SHERLAR.BIZ Sheshanba, 19.03.2024, 13:07
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Oktyabr » 23 » Yugurdim...Shoshdim...Qoqildim..!
17:20
Yugurdim...Shoshdim...Qoqildim..!
"Kun o’tib borayapti. Ba’zida ko’p ishlarga ulgura
olmayman ham. Hali yoshim ham oldinga chopib
ketayapti. Mana hozir uylanadigan paytim ham
keldi. Kimnidir sevib qolsam, ushanga
uylanardim”....
Ba’zilar aytishadi, sevib turmush qurish kerak
deb. Boshqalar esa teskarisi, ota ona topganiga
uylanish kerak. Hamma ham sevib sevilgisi
keladi. Ko’proq o’zi topib, sevib uylanishni
hohlaydi. Lekin u oldin kimnidir sevib, keyin
yoqotgan bo’lsachi? Unda qanday qilib yana
qalbida muhabbat qachon paydo bo’ladi. U keyin
sevishi qiyin bo’ladi. Usha sevgan qiziga
o’xshashini qidiradi. Topadi ham. Lekin u qiz
buni yoqtiradimi? Yo’q. Uni boshqa yoqtirgani
bo’ladi. Keyin yana boshqa qidiradi. Topadi.
Faqat harakteri yaqinini. U ham buni yoqtiradi.
Lekin aytishmaydi. Chunki bu yoqtirish. Sevish
emas. Hali tuyg’ularini aniq bilishmaydi. Xato
tuyg’u deb noto’g’ri izhor qilishdan cho’chishadi.
Ikkalasi ham bir biriga yaqin ekanini sezadi. Qiz
kutadi yigitdan izhor. Lekin yigit qayerdan ham
aytsin. Hali unda oldingi sevgidan iz ketmagan.
Aytilmagan sevgi u ham. Buni ham ayta
olmayapti. Yoki hali o’zi tuyg’ularini aniq
bilmayapti. Aniq bo’lsa aytadi. Vaqtlar o’tadi.
Yigit ishlaydi. Vaqti juda kam bo’ladi. Hech
kimga vaqt ajrata olmaydi. Qizni ham borgan sari
unuta boradi. Unga oldingi sevgisi qadrliroq
bo’ladi. Exx. Unuta olmaydi. Lekin bu qizni
unuta boradi. Unutdi ham. Yolg’iz qoldi. Vaqtlar
o’tdi. Tanish raqamdan sms keldi. Bu usha qiz.
Yana eski xotaralar qo’zg’aydi. Yolg’izlik jonga
tekkan. U bilan munosabat qilmoqchi bo’ladi.
Javob yozadi. Yana vaqtlar o’tadi. 1 oyda bir
bora telefon qiladi. Ushanda ham maroqli suhbat
bo’ladi. Shu yo’sinda yana vaqtlar o’tadi. Sal
bo’lsa ham ko’ngilda bir narsalar paydo bo’ladi.
Lekin yigit baribir ayta olmaydi. Uylanishimga
yaqin aytaman deb o’ylaydi. Bir bir ko’chada
tasodiffan ko’rishib qolishadi. Shunda ham kam
gaplashishadi. Chunki boshqalar noto’g’ri
tushunishmasin deyishadi. Yana vaqtlar. Qalbda
oldingi yoqtirish kamayib borayotgandek. Yigit
bir kun qo’ng’iroq qiladi. Lekin qiz ko’tarmaydi.
SMS yozmoqchi bo’ladi. Lekin yozgisi kelmaydi.
Biroz o’tib qiz qaytib qo’ng’iroq qiladi.
- Allo.
- Allo, Qalesiz? Uzr boya qo’ng’iroq qilganingizda
olomadim.
- Yaxshiman. O’zingiz yahshimi? Hich qisi yo'q
bo'lib turadi.
- To'y boshlab qo'ydik. Boya bo'lajak kuyov bola
uchrashgandim. Yonimda edi.
- Ha shunday deng. Tabriklayman. Baxtli bo'ling.
- O'zi nimaga telefon qilgandingiz?
- Bugungi kasb bayramiz bilan tabriklamoqchi
edim.
- Voy, kattakon rahm . . (Yigit telefonni qo’yib
qo’ydi)
Ha. Qiz kutmadi. U kutdi. Juda ko’p kutdi. Lekin
yigit ayta olmadi. Qizni esa uyidagilar boshqaga
uzatishni hohlashdi. Qiz qanday aytsin, "men bir
yigitni yoqtiraman, u meni yoqtiradimi yo’qmi
bilmayman”, deya olmaydiku. U yigitni kutsayu,
yigit boshqaga uylansachi? Shuncha umri qolib
ketadimi? Uni ham o’z orzu havaslari borku.
Vaqtliroq farzandli bo’lgisi keladi. Yigitni
shuncha kutgani ham yetarli edi. Yigit bechora
"shunday qizni qo’ldan chiqardim” deya
afsuslanadi. Uni so’ngi so’zlarini eshitishga
yuragi ham chidamagandi.
"Kun o’tib borayapti. Ba’zida ko’p ishlarga ulgura
olmayman ham. Hali yoshim ham oldinga chopib
ketayapti. Mana hozir uylanadigan paytim ham
keldi. Endi menga sevishni keragi yo’q.
