Статистика |
Hozirda saytda: 28 Mexmonlar: 28 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Fevral » 23 » YUBORILMAGAN MAKTUBLAR!!!
17:10 YUBORILMAGAN MAKTUBLAR!!! |
Salom begonam! Bu sovuq so’z bilan sizni atashimga majbur bo’lganimgayam mana 7 oy bo’libdi! Bugun nimagadir sizni judayam ko’rgim keldi!(boshqa vaqtda ko’rgim kelardi lekin, buni tan olgim kelmas edi) sizni bir marta ko’rish uchun agentda ismingiz va familiyangizni yozib poisk qildim va nihoyat topdim! Bundan maqsad sizni bezovta qilish emas, hech bo’maganda bir marta rasmingizni ko’rib sog’inchimni qondirmoqchi bo’ldim lekin, afsus buni teskarisi bo’lib chiqdi! Rasmingizga turmular ekanman ko’zimdagi yoshlarimni to’xtada olmadim! Nima qilay etin manga! Faqat rasmingiz ko’rmoqchi edim, lekin ovozingizni eshitkim keldi! Yana o’zimga o’zim faqat bir marta eshitamanu qo’yaman deb so’z berdimu, raqamizni shu kungacha unutishga harakat qilib, eslamasdim! Ammo hozir barmoqlarim nimagadir siz raqamlarizi tera boshladi! Ichimda qani endi boshqa kishi olib adashib tushgan bo’lsam edi derdim, lekin siz oldiz aloo, derdiz shunda jimgina yig’lab ovozizi eshitardim( nimaga telefonni ko’tardiz) 49 soniyagacha chiday oldim! Oxiri telefonni o’chirib , baqirib yig’lavordim! 7 oy deganda ovozizi eshitima! Shu vaqt qanday chiday oldim ekana, o’zimga qoyil qola boshladim! Sizni unutish uchun nimalar qimadima! Sizni unutaman deb balki o’zimga qo’shib, boshqa insonniyam baxtsiz qilayotgandirman! Buni o’ylab judayam qiynalib ketdim! Qani endi uni xuddi sizni sevgande sevib qolsam! Buni judayam judayam xoxlardim! Lekin nima qilay yuragim manga bo’ysunmasa!!!!! Qani endi sizi emas uni ovozini eshitishga shunchalik zor bo’lsam edi! Bir o’ylab qolaman, unda nima ayb deb! Axir sizni unutish uchun, to’g’rirog’i ovozi sizga o’xshagani uchun gaplashvotgandirman! Lekin uni siz emas boshqa insonligini, unga loyiq emasligimni o’ylasam vijdonim qiynalib ketadi!! U shunchalar yaxshiki, u mani man sizni yaxshi ko’rgandanam ko’proq yaxshi ko’radi! U man uchun hamma narsaga tayyor! Lekin…… siz esa qo’rqoqsiz!!!!! O’z baxtingiz uchun kurashishdan qo’rqqan, o’z baxtidan qochgan QO”RQOQSIZ!!!! Sizga bir tomondan raxmim keladi! Chunki bilaman, siz mani qanchalik yaxshi ko’rishingizni,lekin siz hayot sinovlariga jiday olmadiz! Bilaman, sizam judayam qiynalvos! Lekin afsus taqdir emas ekan! Shu onda o’zimni bahorga, sizni esa kuz o’xshattaman! Chunki, ular hech qachon uchrasha olmaydi va bir-birini ko’rolmaydi! Chunki ularni orasida yoz va qish bor! Salom kuz Men sevgan oltin fasli kuz! Ming bor afsus, Uchrasholmaymiz yuzma yuz Men bahorman, seni sevgan Telba bahorman, bahor fasliman Ming yillardan buyon, Qalbimda bu armonning asriman Ming yil asriman…. Men bahorman senga yetolmagan, Men bahorman sevgim aytomagan Qaxraton qish ajratar bizlarni Sovuq qorlar izingni qoplagan! Gullar ekib undirdim sen uchun Yomg’ir bo’lib suv quydim tunu-kun Yoz kelib qurudi barcha gullar Salomim yetib bormadi afsus Ming bor afsus,Ming bor afsus Yonma-yon emas ekan,Bahor, kuz Ming bor afsus,Ming bor afsus Uchrasholmay ekanmiz ,Yuzma-yuz
|
Категория: Sevgi dunyosi |
Просмотров: 930 |
| Рейтинг: 5.0/3 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|