayerda uchratmaganman. Keyin o'sha yigit bilan umuman ko'rishmay qo'ydilar. Aminman, opam endi faqat Xudodan adamning rozi bo'lishini so'raydigan bo'lgandi. Ko'p o'tmay boshimizga musibat tushdi. Opam og'ir xastaligini bildik. Unda miya saratoni borligini eshitganimizda uyimizda deyarli hamma yig'lagandi. Adam opamni ko'p doktorlaga ko'rsatdilar. Ular zudlik bilan operatsiya qilish lozimligini aytishardi. Bu orada o'sha yigit ko'p marta telefon qildi. Tabiiyki, opam unga bu haqda aytishimizni umuman xohlamasdilar. Yigit Moskvaga ketyotganligini bilgach, yana rosa yig'ladilar. Men o'shanda tushunganman. Inson o'zidan ham battar yo'qotishdan qo'rqadigan insonlar bo'larkan dunyoda. Har holda opamning ko'zidan (katta ehtimolki, qalbidan ham) oqayotgan ko'z yoshlari shundan dalolat berardi. Opamga oxirgi marta u bilan ko'rishish uchun ruhsat berishdi. O'sha kecha opam bilan birga chiqdik. Opam u bilan yonma- yon turib, bir og'iz ham gapirmadi. U faqat yig'ladi. Yigit esa opamni yupatardi: "Men tezda qaytaman, jonim, yig'lama",- derdi u. O'shanda u opamni so'nggi bor ko'rib turganligini qayerdan ham bilardi. U ketgach opam meni quchoqlab, qulog'imga shivirlaganida butun vujudim muzlab ketdi. Opam aynan shunday dedilar: "Nega aynan men?"... Yigit ketgach opam u bilan telefonda ham gaplashmadi. Ehtimol qo'rqqandir. Unga hammasini aytib yuborishdan qo'rqqandir. Uni operatsiya qilishadigan kun ham keldi. O'sha kun kutish zalida o'tirib, Xudodan opamning tirik qolishini so'radim. Qizil chiroq o'chib, doktor chiqqach esa... adamning toshdek qotganlariyu, oyimning ezilib yig'laganliklari yodimda qolgan xalos. Opamni qabrga qo'ydik... Ancha vaqt o'tgach, tongda dasturxon atrofida o'tirganimizda o'sha yigit Moskvadan telefon qildi. Men javob berdim. Unga opam vafot etganligini aytdim. U gapimni oxirigacha eshitmasdan go'shakni qo'yib qo'ydi. O'sha kuni yarim tunda eshik taqilladi. Adam eshikni ochganlarida qarshisida o'sha, opam sevgan yigit turardi... Uning ko'zlarida men opamning ko'zlarida ham ko'rmaganim o'ta kuchli alam bor edi. O'sha kuni ilk bora adamning yig'laganlarini ko'rdim. Ehtimol ko'z yoshlari bir vaqtlar ularni majburan ayirganliklari uchun pushaymonliklaridandir... Ehtimol yigitning ko'zlarida opamning yuzlarini ko'rgandirlar... Eslayman seni, yig'layman sensiz, orzularim behuda Charos ko'zlaring, shirin so'zlaring ko'rmayman balki boshqa Men yonib sevdim qabul etmading, do'stlikni taklif etay Og'ir bo'lsada men majbur bo'ldim Alvido deb aytishga