Ulgurmayman. Kech qoldim sevishishga. Endi
Ota onam topgan qiz yoqsa, ushanga
uylanaman.”....
Vaqtlar o’tdi yana. Yigit onasi topgan bo’lajak
turmush o’rtog’i bilan uchrasha boshladi. To’y
muddati yaqinlashdi...
Ishdan qaytayotgan edi. U qizni ko’rib qoldi. Bu
u yoqtirishini aytishga kech qolgan qiz edi.
O’yladi. "Menimcha, alaqachon bolalik bo’lgan”
deb. Salomlashdi. Qizdan bolalaringiz yahshimi
deb so’ray olmayapti. Barmoqlarida negadir
nikoh uzugi yo’q. Hayron bo’lib qaradi. Qiz uni
nima demoqchi ekani tushundi: "Sizdan
boshqasiga rozi bo’la olmasdim. Shuning uchun
to’yga rozilik bermadim. Sizga esa qaytib
qo’ng’iroq ham qila olmadim. Qo’ng’iroq
qilishingizni kutgandim. Lekin siz qo’ng’iroq
qilmadingiz. Man endi sizni o’zingizni ko’rdim”
deb aytdi. Yigit cho’ntagini kavlab, unga to’yiga
taklifnoma berdi...
Qiz buni kutmagandi. Yigitga qaradi. Ma’noli
qaradi. Nahotki.... Qizni ko’zidan yosh
tomchilari asta sekin namayon bo’la boshladi.
Yigit ham nima qilsin. Ortga endi yo’l yo’q. Ahdu
paymon qilgani alaqachon bor. Taklifnomalar
taqatilgan. Xalq to’yni kutmoqda. Boshi berk
ko’chada edi u. Nima qilishini ham bilmasdi.
Qizni baxti uchun qo’lidan nima keladi? Shuni
o’ylardi. O’ylab o’yini tagiga yeta olmasdi. Qizga
birgina gap: "Meni kechiring. Men kech qoldim.
Keyin shoshdim” deya oldi. Qiz esa: "Men
qoqildim” dedi. Ular ajralishdi. Galma galdan bir
birlarini ortlaridan qarab qarab qo’yishdi. Qizni
ko’zida yosh. Yigitni ko’zida mayuslik. U bir
narsadan afsuslanardi. "Nega ushandan keyin
qo’ng’iroq qilmadim. Nega men uni boshqa
eslamadim. Endi u qiz meni deb baxtsizmi? Men
deb u kelayotgan baxtidan voz kechib, meni
kutdimi? Menchi? Men esa bunday qila
olmayman. Chunki boshqa qizni baxtsiz qilishni
istamayaman. Endi meni taqdirim boshqa bilan.
Men unga hislarimni aytmaganman. Axir bu
do’stlik bo’lishi ham mumkin edi....” deb
o’ylardi. Juda afsuslandi. Vijdoni uni aybdorsan
deb har daqiqa eslatardi. Uzoqlarga qochib
ketgisi kelardi. Lekin o’zidan qocha oladimi?
Yo’q. Qocha olmaydi. Endi bu shunga loyiq.
Vaqtida hammasini qizga aytganda bunday
bo’lmasdi. Kech qolmaganda, qiz qoqilmasdi.
Yigit onasi topgan qizga uylandi... U qizni esa
boshqa ko’rmadi.
Vaqtlar o’tdi. Ayolini juda qattiq sevadi. To’ydan
keyingi qattiq sevgi, bir birlarini hech kimga
ishonishmaydi. 3ta farzandli bo’lishdi.
Farzandlarini katta qilishdi, tarbiyalashdi,
o’qitishdi...
Yana usha yo’l. Yigit endi bir oilani boshlig’i
bo’lgan. Farzandlari o’qishni bitirib, uylanishga
tayyor. Yo’lda ketib borayapti. Oldidan bir
chehrasi juda tanish ayol kelayapti. Eslolmayapti.
Xaaa esladi. Bu axir ushaku. Ular shu yerda
ajralishgandi. Ayol uni bittada tanidi...
suhbatlashishdi. Unga "o’zgarmabsiz” dedi. Usha
paytdagi xotiralar bilan o’rtoqlashishdi. Ketar
chog’larida ayol sumkasidan taklifnoma olib,
unga nimalardir deb yozib, uzatdi. "To’yga
o’tarsiz, kutaman” dedi. Erkak hayron, "nahotki
shuncha payt yolg’iz...” deb o’yladi.
Taklifnomani shoshib olib o’qidi. "Hayriyat.
O’g’lini to’yi ekan. Kelin tushirayotgan ekan.
Baxtini topishiga ishonardim. Qoqilgan bo’lsa
ham yiqilmabdi” deb pichirlab yo’lda davom
etdi...
PS. Hech qachon kech qolmaylik. Kech qolsakda
shoshmaylik. Sizni, bizni deb o’zgalar
qoqilmasin. Qoqilsa uni turg’azib yana yurishi
uchun yordam beraylik. Mehr oqibat
yoqolmasin....
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 1121 | | Теги: Yugurdim...Shoshdim...Qoqildim..! | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Oktyabr 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz