Yarim tun. Qiz telefon ovozidan chöchib, uyg'onib ketdi va göshakni kötardi. "Allo?" dedi qiz. Örtada jimlik. . . . "Allo" dedi takroran va "Salom, yolg'izim" degan javobni oldi. Ohhh. . . Bu jarangdor va qadrdon ovozni eshitganidan u juda hayratda va quvonchda edi. Qiz na javob berishini, na jim turishini bilardi. -Qalaysan, yolg'izim? Sog'lig'ing yaxshimi? Meni sog'indingmi? Men seni juda sog'indim. -Unda nega qöng'iroq qilmadingiz? Men sizni kutdim. . . - Meni kechir. Men baxtimdan qochdim. Mas'uliyatsizligimdan köp qiynaldim. Jonim, kel boshqatdan hammasini boshlaymiz. Yodingdami, biz kezgan xiyobonlar? Birga qöl ushlashib yurgan damlarimiz? Seni doim katta hovuz oldida kutar edim. Kelganingda, hovuzga termulib, niyat qilardik. Nega jimsan? Uzoqroqdan qizning unsiz yig'lashlari eshtilardi. -Qöy yig'lama Azizam. Kel boshidan boshlaymiz barchasini. Yoki köngling mendan qoldimi? -Yöööq. . . -Mendan xafamisan, tashlab ketganim uchun? -Yöööq. . . -Meni endi sevmay qöydingmi? Qiz javobni aytganini özi ham bilmay qoldi. -Yöq unday emas. -Unda hayotimizni boshqatdan boshlaymiz. Yodingdami, seni "Yurakcham" derdim. Yurakcham, endi seni hech qachon tashlab ketmayman. -Iltimooos. . . Yigit qizni gapini böladi. - Doim oldingda bölaman, Hayotim. -Meni eshiting! Yigit uning gapini yana böldi: -Senga faqat baxtli onlarni taqdim etaman. Kel Yurakcham, faqat yöq dema. . . ! -Ilojim yöq meni. -Nega? - Endi kech! - Nima uchun Farishtam? ? ? - Men turmushga chiqdim.... Yana jimlik chökdi örtaga. Endi har ikki tarafdan unsiz yig'i eshitilardi... Yigitning "yurakcha"si endi boshqa birovga tegishli edi.