SHERLAR.BIZ Juma, 29.03.2024, 03:37
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Yanvar » 6 » Zahriddin Muhammad Bobur (referat)
20:55
Zahriddin Muhammad Bobur (referat)
Andijon shaxar XTB ga qarashli

5-umumta’lim matabining

7-,,V”sinf o’quvchisi Tarix fanidan yozgan





REFERAT



Mavzu: Zahiriddin Muhammad Bobur.





Bajardi:Ilhomjonov Sherzodbek

Tekshirdi:___________________



Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530) Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi. Mundarija [yashirish]

1 Hayoti

2 Hukmdor

3 Shoir

3.1 Sheʼrlar

3.1.1 Jonimdin o`zga yori vafodor topmadim …

3.1.2 Gʻurbatu hijrongʻa qoldim, oh ul jon ilgidin …

3.1.3 Yor yuzumni koʻrub dardu gʻamim bilsa kerak…

3.1.4 Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana …

3.1.5 Koʻngulga boʻldi ajoyib balo qaro soching …

3.1.6 Baloyi ishqki, har dam manda jafoyedur …

3.1.7 Koʻzumda muttasil ul egma qosh kerak boʻlsa …

3.1.8 Ulki menga yori dilnavoz koʻrundu …

3.1.9 Ne koʻray toʻbini qaddi xushxiroming borida …

3.1.10 Sening ishqingda, ey nomehribon, bexonumon boʻldim …

3.1.11 Kim koʻrar xurshidni, ul mohsiymo boʻlmasa …

3.1.12 Yana koʻz uyida maʼvo qilibsen …

3.1.13 Jonima oʻt soldi ul ruxsorayi zebo yana …

3.1.14 Bir pariy men telbani husnigʻa moyil qilgʻudek …

3.1.15 Yangi oy yor yuzi birla koʻrub el shod bayramlar …

3.1.16 Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon …

3.1.17 Ochilib ikki sochi yuziga yoyilmishlar …

3.1.18 Keltursa yuz baloni oʻshal bevafo manga …

3.1.19 Xati binafsha, xadi lola, zulfi rayhondur …

3.1.20 Soʻrma holimniki boʻldum burnogʻidin zorroq …

3.1.21 Kim koʻrubtur, ey koʻngul, ahli jahondin yaxshiligʻ…

3.1.22 Ne vafo umrumda ul jonu jahondin koʻrgamen …

3.1.23 Zaʼfdin goʻyo mening bu zor jismim noldur …

3.1.24 Sendek menga bir yori jafokor topilmas …

3.1.25 Oʻlum uyqusigʻa borib jahondin boʻldum osuda …

3.2 Nashr qilingan asarlari

3.3 Ilmiy adabiyot

Hayoti Oʻzbek Adabiyoti

Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon (1483 y. 14 fevral)da tugʻilgan. Amir Temurning beshinchi avlodi, Fargʻona hukmdori Umarshayxning farzandi. Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503—1504 yillarda Afgʻonistonni egalladi. 1519—1525 yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi. Uch asrdan ortiq davom etgan (1526—1858 y.y.). boburiylar saltanatiga asos solgan, 26 dekabr 1530 yil Agra, Indiyada vafot etkan. Qabri keyinchalik vasiyatiga koʻra Qobulga koʻchirilgan.

Hukmdor

Moveraunnahr

Amir Temur (1370 - 1405)

Shohruh (1405 - 1447)

Ulug`bek (1447 - 1449)

Bobur (1449 - 1457)

Maxmud (1457 - 1459)

Abu Said (1459 - 1469)

Yadig`or Mohammad (1469 - 1470)

Xuseyn Bayqara (1470 - 1506)

Badi O`z-Zamon (1506)



Shoir

Lirik merosi «Qobul devoni» (1519)ga, 1528-29 yillarda «Hind devoni» ga jamlangan. Toʻliq devon tuzgani haqida maʼlumot bor. Sheʼrlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shundan 119 gʻazal, 231 ruboiy va tuyuq, qitʼa, fard, masnaviy kabi janrlarda asarlar yaratgan. Sheʼrlarini mavzu jihatidan oshiqona, taʼlimiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin. Bobur sheʼriyati intellektual qalb izhori sifatida arqoqlidir.



Bobur. Miniatyura 15 asr.

Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mushakkaldir. Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir.

Boburning ulugʻ asari «Boburnoma» boʻlib, uni «Vaqoe» deb ham nomlaydilar. Buyuk memorial asarda 1494—1529 yillari Markaziy va Kichik Osiyoda, Yaqin va Oʻrta sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon etilgan. «Boburnoma»ning oʻndan ortiq qoʻlyozma nusxalari bor. Asarni Qozonda N.I. Ilminskiy (1857), Londonda Beverij xonim nashr (1905) etgan. Oʻzbekistonda dastlab professor Fitrat 1928 yilda asardan parchalar eʼlon qildi. «Boburnoma»ning 1948—1949 yillarda ikki jildli; 1960, 1989 yillarda tuzatilgan, 2002 yilda toʻldirilgan qayta nashri amalga oshirildi.

