Avstraliya olimlari hujayrani qayta tiklash yordamida to‘xtagan yurakni qayta ishlatish yo‘lini kashf qildilar. Tajriba sifatida sichqon va maymun yuragidan foydalanildi. Ularning yuragidan barcha o‘lik hujayralar olib tashlanib, o‘rniga o‘zak hujayralari joylashtirilgan. Hujayralarning ko‘payish jarayoni esa faollashtirilgan. Natijada mazkur to‘qimalar qayta tiklanib, yurak ura boshlagan. Shifokorlar ushbu usulni inson yuragida ham qo‘llash mumkinligini ta’kidlamoqda.