***O'N BIRINCHI SINF*** Telefon jiringladi. Sezdim,u qo'ng'iroq qilyapti. Go'shakni ko'tardim. Uyig' lamsiragancha, sevgan yigiti yuragini sindirib tashlab ketganiniaytdi. Yolg'izlikdan siqilib,yoniga kelishimni so'radi.Uchib bordim.Yonma- yon o'tirarekanmiz, uning nam ko'zlariga boqib,bu nigohlar faqat mengagina tegishli bo'lishini juda istadim. Hamdardligim uchun umenga "raxmat"dedi- da,yuzimdan o'pibqo'ydi. O'shapayt yana...uni sevishimni aytgim keldi. Lekin busafar ham uyaldim.Nega, bilmayman
***KELASI YIL*** Kollejda raqs kechasiu yonimga keldi va dedi: -Mening sherigim kasal bo'lib qolibdi,u kechaga kelolmaydi. Biz bunday kechalarda hech qachon sherik bo'lmagandik. Chunki sheriklar odatda sevish ganlar hisoblanadi-da. Yettinchi sinfdaligimizda biz o'zaro do'stlikka qasam ichib,hech qachon raqsga sherik bo'lmaymiz,deb kelishgandik. Nachora,bu safar sherik bo'lishga majbur bo'ldim.Uning menga xayrixoh nigohlari, jilmayib turgan lablari faqat "raxmat"deb so'ylaydi.Va doimgidek yuzimdan o'pib qo'yardi.Unga juda aytgim keldi. Sevishimni, sevishimni, sevishimni... aytolmadim. Uyaldim. Kunlar, haftalar,oylar. .dan so'ng bitirish kunimiz ham yetib keldi. Menuning diplomini olish uchun pillapoyadan sahnaga ko'tarilishini tomosha qilib o'tiribman. Uxuddi farishtaga o'xshardi.Uni meniki bo'lishini istaganim bilan u meni sezmasdi. Hamma talabalar diplomlarini olgach,u yonimga keldi va ko'zlarida yosh bilan meni quchoqlab oldi. "Mening eng yaqin do'stimsan, raxmat senga ",deya o'pib qo'ydi. bugal ham yuragimdagi aytish imkoniyatini boy berdim.Sababi sizga ayon: uyaldim .