Boburning nashr qilingan asarlari «Boburnoma»ni Abdurahim xoni xonon (1586) fors tiliga, Vitsen (1705) golland tiliga, J.Leyden (1826) va V.Erskin ingliz tiliga, Pavel de Kurteyl (1871) fransuz tiliga, Rashit Rahmati Arat (1940) turkchaga, Mixail Sale (1943) ruschaga tarjima qilganlar. 1826—1985 yillar davomida «Boburnoma» 4 marta ingliz (1826,1905,1921,1922), 3 marta fransuz (187, 1980, 1985), 1 marta nemis (1878) tiliga oʻgirilgan.



Yangi alifbo-"Xatti Boburiy"ni (1504) kashf qildi. Unda sheʼrlar yozdi va Qur’on koʻchirtirdi.

Boburning soliq ishlari haqida maʼlumot beruvchi «Mubayyinul-zakot» (1521), aruz vazni haqidagi «Risolai aruz» (1523-25) kabi asarlari bor. «Aruz risolasi»da turkiy aruzning tabiati, taraqqiyoti va sheʼriy asarlardagi koʻrinishlari; aruzning 272 vazni va 21 bahriga ilmiy sharhlar berilgan. Xoja Ahror Valining «Volidiya» asarini oʻzbekchaga sheʼriy tarjima qilgan. Boburning «Harb ishi», «Musiqa ilmi» nomli asarlar yaratgani haqida ham maʼlumot bor. Ammo, ular topilgan emas.

Boburnoma sahifasi. Hidiston karkisi.

Javohirlal Neru, M.Gandi, A.K.Singxa, B.A.Luniya kabi davlat va fan arboblari Bobur va boburiylarning Hindiston taraqqiyotidagi, jahon sivilizatsiyasidagi mavqeini haqqoniy eʼtirof etgan.

Bobur ijodi bilan xorijiy olimlardan U.Erskin, S.M.Edvards, A.Beverij, X. Beverij, R.M.Kaldekot, Ch.Stori, E.Xolden, L.U.King. F.J.Talbot, D.Ross, J.Elfiniston, I.Mano; F.Koʻprulu, Z.Mansuriy, A.K Singxa, R.Sharma, R.R.Arat, H.Boyir, Sh.Yorqin; N.Ilminskiy, N.Veselovskiy, A.Samoylovich, M.Sale, I.V.Stebleva; oʻzbek olimlari Fitrat, P.Shamsiev, H.Yoqubov, V.Zohidov, S.Azimjonova, A.Qayumov, A.Abdugʻafurov, Gʻ.Salomov, N.Otajonov, B.Qosimov, S.Hasanov, H.Boltaboev v.b. shugʻullanganlar. Oʻzbekiston Milliy universiteti olimlari Boburning sheʼriy mahorati, «Mubayyin» asari borasida tadqiqotlar olib borishmoqda.

Boburning ramziy qabri

«Bobirnoma» mavzusida qator badiiy asarlar ham yaratilgan. Flora Anna Stilning «Boburxon» (Parij, 1940), Fernard Grenardning «Bobur» (Parij, 1930), Harold Lembning «Bobur-yoʻlbars» (Nyu-York, 1961) romanlari, Vambek Gaskonining «Bobur va uning avlodlari yoki Buyuk moʻgʻullar» (Nyu-York, 1980) esse-romanlari shular jumlasidandir. Hindistonlik Muni Laʼl boburiylar haqida 6 ta roman yozgan. Oʻzbek adabiyotida Oybek, P.Qodirov, B.Boyqobilov, X.Sultonov, X.Davron Boburga bagʻishlab roman, qissa va dostonlar yaratdilar.

Bobur nomida xalqaro ilmiy eksriditsiya mavjud boʻlib, uning aʼzolari Bobur qadamjolari boʻylab besh marta safar uyushtirdilar. Ekspeditsiya materiallari asosida «Bobur va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan oʻrni» memorial muzeyi tashkil qilinib, uning jamgʻarmasida Bobur nomi bilan bogʻliq 500dan ortiq kitob va manbalar bor. Andijonda Bogʻi Bobur tashkil qilinib, buyuk shoirning hoki keltirilgan ramziy qabr bor, Ark ichi memorial kompleksi Bobur yashagan davr haqida maʼlumot beradi.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 970 | | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Yanvar 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz